BOSTON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOSTON haqida malumot bilib oling.

BOSTON — AQSH ning shim. sharqidagi shahar, Massachusets shtatining maʼmuriy markazi. Yangi Angliyaning asosiy iqgisodiy markazi. AQSHning yetakchi sanoatmoliya va madaniyati rivojlangan shaharlaridan. Aholisi 574 ming kishi, shahar atrofi b-n birga 4 mln. (1990-y. lar oʻrtalari). AQSH tarixida 1773-y. gi «choy gʻalayoni» b-n mashhur, bu gʻalayon Shim. Amerikadagi mustamlakalarning ozodlik uchun olib borgan urushlari odsidan boʻlgan edi. Boston — Atlantika okeani sohilidagi yirik port (yuk ortib tushirish 20 mln. t dan ortiq), xalqaro aeroport bor. Shosse va t. y. tuguni. Muhim sanoat tarmoqlari — mashinasozlik, radioelektronika va priborsozlik, aviadvigatellar, samolyot va raketa qismlari, stanoksozlik va b. Kemasozlik, kimyo, rezina, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Yirik savdo markazi. Bostonda 18 — 19-a. larda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar, untlar (Boston unti, Garvard unti), Amerika fanlar va sanʼat akademiyasi, nafis sanʼat muzeyi bor. Shaharga 1630-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
BOSTON