BOLTIQ TILLARI haqida malumot bilib oling.
BOLTIQ TILLARI — boltiq qabilalari (baltlar) tillari. Hindevropa tillari oilasiga mansub tillar guruhi. Bu guruhga hoz. latish (Latviyaning asosiy aholisi) tili, litvaliklar (Litvaning asosiy aholisi) tili hamda ulik tillar kiradi. Boltiq tillari 2 katta guruhga ajraladi:
1) gʻarbiy Boltiq tillari — pruss va yatvyag (17—18-a. lardatoʻliqisteʼmoldan chiqqan, ulik) tillari;
2) sharqiy Boltiq tillari — litvaliklar, latish (kursh, selov va b. ulik) tillari. Bular orasida baʼzi yozuvsizlari ham boʻlgan. Boltiq tillari ilk bor nemis olimlari — A. Shleyxer, Yu. Nesselman va b. tomonidan tadqiq qilingan. Keyinchalik latish — Ya. Endzelin, litvalik F. Kurshat, nemis — F. Shpext, E. Frenkellar bu borada i. t. lar olib borgan. Boltiq tillarini oʻrganish ishiga xalq ogʻzaki ijodi namunalari toʻplovchilar (latish K. Baron va b.), adabiyotshunoslar (litvalik I. Yablonskiy va b.) sezilarli hissa qoʻshdi. Boltiq tillariga oid dialektologik materiallar 19a. oxirida A. Bilenshteyn, K. Yavnis va b. tomonidan toʻplangan.
Ensiklopediya.uz
BOLTIQ TILLARI