Yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar to’liq malumot oling

Yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar to’liq malumot oling

Yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar

Insult, gipotireoz, qandli diabet va hattoki yurak kasalliklari – bularning barchasini yuzga qarab aniqlash mumkin. To‘g‘ri, ba’zida tashxis qo‘yish uchun juda ko‘plab sinovlardan o‘tish kerak. Gohida esa bemorning yuziga sinchiklab qarash bilan ham jiddiy kasallik alomatini ko‘rish mumkin.

Lab va terining qurishi, ko‘chishi

Bu kuchli suvsizlanishning ilk alomati bo‘lib, teri va labning qurishi ter bezlarining noto‘g‘ri ishlashini ko‘rsatadi. Bu esa asosan qandli diabet rivojlanishi yoki qalqonsimon bez faolligining buzilishi natijasi ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, o‘ta quruq teri ekzema, psoriaz, dermatit yoki allergik dorilar reaksiyasi belgisini ham ko‘rsatadi.

Yuzdagi ortiqcha tuklar

Yuz, jag‘ chizig‘i, jag‘ va yuqori lab bo‘ylab o‘sishni boshlayotgan tuklar polikistik tuxumdon sindromining alomati bo‘lishi mumkin. Natijada ayol tanasida erkak gormonlari darajasi ortadi.

Qovoqdagi mayda sariq dog‘lar

Ksantelazma deb nomlanadigan ushbu xolesterin o‘choqlari yurak xastaligi xavfini jiddiy ravishda oshiradi. 2016 yilda olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ksantelazmaga chalingan bemorlarda BMI va xolesterin miqdori yuqori bo‘ladi.

Ko‘z ostidagi shish va xaltachalar

Ko‘z ostidagi qora dog‘ va xaltachalar nafaqat charchoq belgisi, balki surunkali allergiya, gipoterioz va uyquzilikni ko‘rsatadi.

Yuz assimetriyasi

Mutlaqo tekis yuz yuzning o‘zi bo‘lmaydi. Har bir insonning yuzi bir tomoni boshqa tomonidan biroz farq qiladi. Ammo yuz to‘satdan avvalgiga nisbatan assimetrik bo‘lib qolsa, o‘zgarsa, bu yaqinlashib kelayotgan insultning alomati bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda imkon qadar shifokorga murojat qilish zarur.

Yuz rangining o‘zgarishi

Yuz terisining rangi o‘zgarishi – bu shifokorga murojaat qilish uchun muhim sababdir. Chunki bu rivojlanayotgan anemiya, jigardagi muammolar va o‘pka yoki yurak kasalligidan darak berayotgan bo‘lishi mumkin.

Toshma va dog‘lar

Yuzdagi husnbuzar, toshma va qizil dog‘lar ovqat hazm qilish muammolari haqida ogohlantirishi mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda allergiya yoki ekzema ham xavf solish ehtimoli mavjud.

@doridarmonlar

Kasalliklar
Yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar