BITINIYALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BITINIYALAR haqida malumot bilib oling.

BITINIYALAR (Bithynia) chuchuk suvlarda yashovchi oddjabrali mollyuskalar urugʻi. Chigʻanogʻining bal. 15 sm gacha, tuxumsimon yoki oval konussimon, silliq, baʼzan spiral shaklda. 20 ga yaqin turi maʼlum. Bitiniyalar Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan, Shim. Amerikada ham uchraydi. Oqmaydigan va tinch oqadigan suvlardagi oʻsimliklar va toshlarning ustida, suv tubidagi loyda yashaydi. Ayrim turlari parazit chuvalchanglar, asosan soʻrgʻichlilarning oraliq xoʻjayini, mas, V. Leachi odam va umurtqali hayvonlar paraziti — mushuk ikki soʻrgʻichlisining oraliq xoʻjayini hisoblanadi. Oʻzbekistondagi suv havzalarida Bitiniyalarning bir necha turi tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
BITINIYALAR