BAXTIYORIILAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAXTIYORIILAR haqida malumot bilib oling.

BAXTIYORIILAR — Eronning asosan jan.-gʻarbi (Baxtiyoriya)da yashovchi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi qabilalar. Soni I mln. kishi (1992). Baxtiyoriilar fors tilida soʻzlashadi. Islom diniga eʼtiqod qilishadi. Baxtiyoriilarda qabila-urugʻchilik tartiblari hanuzgacha saqlangan. Baxtiyoriilar asosan ikki uyushma (haftlanglar va chahorlanglar) ga boʻlingan. Uyushmalarni ilxonlar, urugʻlarni esa xonlar boshqaradi. B. Eronning eng qad. xalqlaridan boʻlib, markaziy hokimiyatga boʻysunmay, doimo mustaqil hayot kechirib kelgan. Baxtiyoriilar asosan chorvachilik — qoʻy, echki boqish va qisman dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Baxtiyoriilarning bir qismi Jan. Erondagi neft sanoatida ishlaydi.

Ensiklopediya.uz
BAXTIYORIILAR