Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz
Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz ❓ ⭕️Raxit — D vitamini yetishmovchiligi va organizmdagi mineral almashinuvining buzilishi bilan bog’liq kasallikdir. 👶🏻 Raxitdan ko’pincha bir yoshgacha bo’lgan bolalar aziyat chekadi va kasallar orasida eng ko’p uchraydigan toifa muddatidan oldin tug’ilgan va sun’iy ozuqalar bilan oziqlantiriladigan chaqaloqlardir. 👉🏻Ma’lumki, suyakni to’laqonli shakllanishi uchun fosfor, kaltsiy va ichakda ularni to’g’ri so’rilishi uchun vitamin D kerak. Ushbu komponentlar bolaning organizmiga oziq-ovqat bilan birga tushadi (ona suti, tuxum, baliq, sabzavotlar, va hokazo), ☀️Vitamin D esa shuningdek quyosh nuri ta’sirida teri ostida ham ishlab chiqariladi. 👶🏻Yangi tug’ilgan chaqaloqlar hayotga kaltsiy, fosfor va vitamin D zaxirasi bilan birga keladi (bu moddalar bolaning ona qornidagi hayotining so’nggi haftalarda faol to’plana boshlaydi, albatta agar ona to’g’ri va muntazam ovqatlansa va quyosh ostida yursa), shuning uchun bola hayotining 1-2 oyida suyaklar normal rivojlanadi. 👶🏻👉🏻Keyinchalik bola tez o’sib-rivojlanishi va zaxiralarning tugashi natijasida bolalar tanasi ko’proq «qurilish» materialiga muhtoj bo’ladi. ‼️ Agar bu ehtiyoj qondirilmasa, kaltsiy va fosfor bola suyaklaridan yuvila boshlaydi.Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz
DO`STLARGA ULASHING:
Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz