Bola va farzand haqida maqollar
Bola va farzand haqida maqollar
DO`STLARGA ULASHING:
Bola beshikdan yiqilguncha,
Podsho taxtidan yiqilsin.Bol — shirin, boldan — bola shirin.
Bola bo’lsa, beshik topilar.
Bola bo’lsa, sho’x bo’lsin,
Sho’x bo’lmasa, yo’q bo’lsin.Bola ko’ngli — podsho.
Bola — xondan ulug’.
Bola o’nga kirsa, otasi songa kirar.
Bola — qalbi gul.
Bolah uyda sir yotmas,
Bolasiz uyda kir yotmas.Bolali xotin — gul xotin,
Bolasiz xotin — tul xotin.Bolalik ona nonga to’ymas,
Bolalik g’oz — donga.Bolalik — podsholik.
Bolalik qarg’aga don tegmas.Bolali qo’rg’onga bog’ yetmas.
Bolalining beh — chinor,
Bolasizning beli sinar.Bolang yomon bo’lsa ham, omon bo’lsin.
Bolasi ko’p bo’lar boy,
Bolasi yo’q — quruq soy.Bolasiz xotin sumakka to’ymas.
Bolasizning moli — uvol,
Imonsizning — joni.Bo’y qiz — uchirma qush.
Gap unda emas, bug’doyda.
Gung bolaning gapini
Kar onasi tushunar.Gung qizning tilini onasi tushunar.
Davlating — ota-onang,
Savlating — o’g’il-qizing.Davlatning boshi — farzand.
Yelka yag’ri — otaga meros,
Ota yag’ri — o’g’ilga meros.Yolg’iz bola — boshga balo.
Yolg’iz bola — yovdan yomon.
Yolg’iz bola yig’loq bo’lar,
Yolg’iz tuya — baqiroq.Yolg’iz o’g’il yovdan qattiq,
Xotini qahnoqdan qattiq.Yolg’iz qiz — yalama tuz.
Yomon bo’lsa ham omon bo’lsin.
Yomon o’g’il boqquncha,
Etagingni qoq.
Yomon qizni boqquncha,
Do’ppingni qoq.Yomon o’g’il — molga o’rtoq,
Yaxshi o’g’il — jonga.Yigitning chirog’i — qizi bilan o’g’li.
Kiyiming yomon bo’lsa, bir yog’ingga yarar,
Bolang yomon bo’lsa, bir kuningga yarar.Nevarani boqma,
Shotutni qoqma.Nor o’lsa, norchasi qolar.
Odam mevasi — farzand.
Olti o’g’illining olti arshda moli bor.
Ona bilan bola — gul bilan lola.
Ona — daraxt, bola — meva.
Ona — mehribon, ota — g’amg’uzor.
Onaga o’xshab qiz tug’ilmas,
Otaga o’xshab — o’g’il.Onali yetim — gul yetim,
Otali yetim — shum yetim.Onali kelin — qarqara,
Onasiz kelin — tasqara.Onang o’gay bo’lsa, otang o’zingniki emas.
Onangni quyosh bilsang,
Otangni oy bil.Onaning ko’ngh bolada,
Bolaning ko’ngli dalada.Onasi yalamaganga otasi qaramas.
Onasi qimizak yesa,
Qizining tishi qamashar.Ota bezori — xudo bezori.
Ota bola uchun taxt yasar,
Baxt yasata olmas.Otangga qilganingni bolangdan ko’rarsan.
Podshoning hukmidan bolaning hukmi zo’r.
Pulni pul topar,
O’g’ilni — qiz.Tuz asrama, suv bo’lar,
Qiz asrama, quv bo’lar.Tuqqan hisobmas, boqqan hisob.
Tuqqaniga suyunma, turganiga suyun.
To’ng’ich bola tug’ bo’lar.
Uy qizi — palaxmon toshi.
Farzand baxti — ona taxti,
Farzand kamoli — ota jamoli.Farzand — belning quvvati.
Farzand boqqan ota,
Jonni qoqqan ona.Farzand — dilband,
Farzand — qanot.Farzand dog’i yondirar,
Payti kelsa, kuydirar.Farzand — jonga payvand.
Farzand ko’rdingmi, ko’chat ek.
Farzanddan yo’rgak ayama.
Farzandim — asal-qandim.
Farzandim — dilbandim,
Sevganim — asal-qandim.Farzanding — davlating,
Fazilating — ziynating.Farzandni boqish qiyin,
Farzandga yoqish qiyin.Farzandsiz kishi — mevasiz daraxt.
Xotin — uyning guli,
Bola — dilning.Xotinga — pusht,
Xamirga — musht.Xotinim qiz tug’di deb o’pkalama,
Sherning erkak-urg’ochisi barobar.Xotinni yaxshi ko’rsatgan
Qo’lidagi bolasi.Daraxtni yaxshi ko’rsatgan
Shoxidagi mevasi.Xotinsiz o’tish — xato,
Bolasiz o’tish — jafo.Chaqaloq allada aziz.
Chiqqan qiz chiydan tashqari.
Yaxshi bo’lsa — bola,
Yomon bo’lsa — balo.Yaxshi farzand — gul,
Yomoni — bir pul.Yaxshi o’g’il otadan olti botmon ziyod bo’lar,
Yomon o’g’il otadan olti botmon kam bo’lar.Yaxshi o’g’il tindirar,
Yomon o’g’il o’ldirar.Yaxshi o’g’il uy tuzar,
Yomon o’g’il to’y buzar.Yaxshi o’g’il — el obro’si,
Yaxshi qiz — uy obro’si.Yaxshi o’g’ildan rahmat yetar,
Yomon o’g’ildan — la’nat.O’z bolang o’zagiga tepsang ham ketmas.
Kishi bolasi mayiz bersang ham turmas.
O’nta bo’lsa o’rni boshqa,
Qirqta bo’lsa — qilig’i.O’ttizga kirgan yigitning
O’tin olguday o’g’li bo’lsin.O’g’il bilan qizing — Bamisoli ikki ko’zing.
O’g’il yeb o’rga ketar,
Qiz yeb qirga ketar.O’g’il yoqqan chiroqni qiz ham yoqar.
O’g’il otasi mard bo’lsa,
Qiz otasi — bechora.O’g’il otasiga o’xshamasa, qoni harom.
O’g’il — uyning bulbuli,
Qiz — uyning guli.O’g’il qanotli ot bo’lsa,
Qiz qanotli qushdir.O’g’il-qiz yaxshi bo’lsa,
Ota-ona xursand.O’g’il-qiz dono bo’lsa,
El-u yurt xursand.O’g’ilga o’ttiz uydan tilov bor,
Qizga qirq uydan ishlov bor.O’g’illi uy — farishta,
Qizli uy — sarishta.O’g’ling boqsin, kelining sog’sin.
Qarg’ayin desam — yolg’iz,
Qarg’amayin desam — yalmog’iz.Qiz yetilib, qirg’oqqa ketar,
O’g’il yetilib, yiroqqa ketar.Qiz — meniki, baxti — o’zganiki.
Qiz puli — sut puli.
Qiz puli — tuz puli.
Qiz saqlaguncha, bir siqim tuz saqla.
Qiz saqlading — o’t saqlading.
Qiz tuqqanga muz tug’ar,
O’g’il tuqqanga kun tug’ar.Qiz — uyning cho’risi, ham o’g’risi.
Qiz — qo’noq.
Qizginamning erkasi —
Yigitgmarrming serkasi.Qizi borning baxti bor,
O’g’li borning taxti bor.Qizim-qizim qiz kishi,
Qizimga kelar yuz kishi.Qizing o’ssa, uyga yut kelar,
O’g’ling o’ssa, uyga qut kelar.Qizing o’ssa, qirga ket,
O’g’ling o’ssa, o’rga ket.Qizli kishi qir oshar.
Qizli uy — bo’ston,
Qizsiz uy — zimiston.Qizli uy — karvonsaroy.
Qizli uy — nozli uy,
O’g’illi uy — sozli uy.Qizli uy — qiliqli uy.
Qizli uy — qiron,
O’g’illi uy — davron.Qizli uyning tili biyron,
Sovchilarning tili tiyron.Qizni bersang, mardga ber,
Qizg’aldoqday jaynasin.Qizning bo’yi yetdi — boshingga yov yetdi.
Qiyshiq bo’lsa ham, yo’l yaxshi,
Yomon bo’lsa ham — o’g’il.Quyon bolasini botirim der,
It bolasini qoplonim der.Qulunli biya bo’tasiz tuyadan yaxshi.
Qush nima topsa, bolasining og’ziga tiqar.
Qo’zi ma’rab o’sar,
Bola — yig’lab.Qo’y qo’zichog’i bilan chiroyli,
Xotin — chaqalog’i bilan.Qo’ng’iz bolasini oppog’im der,
Kirpi bolasini yumshog’im der.
Bola va farzand haqida maqollar