BUTUNITTIFOQ LENINCHI KOMMUNISTIK YoSHLAR SOYUZI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUTUNITTIFOQ LENINCHI KOMMUNISTIK YoSHLAR SOYUZI haqida malumot bilib oling.

BUTUNITTIFOQ LENINCHI KOMMUNISTIK YoSHLAR SOYUZI (VLKSM) — sobiq Ittifokda yoshlarning ijtimoiysiyosiy tashkiloti. 1918-y. 29 okt. da RSDRP (b) tashabbusi va rahbarligida I Butun Rossiya ishchi va dehqon yoshlarining uyushmalari syezdida tuzilgan. Dastlab RKSM, 1924-y. dan RLKSM, 1926-y. dan VLKSM deb atalgan. 14—28 yoshdagi yigitqizlar qabul qilingan. Tashkiliy jihatdan sobiq KPSSdan andoza olib tuzilgan. Yoshlar orasida komfirqa siyosatini olib borgan. Oʻzbekistonda tuzilgan yoshlar tashkiloti (OʻzLKSM) ham uning tarkibiy qismi edi. VLKSM oʻzining 22favqulodda syezdida (1991-y. sent.) kommunistik yoshlar uyushmalarining federatsiyasi sifatida siyosiy rolini oʻtab boʻldi, deb hisoblandi.

Ensiklopediya.uz
BUTUNITTIFOQ LENINCHI KOMMUNISTIK YoSHLAR SOYUZI