BEKMUROD JOʻRABOY OʻGʻLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BEKMUROD JOʻRABOY OʻGʻLI haqida malumot bilib oling.

BEKMUROD JOʻRABOY OʻGʻLI (1878 Nurota tumani Qoʻtir qishlogʻi — 1956) — oʻzbek xalq baxshisi. Dostonlarni oʻzbek, qozoq va qoraqalpoq tillarida kuylay olgan. Hatto Nurota tojiklari orasida dostonlarni tojik tilida kuylaganligini ham nakl qiladilar. Bekmurod joʻraboy oʻgʻli repertuarini oʻrganish oʻtmishda Nurota tumani markazi va uning shim. da oʻziga xos dostonchilik maktabi boʻlganligini koʻrsatadi. Xalq dostonlarini bir necha tidda ijro etish bu maktab vakillarigagina xos xususiyatdir. Bekmurod joʻraboy oʻgʻlidan «Alpomish», «Avazxon», «Malikai ayyor», «Kuntugʻmish» kabi bir qator dostonlar yozib olingan. Bular Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-ti folklor arxivi (inv. № 190, 191, 1010, 1011)da saqlanadi.

As: «Avazxon», T., 1965; «Gulshanbogʻ», T., 1966; «Xolbeka», T., 1967.

Ensiklopediya.uz
BEKMUROD JOʻRABOY OʻGʻLI