BOBOJONOV haqida malumot bilib oling.
BOBOJONOV Yatim (asli ismi Fozil) (1904 Toshkent 1959.26.12) — teatr arbobi, aktyor, rej. va pedagog. Uzbekiston xalk, artisti (1943). Uzbek teatri asoschilaridan. Saxna faoliyatini 1920-y. teatr truppasi (Toshkent) da kichik rollarni ijro etishdan boshlagan. Moskva uzbek drama studiyasida (1924—27) K. Stanislavskiyning ilgʻor sahna uslubi, Ye. Vaxtangov rejissurasini oʻrgangan, 1927-y. dan Hamza teatrida aktyor va rej. Hajviy va xarakterli rollarni mahorat b-n ijro etgan: Tartalye (K. Gossi, «Malikai Turandot», 1927), Brigella (K. Goldoni, «Ikki boyga bir malay», 1927) va b. 193132-y. larda Buxoro teatri va unga vaqtincha qoʻshilgan Respublika yosh tomoshabinlar teatri badiiy rahbari. Rejissyorlik faoliyatini shu teatrda «Niqob yirtildi» (3. Fatxulin) pyesasini sahnalashtirishdan boshlagan. 1934-y. Hamza teatrida «Tormor» (K. Yashin) spektaklini sahnalashtirgan. Spektakl hayotiyligi, ommaviy sahnalarning mukammalligi, yuksak ijro saviyasi bilan ajralib turadi. Bobojonov ijodida Hamza dramalari va uning obrazini yaratish alohida oʻrin tutgan. «Xolisxon» (1940), «Hamza» (K. Yashin, A. Umariy, 1949), ayniqsa, «Boy ila xizmatchi» (1939) spektakli Bobojonov rejissyorlik ijodining choʻqqisi, Hamza teatrining esa katta yutugʻi boʻldi. Bobojonov oʻz rollari va spektakllarida xalqhayotini atroflicha aks ettirdi, qahramonlari xarakteri va ruhiy holatlarini chuqur ochishga erishdi. Bobojonov teatr sanʼatining tarbiyaviy roliga alohida ahamiyat bergan, spektakllari chuqur gʻoyaviy mazmun va aniq maqsadga ega boʻlgan. Bobojonov Yangiyoʻl (1943—46), Toshsovet (1946— 48) teatrlarida badiiy rahbar boʻlib ishlagan, shu teatrlarda «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla asari; T. Jalilov musiqasi), «Muqanna» (H. Olimjon). «Xoʻja Nasriddin» (V. Vitkovich, Gʻ. Gʻulom), «Oftobxon» (K. Yashin; X. Toʻxtasinov) va b. spektakllarni qoʻygan. Sh. Burhonov, O. Xoʻjayev, N. Rahimov, O. Jalilov, M. Gʻofurov, A. Boltayev, F. Rahmatova va b. ning aktyor sifatida shakllanishida xizmati katta. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida dare bergan (195056).
Muhsin Qodirov.
Ensiklopediya.uz
BOBOJONOV