HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOLIB QOLSA UNI QAYTA IMTIHON TOPSHIRIB OLISH KЕRAKMI.

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOLIB QOLSA UNI QAYTA IMTIHON TOPSHIRIB OLISH KЕRAKMI.
haydovchilik guvohnomasi yoqolib qolsa uni qayta imtihon topshirib olish kd0b5rakmi 65caa95a5a61f

%D0%91%D0%B5%D0%B7 %D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOLIB QOLSA UNI QAYTA IMTIHON TOPSHIRIB OLISH KЕRAKMI.

DO`STLARGA ULASHING:

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOLIB QOLSA UNI QAYTA IMTIHON TOPSHIRIB OLISH KЕRAKMI.

⚡️SAVOL;
Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotib qo‘ygan odam uni dublikatini olish uchun yana imtihon topshirishi kerakmi ?

⚡️JAVOB;
Xa topshirish kerak desam ishonasizmi ? Ishonmasangiz qarang! Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qaroriga birinchi ilova qilib tasdiqlangan nizomning 69-bandida yo‘qolgan milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topshirilganidan hamda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari ma’lumotlar bazasidan tekshirilganidan so‘ng beriladi deb ko‘rsatilgan.

✅ To‘g‘ri, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga birinchi martdan boshlab haydovchilarni yonida biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda,
haydovchilik guvohnomasi, texpasport, sug‘urta va ishonchnomani yonida olib yurishi shart emasligi to‘g‘risida yangi norma kiritildi. Endi haydovchilik guvohnomangizni bor yo‘qligini kimga kerak bo‘lsa o‘zlari bazasidan tekshirib oladi. Lekin, haydovchilik guvohnomasi xar ehtimolga qarshi o‘zida xam bo‘lishini, uyida turishini xoxlaydigan insonlar xam ko‘p. Ota «prava» qanaqa bo‘ladi desa nabirasiga ko‘rsataman deganlar xam bor. Agar anashunday insonlar «prava»sini yo‘qotib qo‘yib qayta olaman desa yana nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tishi kerak.

✏️ Qofiya quyilib kelganda ma’no bir chekkaga chiqib turadi.

Xop yuqoridagi norma hozirgi zamonga to‘g‘ri keladimi ? Bizningcha yo‘q. U norma hozirgi zamonga qofiya bo‘lishi mumkin lekin, zamonning ma’no mantig‘iga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan bu, tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘qolib qolgan bolaga yana guvohnoma berilishi uchun u qaytattan tug‘ilishi kerak deganday gap yo bo‘lmasa o‘lim haqidagi guvohnoma yo‘qolib qolsa uni dublikatini olish uchun ………..deganday gap. Xullas bu norma hozirgi zamonga mos emas. Faqat bu emas, qonunchilikda eskirib yotgan normalar juda ko‘p. Shu darajada eskiki, arxeologlar xam tiklolmaydigan darajada. Bu haqda keyinroq to‘xtalamiz…

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOLIB QOLSA UNI QAYTA IMTIHON TOPSHIRIB OLISH KЕRAKMI.