9-sinf O zbekiston tarixi. I bo lim
A) 1, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10 C) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8
9-sinf O’zbekiston tarixi
Assalomu alaykum. Aziz bilimdonlar. Bu ajoyib ilova sizlar uchun. Maqsadlar sari bir qadam bo’lib xizmat qilsa mamnun bo’lamiz.
Показать больше
9-sinf O’zbekiston tarixi Varies with device APK для Android Varies with device+
Версия | Varies with device для Android Varies with device+ |
Обновить | 2021-07-27 |
Устанавливает | 10.000++ |
Размер файла | 25.950.662 bytes |
Разрешения | просматривать разрешения |
Какие новости | Aziz bilimdonlar bu ilova sizlar uchun. Juda ajoyib |
История версий:
- 1. LATEST. 9-sinf O’zbekiston tarixi Varies with device APK (2021-07-27, 25 MB)
- 2. 9-sinf O’zbekiston tarixi 1.0 APK (2021-06-04, 25 MB)
9-sinf O’zbekiston tarixi. I bo’lim
1. Buxoro Amirligidagi yirik savdo-sotiq hunarmandchilik va madaniy markazlar hisoblangan shaharlar berilgan qatorni aniqlang.
1.Qarshi 2. Xo’jayli 3. Kitob 4. Hazorasp
5. G’uzor 6. Termiz 7. Sherobod 8. Hisor
9. Ko’lob 10. Shahrisabz
A) 1, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10 C) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8
B) 2, 3, 4, 5, 7, 9, 10 D) 3, 4, 6, 7, 8, 9, 10
2. O’rta Osiyo xonliklaridan qaysi birida ijaraga yer olgan dehqonlar “yarimchilar” deb atalgan?
A) Xiva xonligi C) Buxoro amirligi
B) Qo’qon xonligi D) A va B to’g’ri
3. XIX asrda Buxoro amirligi chegarasi g’arbda ………?
A) Amudaryo chap qirg’og’idan boshlangan
B) Qo’qon xonligi bilan tutashgan
C) Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan
D) Pomir tog’larigacha bo’lgan
4. Qays shaxsning Qo’qon xonligidagi eng mashhur xattot bo’lgan?
A) Muhammad Yunus C) Turdi Ali
B) Mirzo Mahmud D) Fazliy Namangoniy
5. Buxoro amirligidagi lavozimlar vazifasi bilan to’g’ri berilgan qatorni aniqlang
1. mushrif 2. dodhoh 3. parvonachi 4. muftiy
a) oliy hukmdor farmonlarini elon qilgan
b) amirlikda soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va
ularni hisobga olib borishga javobgar kishi
c) xalqning shikoyatlari bilan shug’ullangan
d) diniy-huquqiy masalalarni bajarilishi va ularga
amal qilinishi bilan shug’ullangan
A) 1-a; 2-c; 3-b; 4-d C) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d
B) 1-c; 2-b; 3-a; 4-d D) 1-a 2-b; 3-c; 4-d
6. O’rta Osiyo xonliklaridan qaysi birida askarlik xizmatida bo’lganlar soliqlardan ozod qilingan?
A) Buxoro amirligi C) Xiva xonligi
B) Qo’qon xonligi D) B va C
7. Buxoro amirlikda amirlik hujjatlarini yuritishga javobgar kishi?
A) mirzaboshi B) mushrif C) dodhoh D) muftiy
8. XIX asrda xalq orasida nechta doston mavjud bo’lgan?
A) qirqqa yaqin C) ellikka yaqin
B) yuzdan ortiq D) yuzga yaqin
9. Ogahiyning asarlari berilgan qatorni aqniqlang?
1. «Riyoz ud-davla» 2. «Ravzat us-safo» 3.«Zubdat ut-tavorix» 4. «Navodir ul-vaqoe’»
5. «Gulshani davlat» 6. «Shohidi iqbol»
A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3
10. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi qaysi davlatlar bilan chegaradosh bo’lgan?
A) Xiva va Qo’qon xonliklari, Eron, Hindiston, qozoq juzlari
B) Eron, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Xiva va Qo’qon xonliklari
C) qozoq juzlari, Xitoy, Eron, Xiva va Qo’qon xonliklari.
D) Eron, Afg’oniston, Qo’qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari
11. XIX asrda Buxoro amirligi chegarasi sharqda ………?
A) Amudaryo chap qirg’og’idan boshlangan
B) Qo’qon xonligi bilan tutashgan
C) Xiva xonligi chegaralarigacha borgan
D) Pomir tog’larigacha bo’lgan
12. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligi chegarasini tomonlari bilan to’g’ri ko’rsating.
1) g’arb 2) sharq 3) janub 4) shimol
a) Eron b) Buxoro amirligi c) Kaspiy dengizi
d) qozoq juzlari yerlari.
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
13. Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi o’rtasidagi nizoli vaziyatga sabab bo’lgan hududlarni aniqlang.
A) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non
B) Sherobod, Hisor, Kofirnihon
C) Kо’lob, Vaxsh, Qo’bodiyon
D) Xo’jand, O’ratepa, Hisor, Pishpak
14. Qo’qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan nimasi bilan farqlanadi?
A) tog’lar, qirlar va to’g’lardagi serunum yerlarga boyligi bilan
B) kichik pastekisliklar, yirik tog’lar va serhosil yerlarga boyligi bilan
C) sersuv daryolar, so’lim vodiylar va serhosil yerlarga boyligi bilan
D) sersuv daryolar, o’rmonzorlar, tog’lar va ko’llarga boyligi bilan
15. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida oliy amaldor devonbegi hisoblanib, uning ixtiyorida kimlardan iborat kengash faoliyat ko’rsatgan?
A) mehtar, qo’shbegi, inoq
B) inoq, otaliq, biylar
C) mirzaboshi, qozikalon, qo’shbegi
D) qo’shbegi, mehtar, otaliq
16. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligida xazina ishlari va davlat xarajatlarini qaysi lavozim egasi nazorat qilib borgan?
A) mushrif B) devonbegi C) mirzaboshi D) mehtar
17. XIX asrda O’rta Osiyo xonliklari aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli qay darajada ekanligi nima bilan belgilangan?
A) egallab turgan mansabi yoki jamiyatdagi e’tibori bilan
B) davlat lavozimlarida ishlash yoki ishlamasligi bilan
C) yerga egalik tartibi va to’lanadigan soliq va to’lovlarning miqdori bilan
D) harbiy lavozimlardagi mavqeyi bilan
18. O’rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilikning ma’lum bir sohasi rivojlangan bo’lib, shaharlar va hunar turlarini to’g’ri ko’rsating.
1) Rishton; 2) Chust; 3) Buxoro; 4) Xiva;
a) do’ppichilik, pichoqchilik b) atlas to’qish, do’ppichilik c) me’morchilik, ganchkorlik
d) zargarlik e) kulolchilik
A) 1-е, 2-a, 3-d, 4-c, 5-b C) l-e, 2-a, 3-c, 4-d, 5-b
B) 1-d, 2-å, 3-e, 4-c, 5-b D) 1-е, 2-c, 3-d, 4-a, 5-b
19. Quyidagi me’moriy inshootlarni qurilgan yili bilan to’g’ri ko’rsating.
1) Muhammad Aminxon madrasasi 2) Sulton Murodbek madrasasi 3) Hokim Oyim madrasasi 4) Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi
5) Muhammad Rahimxon madrasasi
6) Xudoyorxon saroyi
a) 1851-1855 b) 1871-yil с) 1872-yil d) 1862-yil
e) 1869-1870 f) 1863-1870
A) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f
B) 1-a, 2-c, 3-e, 4-d, 5-b, 6-f
C) 1-a, 2-c, 3-e, 4-b, 5-d, 6-f
D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c, 6-f
20. XIX asrda O’rta Osiyo xalqlari orasidagi dostonlarning aksariyatida qanday g’oya yetakchilik qilgan?
A) ezgulikning yovuzlik ustidan g’alabasi
B) hukmdorlar, sarkardalarning g’ayritabiiy jasoratlari
C) xalqni ma’rifatli qilish
D) oxiri fojiaviy voqealar bilan tugaydigan ta’sirchan g’oyalar
21. Xiva xonligiga N. Muravyov boshchiligida Rossiya elchilari kelgan yili .
A) Shermuhammad Munis vafot etdi
B) Baroqxon madrasasini ta’mirlash ishlari boshlandi
C) «Ravzat us-safo» asari o’zbek tiliga tarjima qilina boshlandi
D) Ahmad Donish Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlariga sayohat qildi
22. Ollohqulixon, Muhammad Aminxon va Muhammad Rahimxon madrasalari qanday usuldagi me’morchilik an’anasida bezalgan edi?
A) yorug’lik tushishiga qarab u o’z rangini oltin rangidan niliy yoki bo’zranggacha o’zgartirib turuvchi bo’yoqlar bilan
B) peshtoqlarga qushlar va hayvonlar rasmi aks ettirilgan kufiy yozuvlar bilan
C) har bir g’ishtning alohida-alohida ranglar bilan bo’yab, har xil shakllar yasalishi bilan
D) tiniq zangori rang ustidan oq va yashil gullar tushirilgan koshinlar bilan
23. Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida keltirilishicha, milliy teatr san’atimizning qadimiy ildizlari nimalarga borib taqaladi?
A) baxshi va shoirlarning qahramonlik eposlariga
B) xalq o’yin va tomoshalariga
C) hukmdorlar saroyida tashkil etilgan san’at truppalariga
D) qadimgi xalqimizning asrlar osha davom etayotgan mehnat mashg’ulotlariga
24. Buxoro amirligida moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishi sohalariga javobgar lavozim?
A) mirzaboshi B) dodhoh C) mushrif
25. Buxoro amirligining markaziy qismi qayerda joylashgan?
A) Zarafshon vodiysi C) Qashqadaryo vohasi
B) Buxoro vohasi D) So’g’d vohasida
26. Xiva xonligi bekliklarga bo’linib, ularni kim boshqargan?
A) xon tomonidan tayinlangan beklar va to’ralar boshqargan
B) xon tomonidan o’z qarindoshlari va yaqinlari boshqargan
C) xon tomonidan tayinlangan mahalliy hokimlar va noiblar boshqargan
D) xon tomonidan tayinlangan otaliqlar boshqargan
27. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligida eng yuqori harbiy lavozim qanday atalgan?
A)to’pchiboshi B)yasovulboshi C)amirilashkar D)mirshabboshi
28. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Turkmanistondagi qaysi hududlar kirgan?
A) Vaxsh, Panjikent, Kofirnihon
B) Marv, Hisor, Vaxsh
C) Ko’lob, Darboz, Qorategin
D) Mug’ob daryosi vohalaridagi joylar
29. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Tojikistondagi qaysi hududlar kirgan?
A) Vaxsh, Panjikent, Kofirnihon
B) Marv, Hisor, Vaxsh
C) Ko’lob, Darboz, Qorategin
D) Mug’ob daryosi vohalaridagi joylar
30. O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida azaldan qaysi kasb egalariga hurmat bilan qaralgan bo’lib, u kasbni egallash yaxshi fazilat hisoblangan?
A) tabiblik B) dehqonchilik
C) miroblik D) hunarmandchilik
31.XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida tashqi aloqalarni yuritish bilan qaysi mansabdor shug’ullangan?
A) qo’shbegi B) ko’kaldosh C) devonbegi D) mehtar
32. Noto’g’ri hukmni toping?
A) Ahmad Donish 1865-yil amir Muzaffar taklifi bilan “Munozir ul-kavokib” nomli geometriyaga oid asarini yozadi
B) Mo’yi Muborak madrasasining qurilishi XX asr boshida tugallandi
C) Buxoro amirligi XIX asrda 40 beklikka bo’lingan bo’lib, ularni amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan
D) XIX asrda Qo’qon xonligida o’zbeklardan tashqari qirg’izlar, tojiklar, qozoqlar, uyg’urlar, yahudiylar va hindlar yashagan
33. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida tartib-intizom ishlariga qaysi mansab egasi mas’ul bo’lgan?
A) amirlashkar C) mirshabboshi
B) yasovulboshi D) to’pchiboshi
34. Quyidagi qaysi shaharlarda hunarmandchilikning zargarlik sohasi rivojlangan?
1) Buxoro 2) Marg’ilon 3) Xiva 4) Qo’qon
5) Hirot 6) Samarqand 7) Chustda
A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 3, 4, 6
35. Qays shaxsning Qo’qon xoni saroyida nufuzi baland bo’lgan va ba’zan madaniy tadbirlarda xon undan maslahatlar olgan?
A) Muhammad Yunus B) Mirzo Mahmud
C) Turdi Ali D) Fazliy Namangoniy
36. Notog’ri berilgan javobni toping?
A) XIX asrda binolarni bezashda kufiy, rayhoniy, nastaliq kabi yozuv namunalaridan foydalanishda davom etildi
B) Muhammad Yunus tomonidan 1859-yilda yozilgan “ Xudoyqul anvar “ asarida Umarxon davri voqealari batafsil bayon etilgan
C) 1859-yilda Baroqxon madrasasini ta’minlash ishlari boshlanadi
D) 100 dan ortiq xonadan iborat Xudoyorxon saroyi o’zining bezaklari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi
37. XIX asr o’rtalarida Toshkent shahrida qadimiy inshootlardan qay birining ta’mirlash ishlari boshlangan?
A) Tillashayx jome masjidi
B) Mo’yi muborak madrasasi
C) Hokim Oyim madrasasi
D) Hazrati Imom majmuasi
38. Quyidai inshootlardan qay biri Toshkentdagi Baroqxon madrasasining qarshisida bunyod etilgan edi?
A) Tillashayx jome masjidi
B) Mo’yi muborak madrasasi
C) Hokim Oyim madrasasi
D) Hazrati Imom majmuasi
39. Quyidagilardan Munis yashagan yillarni toping.
A) 1778-1829 B) 1809-1874 C) 1827-1897
40. Quyidagi qaysi shaxs faqat Buxoro amirligi emas, balki O’rta Osiyoning boshqa xonliklarida ham eng ko’zga ko’ringan madaniyat arbobi sifatida tanilgan edi?
A) Muhammad Yunus B) Munis
C) Ahmad Donish D) Ogahiy
41. Quyida keltirlgan qaysi ijodkorning faoliyatidagi she`riyati, tarixnavisligi va tarjimonlik faoliyati O`rta osiyo hududida emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida ham chuqur iz qoldirgan edi?
A) Muhammad Yunus B) Munis
C) Ahmad Donish D) Ogahiy
42. Quyidagi qaysi shaxs O’rta Osiyoda insonparvarlik va demokratik an’analarga asos solgan?
A) Alisher Navoiy B) Forobiy
C) Ahmad Donish D) Turdi Farog’iy
43. Xiva xonligida harbiy bo’linmalarga kimlar rahbarlik qilganlar?
A) mingboshilar B) lashkarboshilar
C) mirshablar D) yasovullar
44. Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari kimning tavsiyasi bilan tayinlangan?
A) devonbegi B) shayxulislom
C) qo’shbegi D) mehtar
45. O’rta Osiyo davlatlaridan qay birida davlat boshqaruvi, moliya, sud, mirshablik va harbiy ishlar
hukmdorning qarindoshlari, o’ziga yaqin odamlar tomonidan boshqarilgan?
A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi
C) Qo’qon xonligi D) Toshkent bekligi
46. O’rta Osiyo davlatlaridan qay birida hukmdor cheklanmagan ma’muriy, harbiy hokimiyatga ega bo’lgan?
A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi
C) Qo’qon xonligi D) Toshkent bekligi
47. O’rta Osiyo davlatlaridan qay birida hukmdor cheklanmagan siyosiy, ma’muriy va harbiy hokimiyatni o’z qo’lida mujassamlashtirgan?
A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi
C) Qo’qon xonligi D) Toshkent bekligi
48. O’rta Osiyo xonliklarida oliy hukmdor cheksiz . hokimiyatiga ega bo’lgan?
A) siyosiy, ma’muriy, sud
B) ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy
C) siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy
D) ma’muriy, ma’naviy, siyosiy
49. XIX asr o’rtalariga kelib, xonliklardagi aholining aksariyati qaysi tilda so’zlashar edi?
A) fors B) o’zbek C) arabcha D) tojik
50. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealar berilgan javobni toping.
1. Yangi Granada Venesuela bilan birlashib, Buyuk Kolumbiya nomini oldi; Munis Mirxondning “Ravzat us-safo” asarini tarjim aqilishni boshladi
2. Afg’oniston hukmdori Do’stmuhammad vafot etdi; Xudoyorxon saroyi qurilishi boshlandi
3. Hindistonda Sipohilar qo’zg’oloni boshlandi; Ahmad Donish Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Rossiya shaharlari bo‘ylab sayohat qildi
4. AQShda fuqarolar urushi tugadi; Ahmad Donish Amir Muzaffar taklifi bilan “Manozir ul-kavokib” asarini yozdi
5. Hindistonni Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi; Muhammad Yunus tomonidan “Xudoyqul anvar” asari yozildi
6. Fransiyada Lui Napaleon Banopart tomonidan davlat to’ntarishi o’tkazildi; Xivada Muhammad Aminxon madrasasi qurilishi boshlandi
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 5, 6
C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 5, 6
Qiziqarli malumotlar
9-sinf O zbekiston tarixi. I bo lim