Gemorroyda (bavosir) to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari to’liq malumot oling

Gemorroyda (bavosir) to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari to’liq malumot oling

Gemorroyda (bavosir) to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari

Kichik porsiyalarda, tez-tez ya’ni 5-6 mahal ovqatlanish kerak. Menyuda asosan suyuq ovqatlar bo‘lgani maqsadga muvofiq. Och qolib ketish va ochqab turib ko‘p yeyish mumkin emas. Yeguliklarni to‘liq chaynab keyin yutish hamda kun davomida 1,5-2 litr suv ichish kerak.

Nimalar iste’mol qilish kerak?

— Sabzavotlar — karam, sabzi, qovoq, lavlagi, pomidor;

— Ko‘katlar — salat bargi, ukrop, kashnich …;

— O‘simlik moylari — och qoringa kuniga 1-2 osh qoshiq iste’mol qilish yaxshi foyda beradi;

— Mevalar — olma, olxo‘ri, qovun, o‘rik, quritilgan o‘rik, anjir;

— Sut mahsulotlari — yogurt, smetana, kefir, tvorog;

— Yog‘siz go‘sht yoki baliq, qaynatilgan yoki pishirilgan holda;

— Kletchatkaga boy mahsulotlar — don, kepak, kepakli non, Quritilgan mevalar va boshqalar;

— Dengiz karami;

— Tuxum;

— Har xil kam yog‘li sho‘rvalar, bulyonlar.

Nimalar iste’moli mumkin emas?

— Achchiq va yog‘li ovqatlar;

— Qovurilgan ovqatlar, shu jumladan gril;

— Turli xil souslar;

— Konservalangan, dudlangan, quritilgan va tuzlangan ovqatlar;

— Ko‘p go‘shtli sho‘rvalar, ovqatlar;

— Spirtli ichimliklar;

— Turp, piyoz, sarimsoq, dukkaklilar, kartoshka;

— Uzum, xurmo, behi;

— Makaron, guruch, irmik;

— Achchiq choy, kofe, jele, shokolad, shirinliklar;

— Yangi non, xamirturushli non, krem va qaymoqli pishiriqlar.

— Ichni qotiradigan mahsulotlar mumkin emas!

@taomlanish_ilmi

Boshqa mavzular
Gemorroyda (bavosir) to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari