9 sinf olimpiada savollari 2022 ona tili va adabiyot fanidan

9 sinf olimpiada savollari 2022 ona tili va adabiyot fanidan

Tehronga qaytishda u Gruziyada ushlanib qolgan va bu yerda knyaginya Nina Chavchavadzega uylangan, ammo oilaviy hayot bir necha hafta davom etgan, xolos: Griboyedovni oldindan murakkab bo‘lgan missiya kutib turardi — u Eron shohini bitim bo‘yicha majburiyatini bajarishga ko‘ndirishi lozim edi.

Moskvada geografiya o‘qituvchisini otib tashlagan o‘quvchi, insoniyat tarixidagi eng halokatli qor bo‘roni va dekabristlarga aloqadorlikda gumonlangan Griboyedov. Kun xronologiyasida 3-fevral

3-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Moskvadagi maktabda o‘quvchi tomonidan uyushtirilgan ilk otishma, Eronda yuz bergan insoniyat tarixidagi eng halokatli qor bo‘roni hamda dekabristlarga aloqadorlikda gumonlangan Griboyedovga oid faktlar o‘rin olgan.

“Xuddi Amerikadagidek”. Moskvadagi maktabda ilk bor otishma uyushtirgan o‘quvchi

2014-yil 3-fevral kuni Moskvada “Amerika ssenariysi” bo‘yicha Rossiyadagi birinchi qurolli otishma sodir bo‘lgandi. Otradnoe tumanidagi 263-sonli maktabning 10-“A” sinf o‘quvchisi geografiya darsiga ovchilar karabini bilan kelib, o‘quvchi Andrey Kirillovni otib tashlagan, sinfdoshlarini asirga olib, trevoga signali bilan yetib kelgan dastlabki politsiyachilarni o‘qqa tutishga ulgurgandi.

Biz Los-Anjeles yoki Chikago emasmiz-ku, bunaqa favqulodda holatlar muntazam sodir bo‘lmaydi. Voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rishganidan keyingina uning naqadar jiddiyligini tushunib yetishdi”, — deydi Patrul-post xizmati vzvod komandiri Aleksey Pankov.

Hodisa oqibatida o‘qituvchidan tashqari shtatdan tashqari qo‘riqchi praporshik Sergey Bushuyev ham halok bo‘lgan, PPX katta serjanti Vladimir Kroxin yaralangan. Yaralangan politsiyachining sherigi kichik leytenant Vyacheslav Nechayev hamkasbini o‘t ochilayotgan hududdan sudrab olib chiqib ketgan va navbatchiga hodisa yuzasidan hisobot bergan, shundan so‘ng maktab atrofida keng ko‘lamli maxsus operatsiya boshlangan.

Voqea joyiga barcha turdagi favqulodda xizmatlarning xodimlari yetib kelgan — o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari, politsiya xodimlari va maxsus xizmatlar. Maktabga birin-ketin ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev, ta’lim vaziri Dmitriy Livanov, Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastirkin, Moskva meri Sergey Sobyanin, Moskva prokurori Sergey Kudenyev va poytaxt politsiya xizmati boshlig‘i Anatoliy Yakunin kelgan. Oxir-oqibat qurollangan o‘quvchini muzokara o‘tkazish uchun maktabga yetib kelgan uning otasi Viktor Gordeyev taslim bo‘lishga ko‘ndirgan.

Gordeyev kuch tuzilmalari tomonidan nazorat qilinadigan “Efir” idorasining xodimi hamda mergan foydalangan qurol egasi bo‘lib chiqqan. U oilaning uyida qonuniy asosda saqlab kelingan. OAV maktabda otishma uyushtirgan yigitning otasi FXX xodimi ekani to‘g‘risida ma’lumotlar taqalgan, ammo idoraning o‘zi ushbu xabarlarni rad etgan. Sud-tibbiyot ekspertizasi 10-sinf o‘quvchisini o‘zini o‘zi boshqara olmaydigan holatda deb topgan. Shifokorlar unga “paranoid shizofreniya” tashxisini qo‘ygan.

Butirskiy sudida o‘smirga qarshi sud jarayoni boshlangan. Jabrlanuvchi tomon vakili, advokat Igor Trunov qayta ekspertiza o‘tkazilishini talab qilgan. Trunov, shuningdek, ayblanuvchining otasiga nisbatan qurol-yarog‘ni ehtiyotsizlik bilan saqlash bo‘yicha jinoiy ish materiallariga kiritish to‘g‘risida iltimosnoma kiritgan, biroq Ichki ishlar vazirligidan javob olmagan.

Otishma yuz bergan kuni Madaniyat va san’at kengashi yig‘ilishida bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘ngilsiz hodisaga munosabat bildirib, bolalar tarbiyasiga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligini bildirgan.

263-maktabdagi hodisadan bir yil o‘tib, “Rigla” dorixonalar tarmog‘i ofisida kompaniya yuristi va sayyoraga zarar yetkazilayotgani to‘g‘risidagi taqiqlangan manifest muallifi Dmitriy Vinogradov o‘ziga tegishli ovchilar qurolidan olti nafar hamkasbini otib tashlagan. Ushbu voqealardan keyin bir guruh deputatlar mamlakatda quroldan foydalanish to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentga kiritgan. Xususan, quroldan foydalanish yoshini 18 dan 21 yoshgacha oshirish, o‘qotar qurollarni ta’lim muassasalari hududida olib yurishni taqiqlash va qurol orqali qasddan shikast yetkazilgani uchun javobgarlikni oshirish taklif etilgan.

2013-yil mayda qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan, ammo uning tezlashuviga fevral oyida maktabda sodir bo‘lgan voqealar sabab bo‘lgan. Ikkinchi o‘qishda qonun loyihasiga qurolni saqlash qoidalarini murakkablashtirish, ehtiyotsizlik bilan saqlaganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish qo‘shilgan. Yakuniy hujjat 2014-yil iyulda qabul qilingan.

Eronda yuz bergan insoniyat tarixidagi eng halokatli qor bo‘roni

Insoniyat tarixidagi eng uzoq davom etgan va halokatli qor bo‘roni 1972-yil 3-fevral kuni Eronda boshlangan edi. Dahshatli qor bo‘roni bunday ob-havo sharoitiga umuman tayyor bo‘lmagan quyoshli mamlakatda yuz bergan. Odatda Eronda ob-havo mo‘tadil bo‘lib, qor tog‘li hududlariga yog‘adi.

3-fevral kuni yog‘ishni boshlagan qor avvaliga hech kimni tashvishga solmagan. Aksincha, odamlar osmondan daraxtlar va uylari ustiga tushayotgan qor parchalaridan quvongan. Ammo ular maydalab yog‘ayotgan qor bir necha soat ichida minglab insonlar umriga zomin bo‘ladigan kuchli qor bo‘roniga aylanishini kutmagan edi. Katta aholi punktlarida deyarli hech kimga zarar yetmagan, chunki u yerdagi odamlarga qutqaruvchilar tomonidan yordam ko‘rsatilgan. Chekka qishloqlardagi aholi esa uyiga berkinib, bo‘ron tugashini kutishdan boshqa iloji yo‘q edi.

Ular uzoq kutishga to‘g‘ri kelishini bilmasdi. Qor va kuchli shamol 9-fevralga qadar tinmagan — bu zamonaviy tarixdagi eng uzoq davom etgan qor bo‘roni hisoblanadi. Bir hafta ichida qishloqlarga eltuvchi barcha yo‘llar yopilib qolgan, shu bois qutqaruvchilar yordamga vaqtida yetib kela olmagan. Qishloqlarga hatto havo orqali vertolyotlar ham borish imkonsiz bo‘lib qolgan, ko‘ruvchanlik nolga tushib ketgandi. Shamol elektr va aloqa tarmoqlariga shikast yetkazgani bois odamlarga yordam kerak edi.

Eronning ayrim hududlarida qor qalinligi 8 metrga yetgan. Tasavvur qilish uchun yog‘gan qor 3 qavatli uy balandligini tashkil etgan — u haqiqatan ko‘p edi. Shahar bo‘lmagan hududlardagi uylarning aksariyati qor ostida qolgan, o‘z navbatida barcha uylarning tomi ham bunga bardosh bera olmasdi. Ayrim odamlar qor uyumlari ostida qolib, -20 darajada muzlab qolishgacha borgan. Dahshatli qor bo‘roni oqibatida mamlakatda 4 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. “Kakkan” va “Kumar” nomli Eron qishloqlarida bittayam kishi omon qolmagandi.

Qurbonlar sonining bu qadar ko‘payib ketgani qutqaruvchilar yordamga yetib bora olmagani bilan izohlangan. Bunday qorga tayyor bo‘lmagan ko‘plab oilalar oziq-ovqat zaxirasiga ega emasdi, shu sababdan ayrimlar bir necha kun och o‘tirishga majbur bo‘lgan. Elektr energiyasining uzilib ketganidan esa uylarni isitish imkonsizga aylangan.

Biroq Eron aholisining muammolari shu bilan yakun topmagan. Mamlakat juda issiq o‘lkada joylashgan, 9-fevraldan keyin ulkan hajmda yog‘gan qorlar tezda erishga tushgan. Bu esa suv toshqinlarini keltirib chiqarib, omon qolgan insonlarga ham zarar keltirgan. Bo‘rondan zarar ko‘rgan inshootlarni tiklashga katta mablag‘lar sarflangan, buning ustiga odamlar o‘z sog‘lig‘ini ham tiklashi kerak edi — kutilmagan sovuqdan ko‘pchilik shamollab qolgan.

Dekabristlarga aloqadorlikda gumonlangan Griboyedov

1826-yil 3-fevral kuni Aleksandr Griboyedov dekabristlar isyoniga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan edi. Oradan uch yil o‘tgach Tehrondagi rus elchixonasida yuz bergan qirg‘inda diplomat, shoir va dramaturg Griboyedov ham halok bo‘lgandi.

Foto: Wikimedia Commons

Aleksandr Griboyedov 1795-yil 15-yanvar kuni Moskvada badavlat dvoryan oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidan u o‘zining zehni bilan ajralib turgan, 6 yoshida uchta xorijiy tilda gaplasha olgan, o‘smirligida esa 6 ta tilni bilgan. 13 yoshida Aleksandr Moskva universitetining og‘zaki va yozma adabiyot, 15 yoshida yuridik bo‘limini tamomlagan.

1812-yilda Griboyedov harbiy xizmatga borgan: avvaliga Moskva, keyin esa Irkutsk gusarlar polkida xizmat qilgan. To‘rt yildan keyin u kornet lavozimida (Chor Rossiyasi paytida ofitserlarning eng kichik unvoni) armiyani tark etadi. Tez orada u Tashqi ishlar kollegiyasida kotib lavozimiga o‘tadi va diplomatik karyerasi boshlanadi.

1817-yilda u o‘zlarning ishq-muhabbati siriga bog‘liq mojaroli voqeaga aralashib qoladi. Griboyedov do‘sti graf Aleksandr Zavadovskiyning uyida yashagan va bir safar ularnikiga balerina Avdotya Istomina tashrif buyuradi. Zavadovskiy Istominani yaxshi ko‘rgan va uning uyiga kelgan balerina bu yerda ikki kun qolib ketgan. Bundan Istominaning sevgilisi — kavaleriyachi Vasiliy Sheremetev xabar topgan.

Sheremetev do‘sti Aleksandr Yakubovichning gap-so‘zlari sabab Zavadovskiyni duelga chaqiradi. Griboyedov va Yakubovich sekundant vazifasini bajargan va ular ham bir-birini duelga chorlashga qaror qilgan. Zavadovskiy Sheremetevni og‘ir yaralagani bois duelni to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan. Oradan bir yil o‘tgach, 1818-yildagina Kavkazda Griboyedov va Yakubovich baribir duelga chiqadi. Griboyedov kaftidan yaralanib, barmog‘idan ayrilgan. Bu Tehrondagi qirg‘indan keyin shoirning jasadini aniqlashda qo‘l kelgandi.

Griboyedov Fors o‘lkasiga shohning ishlar bo‘yicha ishonchli kotibi lavozimida o‘tirish uchun ketayotganida Kavkazga borib qolgan. Janubiy chegaralarda xizmat qilish uchun u Rossiyaning AQSHdagi diplomatik vakolatxonasidagi lavozimdan voz kechgandi. 1820-yilda Griboyedovning Eronga ikkinchi xizmat safari boshlangan, 1821-yilda qo‘lini sindirib olgan diplomat Kavkazga ko‘chirilib, bu yerda ish bilan birga davolanishni ham davom ettiradi.

1823-yilda Griboyedov davlat xizmatini tark etib, Moskvaga qaytadi va adabiy mehnat bilan shug‘ullanishga kirishadi. Oradan ikki yil o‘tgach u Kiyev va Qrim orqali yana Kavkazga kelganida dekabristlarga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan. Ammo tergov diplomatning shohga qarshi fitnaga aloqadorligini isbotlay olmagan va u to‘liq oqlangan.

Foto: Wikimedia Commons

XVIII asr oxirlariga kelib Eron Rossiya nazorati ostida bo‘lgan Kavkazdagi gruzin yerlarini egallashga uringan. Bunga javoban rasmiy Sankt-Peterburg Kavkazga armiya yuborib, forslarni chekinishga majbur qiladi. Bu Kavkazga da’vogarlik qilgan Tehronga ham, Osiyoda Rossiya gegemoniyasi kuchayib borayotgan Londonga ham yoqmagan. 1804-yil 10-iyun kuni podshoh Fath-Ali Buyuk Britaniya qo‘llab-quvvatlovi ostida Rossiyaga qarshi urush e’lon qiladi. Shu kuni Sergey Tuchkov qo‘mondonligi ostidagi rus qo‘shinlari fors kavaleriyasini Gyumridan chekinishga majbur etgan. Jangovar harakatlar 1813-yilga qadar davom etgandi.

1826-yil iyulda britanlar tomonidan tayyorgarlikdan o‘tgan fors armiyasi urush e’lon qilmasdan Rossiya imperiyasi hududiga kirib boradi. Avvaliga forslar rus chegara bo‘linmalarini chekinishga majbur qilgan, ammo Aleksey Yeermolov, keyinroq Ivan Paskevich qo‘mondonligi ostidagi qo‘shinlar eronliklarga qaqshatqich zarbalarni bergan. Natijada 1828-yilda Tehron Sankt-Peterburg bilan Turkmanchoy tinchlik shartonomasini imzolashga majbur bo‘ladi, unga ko‘ra Kaspiy qiroqlari va Sharqiy Armaniston Rossiya tarkibiga o‘tib ketgan. Bundan tashqari, Eron Rossiyaga 20 million rubl miqdorida tovon to‘lashga majbur bo‘ladi.

Rossiya va Eron o‘rtasida bitimning imzolanishi, 1828-yil

Foto: Wikimedia Commons

Paskevich Eron bilan imzolangan tinchlik bitimi haqida hisobot berib, Aleksandr Griboyedovning undagi muhim rolini e’tirof etadi. Aynan Griboyedov Sankt-Peterburgga tinchlik bitimini imzolash bo‘yicha xabarni yetkazadi, shundan keyin Rossiyaning Erondagi elchisi lavozimiga tayinlangan.

Tehronga qaytishda u Gruziyada ushlanib qolgan va bu yerda knyaginya Nina Chavchavadzega uylangan, ammo oilaviy hayot bir necha hafta davom etgan, xolos: Griboyedovni oldindan murakkab bo‘lgan missiya kutib turardi — u Eron shohini bitim bo‘yicha majburiyatini bajarishga ko‘ndirishi lozim edi.

Muzokaralar qiyin kechgan. Tehron ulkan yon bosishlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri kelgan va bu fors jamiyatida keskin norozilikni keltirib chiqargan. 1829-yil 11-fevral kuni Rossiya missiyasi tomon fanatiklar to‘dasi otlanadi.

Griboyedovning tanishlari uni olamon hujum qilishidan ogohlantirgan, ammo u mahalliy aholi diplomatik vakolatxonaga yaqinlashishga jur’at qila olmasligini aytib, qochishdan bosh tortadi.

Elchixonaga ikki marotaba shturm uyushtiriladi. Missiyaga birinchi marotaba kirib borilganida bosqinchilar Mirzo Yoqubni pichoqlagan va qochishga uringan ayolni qo‘lga olgan. Shundan keyin olomon biroz tinchlanib, rossiyalik diplomatlarga hujumga tayyorgarlik ko‘radi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Griboyedov kazaklar bilan birga qo‘liga qurol olib elchixonani himoya qiladi. Versiyalardan birga ko‘ra, u missiyaga kirish joyida halok bo‘lgan.

9 sinf olimpiada savollari 2022 ona tili va adabiyot fanidan

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar,

Institut iqtisodiyotning turli sohalarida talabga javob beradigan, zamonaviy kasbiy bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va O‘zbekiston hududida institut tomonidan berilgan diplom to‘laqonli tan olinadi. Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 2018 yil 24 iyuldagi №OT 0002 (0059) davlat litsenziyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 dekabrdagi 1007-son “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida faoliyat olib boradi. Shuningdek, 2022 yil O‘zbekistonning nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti birinchilardan bo‘lib KAZSEE va IQAA agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazgani to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi.

Institut tomonidan iqtidorli abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

– IELs 6.5 yoki TOPIK 4 darajaga ega bo‘lgan abituriyentlar institutning 1-kursiga insho va suhbat orqali qabul qilinadi;

– so‘nggi 2 yil ichida matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, biologiya, kimyo va tarix fanlaridan Xalqaro va Respublika olimpiadalarda 1-2-3-o‘rinlarni egallagan abituriyentlar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1-kursiga tegishli ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadilar;

– kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘qishni grant asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Har yili institut ta’sischilari tomonidan yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlashga undash, bilimli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim granti ajratiladi;

– kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar o‘quv kurslari davomida Koreya Respublikasining bir qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari bo‘lgan Hanyang University, Busan University, Chung Cheong University, Chosun University, Gachon University, Jeoju University va Yeoju Institute of Technologies ta’lim dargohlarida “2+2” yoki “3+1” dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkoniyatlariga ega.

Bakalavr yo‘nalishlari va kirish imtihoni fanlari quyidagicha:

*Ushbu yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim shakli mavjud emas.

*Ushbu yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim shakli mavjud emas.
** Ushbu yo‘nalishlarda kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud emas. ** Ushbu yo‘nalishlarda kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud emas. ** Ushbu yo‘nalishlarda kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud emas.

Germaniyaning IU International University of Applied Sciences universiteti bilan hamkorlikda tayyorlanadigan qo‘shma magistratura mutaxassisliklari uchun:

***Ushbu qo‘shma magistratura yo‘nalishlariga hujjatlar faqat oflayn shaklda qabul qilinadi.

Hujjatlar qabuli 2022 yilning 1 avgustiga qadar oflayn va onlayn tartibda institutning rasmiy veb-sayti orqali www.ytit (admission.ytit) amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi zaruriy hujjatlar taqdim qilinadi:

  • Pasport yoki ID nusxasi (rangli);
  • Bakalavr yo‘nalishlari uchun: litsey yoki kollej diplomi/umumiy o‘rta ta’lim maktabi attestati nusxasi (rangli);
  • Magistratura mutaxassisliklari uchun: oliy ta’lim diplomi nusxasi (ilovasi bilan) yoki ma’lumotnoma;
  • Elektron fotosurat (3,5 sm×4,5 sm) – oxirgi 3 oy ichida tushirilgan;
  • Agar mavjud bo‘lsa, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELs – 5.5/ CEFR – B1/ DuoLingo – 85/ TOEFL – 58/ TOPIK – 3 va yuqori natijali rasmiy sertifikat nusxasi (rangli).

Ingliz tili hamda koreys tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarga mazkur fanlar uchun kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi va til bilish bilan bog‘liq bo‘lgan imtihondan ozod etiladilar.

Manzil: 100121, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi, 156-uy.

Mo‘ljal: Janubiy vokzal.

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 1294040 (ichki raqam 1).

Institutning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Qiziqarli malumotlar
9 sinf olimpiada savollari 2022 ona tili va adabiyot fanidan