BURYAT TILI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURYAT TILI haqida malumot bilib oling.

BURYAT TILIburyatlar tili. Moʻgul tshlari guruhiga mansub. Buryat tilida soʻzlovchilar soni 500 mingdan ortiq (1990-y. lar oʻrtalari). Grammatik kurilishiga koʻra agglyutinativ. Unlilar tizimi singarmonizm qoidalariga boʻysunadi; qisqa va choʻziqlari mavjud. Buryat tili uziga xos boy lugat tarkibiga ega. 20-a. boshlarigacha buryatlarning oʻz yozuvi bulmagan. 18-a. dan ish yuritish va savod chiqarishda eski moʻgʻul yozuvidan foydalanilgan. 1931-y. da lotin alifbosi asosida yozuv yaratilgan, 1939-y. dan esa Kirill alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan. Zamonaviy buryat adabiy tili 30-y. lar 2-yarmida xori dialekti asosida shakllangan.

Ensiklopediya.uz
BURYAT TILI