BOQILLONIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOQILLONIY haqida malumot bilib oling.

BOQILLONIY, Abu Bakr Muhammad atTayyib alBoqilloniy (?, Basra — 1013, Bagdod) — kalomning yirik vakili. Kalomni ashʼariya maktabiga mansub boʻlgan Ibn Mujohiddan (980-y. v. e.) oʻrgangan. 982—983-y. larda Buvayhiylar amiri Adudaddavla topshirigʻiga koʻra Vizantiyada boʻlgan. Fiqh masalalarida molikiylik mazhabiga suyangan. Boqilloniy 52 asar yozgan boʻlib, bizgacha 6 tasi yetib kelgan. Ilohiy sifatlar va ilohiy mohiyat haqidagi muыpaziliylar oqimiga mansub Abu Hoshim alJubbaiy ishlab chiqqan gʻoyaga qoʻshildi. Bir necha muʼtaziliylarning, jumladan Abbad bin Sulaymon (844-y. v. e.) ning bu masalaga doyr gʻoyalarini rivojlantirib, xudoning sifatlari haqida fikr yuritdi. Boqilloniy fikricha, hamma narsa xudo tomonidan belgilangan.

Iroda erkinligi muammosini ham Boqilloniy yuqoridagi fikrga muvofiq ravishda hal qildi: xudo faqat «borliq» va «asos»ni yaratganligini, inson esa borliqni shakllantirib, amaliyotni muayyan yoʻsinga solishini uktirdi. U imomat masalasida shialar va rofiziylar b-n bahsga kirishib, imom yoki xalifa lavozimi merosiy emas, balki ular saylanishi zarur deb hisobladi. Ammo bu lavozimga saylanadigan kishi Alining avlodlaridan boʻlishi shart boʻlmasa ham, qurayshiylardan boʻlishi lozim. Agar imom oʻziga topshirilgan vazifani uddalay olmasa vazifasidan tushirish zarurligini taʼkidladi. Uning fikricha, imomning vazifalari quyidagilar:

1) musulmonlar jamoasini tashqi dushmanlardan himoya qilish; 2) adolatsizlikning oldini olish; 3) qonunga muvofiq jazolanishi kerak boʻlgan shaxslarga chiqarilgan hukmning ijrosini nazorat qilish; 4) urush vaqtida qoʻlga tushgan oʻljani musulmonlar oʻrtasida taqsimlash;

5) haj xavfsizligini taʼminlash.

Ensiklopediya.uz
BOQILLONIY