BUNGARLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUNGARLAR haqida malumot bilib oling.

BUNGARLAR (Bungarus), kraytlar — aspidlar oilasiga mansub zaharli ilonlar urugi. 12 turi bor. B. ning boshi kichkina va toʻmtoq, ogʻzi tor, zahar tishlari mayda. Jan. Sharqiy Osiyo, Yava, Hindiston, Malayya, Sumatra va b. joylarda tarqalgan. Dala va oʻtloqlardayashaydi. Baʼzan, xonadonlarga ham kiradi. Bungarlar tunda ov qiladi, kunduzi kovaklarda yashirinib yotadi. Mayda jonivorlar bilan oziklanadi; baʼzan zaharli ilonlarga ham hujum qiladi. Bungarlar kovaklarga va xazonlar orasiga 10 tacha tuxum qoʻyib, ular ochib chiqqungacha qoʻriqlaydi. Hindiston va Shri Lankada tarqalgan qoraoq yoʻlli hind bungari yoki krayti (V. coerus) ning uz. 1,5 m gacha. Indoneziyada uchraydigan qorasariq yoʻlli pama (V. fasciatus) ning uz. 1,75 sm ga yetadi.

Ensiklopediya.uz
BUNGARLAR