Chimboyliq xazinasi haqida to’liq ma’lumot oling

Chimboyliq xazinasi haqida to’liq ma’lumot oling


Post Views:
107

CHIMBOYLIQ XAZINASI – jez davri buyumlari xazinasi (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-choragi). 1898 yil tadbirkor va fotograf N.S.Nikolai tomonidan Toshkentdan 50 km sharqda, Chirchiq dar­yosining o‘ng qirg‘og‘ida, Chimboyliq qishlog‘i yaqinidagi Avliyo Oqtosh mavzeida topilgan. Jez bolta, bigiz, pichoq (saqlangan uzunligi 12 sm) va og‘irligi 580 g keladigan jez yombidan iborat. Chirchiqqa quyiladigan soy yuvib ketgan qabrdagi dafn ashyolari bo‘lganligi taxmin qilinadi. Topilma katakomba yoxud andronovo madaniyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

Chimboyliq xazinasi

Malumotlar
Chimboyliq xazinasi