9-sinflar uchun so’nggi qo’ng’iroq tadbir senariysi to’liq malumot oling

9-sinflar uchun so’nggi qo’ng’iroq tadbir senariysi to’liq malumot oling

9-sinflar uchun so’nggi qo’ng’iroq tadbir senariysi

SO’NGI QO’NG’IROQ

Tadbir ssenariysi

1-boshlovchi: Assalom ona yurt, ey ona vatan,

Assalom ey samo charag’on osmon.

Bosh egaman ta’zim qilib ey ona xalqim,

Assalom ey nurga to’lgan xur O’zbekiston

2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, mehri daryo

ustozlar, qalbi otash ota-onalar, hamda qadrli o’quvchilar!

Mana bugun biz maktabni tamomlab so’nggi qo’ng’iroq

kechasini nishonlayotgan ekanmiz kechamizga xush kelibsiz.

1-boshlovchi: Mana 9 yildirki, maktabimizda ona bag’rida

yashayotgandek his qildik. Qo’limizga qalam ushlashni ham,

o’qishni ham, yozishni ham, hatto o’z ismimizni to’g’ri talaffuz

qilishni ham bilmay shu dargoh ostonasiga qadam

qo’yganimizda bizlarni onamizdek o’z quchog’iga olgan

Sobirova Saidaxon , Vahobova Irodaxon ustozlarimizga

cheksiz minnaddorchiligimizni bildiramiz.

2-boshlovchi: : Umr deb atalmish cheksiz ummonda bir zot

yashaydi, ul zot sham kabi butun olamga ziyo taratadi,

kamtarin, xokisor bu zotlar ustozlardir!

1-boshlovchi: Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,

Ko’nglimga yoqdiku abadiy chiroq.

Ko’zimni ochgum yo’q o’shal ovtobdan,

Chalinmay turaqol so’nggi qo’ng’iroq.

2-boshlovchi: Zor yig’lar qizlar, sinfdoshlarim,

Partaga bosh qo’yib ko’z yoshi munchoq.

Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,

Chalinmay tura qol so’ngi qo’ng’iroq.

1-boshlovchi: Mehribon ustozlar sizlarga tasonnolar aytgim

keladi, qalbingiz mehru-muhabbatga, ilmu-ma’rifatga to’la. 9

yil bizning injiqliklarimizga, sho’xliklarimizga sabr-toqat bilan

chidaganlaring bizlarni ilmu-ma’rifat nuridan bahramand

etganlaring uchun sinfimiz o’quvchilari o’z

minnatdorchiliklarini bildirishadi.

2-boshlovchi: Marhamad qabul eting so’z navbatini

__________________ bersak.

1-boshlovchi: Endi esa maktab davrini eslab Masturaxon

ijrosidagi “MAKTAB” qo’shig’iga navbatni beramiz.

2-boshlovchi: Dilda muhabbatning parvarishiga,

Farhod-u Shirindan oldimku saboq.

Gul topdim shu yerda ko’ngil qulfiga,

Chalinmay tura qol so’nggi qo’ng’iroq.

1-boshlovchi: Axir partalarda qo’sh nomimiz bor,

O’yib yozdim men o’yinqaroq.

Yonma-yon qo’sh jonimiz bor,

Chalinmay tura qol so’nggi qo’ng’iroq.

2-boshlovchi: RISOLATPARI, qani endi davraga MAHFUZAXON

va HILOLAXONni taklif qilamiz. “MUSTAHZOD”

2-boshlovchi: Buyukdir u lek buyukligin,

O’zi sezmay yashagan inson.

Qalbida nur balqir hidoyat,

Ruhda yonar e’tiqod imon

1-boshlovchi: Men shogirtlar nomidan so’zlab,

Olqish aytay sizga ustozlar.

Ta’riflashga so’z topa olmay,

Boshim egib etaman ta’zim.

2-boshlovchi: MASTURAXON she’riyatimizni yakunlab

navbatni yigitlarimiz ijrosidagi ko’ngilochar “QVZ” ga bersak.

1-boshlovchi: Ushbu tayyorlagan nomerimizni sinfdoshlar va

ustozlarga tabrik sifatida yo’llaymiz.Davraga sinfimizning

go’zal qizlarini taklif etamiz. “INJU”

2-boshlovchi: Ilk bora bir shirin hislar to’lqini,

Bo’ldimku ketgum yo’q ko’ngil hafaroq.

Yo’qotib qo’yishdan qo’rqaman uni

Chalinmay tura qol so’ngi qo’ng’iroq.

1-boshlovchi: Nelar kutmoqda bizlarni hali,

Muhabbat, sevinchmi, baxtmi yo firoq.

Nahot tark etmoqlik yetdi mahali?

Chalinmay turaqol so’ngi qo’ng’iroq.

2-boshlovchi: RISOLATPARI, keling endi navbatni raqsga

beramiz. “LOVEY-DOVEY”

1-boshlovchi:endi navbat duetga! “BOR YOKI YO’Q”

2-boshlovchi: Partalar oralab o’tadi umr,

O’chirib qoralab o’tadi umr.

Bag’rini poralab o’tadi umr,

Ajib hayoti bor o’qituvchining

1-boshlovchi: Uzatsa qo’llari osmonga yetar,

Yo’llari yulduzlar oralab ketar.

Ko’nglini kamolot mulkiga eltar,

Ajib hayoti bor o’qituvchining.

2-boshlovchi: Endigi navbatni qizlarimiz ijrosidagi raqsga

beramiz. Marhamad! “NUMBER 9”

1-boshlovchi: Keling MASTURAXON, endi davraga

yigitlarimizni taklif qilsakda, ularning raqsini tomosha qilsak.

“HINDCHA”

2-boshlovchi: JAVOHIRBEK ijrosidagi qo’shiqnini ustozlar va

onalarimizga tabrik sifatida yo’llaymiz.”ONAJON”

1-boshlovchi: Oyning qarshisida o’nlab yulduzlar,

Dars tinglar edik biz ayriliq yiroq.

Buncha tez o’tdiya kecha kunduzlar,

Chalinmay tura qol so’nggi qo’ng’iroq.

2-boshlovchi: Endigi navbatni qizlarimizga

beramiz.”HINDCHA”

1-boshlovchi: Endigi navbat sho’x yigitlarimizga! “QVZ”

2-boshlovchi: Xayr maktab, xayr ustozlar,

Endi sizdan ketamiz yiroq.

Orzularga etib parvozlar,

Chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq

1-boshlovchi: Hazrat Navoiyu, Muhammad Bobur,

Hattoki hoqonlar qilganlar ta’zim.

Bu foniy dunyoda yashovchi har bir,

Inson farzandiga ustoz muallim.

2-boshlovchi: Sizni gullar bilan kutgali keldim,

Ulug’bek yo’lini tutgali keldim.

Ulug’ ayyom bugun aziz muallim,

Bayramda hushnud bo’lgin muallim.

HAPPY END

Darsliklar
9-sinflar uchun so’nggi qo’ng’iroq tadbir senariysi