9 sinf informatika darslik kitobi

9 sinf informatika darslik kitobi

Buni 1- sentabr kuni Fransiya armiyasining Napoleon III ham tarkibida bo’lgan qismining Sedan qal’asi yonida qurshab olinganligi isbotladi. Fran-siya armiyasi nemislarning 140 minglik qo’shini orasidan qurshovni yorib o’ta olmadi. Noiloj qolgan Napoleon III 2- sentabr kuni oq bayroq ko’tarishga buyruq berish-ga, o’zining qilichini esa Prussiya qiroliga jo’natishga majbur bo’ldi. Shu tariqa, bu yerdagi 80 ming kishilik armiya Napoleon boshchiligida taslim bo’ldi. Napoleon III Sedanda o’z Vaterloosini topdi. 100 ming kishilik ikkinchi armiya ham Mets qal’asida qurshovga tushib qoldi. Endi, Fransiya Germaniyaga tahdid sola olmas edi. Bu mag’lubiyat, ayni paytda ikkinchi im-periya hokimiyatining ham halokati bo’ldi.

9-sinf. Jahon tarixi

9-sinf Jahon tarixi darsligi 19 asrning 70-yillaridan 1918-yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
1-§.19 ASR OXIRI-20 ASR BOSHLARIDA KAPITALIZM TARAQQIYOTIDA YUZ BERGAN TUB O’ZGARISHLAR.
19 asr oxiri — 20 asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yangi bosqich — «monopolistik kapi-talizm» deb ataluvchi bosqich qaror topdi. Monopolistik kapitalizm bu—kapitalizmning iqtisodiy hayotida mono-poliyalar vujudga kelgan, moliya oligarxiyasi shakllangan, siyosiy hayotida esa ularning davlat va xalq ustidagi hukmronligi o’rnatilgan bosqichi edi.

Kapitalizmning bu bosqichi erkin kapitalizm bosqichidan quyidagi asosiy belgilari bilan ajralib turadi:

1) Ishlab chiqarish sohasida monopoliyalarning vujudga kelganligi.

Monopoliya — ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka hukmronligi egallab olingan ulkan korxona yoki shunday korxonalar birlashmasi edi. Monopoliyalar industrial davlatlarning barchasida vujudga kelgan edi.

Ular Kartel, Sindikat, Trest va Konsern shaklida mamlakat xo’jaligining u yoki bu sohasida hukmron edilar. Masalan, 1893-yilda Germaniyada tashkil topgan Reyn-Vestfaliya ko’mir sindikati mam-lakatda qazib olinadigan va sotiladigan ko’mirning 86,7% ni o’z qo’lida to’plagan.

1896-yilda Germaniyada monopoliyalar soni 250 tadan ortiq edi. 1900-yilda AQShda esa 185 ta monopoliya faoliyat ko’rsatgan.

2) Moliya oligarxiyasining vujudga kelganligi.

Bu hodisa sanoat va bank kapitalining qo’shilishi natijasida sodir bo’lgan. Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va sanoatning monopoliyalashuvi jarayoni bank faoliyatida kapitalning markazlashu-viga olib keldi. Qattiq raqobat tufayli kichik banklar xonavayron bo’lib, yirik banklar tarkibiga qo’shilib ketdi. Natijada juda katta moliyaviy qudratga va o’z mamlakatida ulkan siyosiy ta’sirga ham ega bo’lgan moliyaviy markazlar — bank gigantlar vujudga keldi. 20 asr boshlarida shunday banklar Fransiyada uchta, AQShda esa ikkita edi.

Bank kapitali bilan sanoat kapitalining birlashib ketishi kapital-ning yangi shaklini — moliya kapitalini vujudga keltirdi. Po’lat, neft, gazeta va boshqa soha «qirollarning» juda katta bank-sanoat imperiya-lari vujudga keldi.

AQShda mamlakatning iqtisodiy hayotini nazorat qilib turgan «60 ta oilaning» shunday imperiyalari mavjud edi. 19 asrning oxiri-da bu oilalardan « katta uchlik» — Rokfeller (neft), Morgan (moliya), Karnegi (po’lat) ayniqsa ajralib turardi. 20 asr boshlarida Karnegi o’zining ko’p millionli mulkini sotganidan so’ng amerikaliklar nigohida tadbirkorlikdagi omad va boylikning qudrati ikki kishida — Morgan va Rokfellerda mujassamlashgan edi. Chunonchi, Rokfellerning neft tresti mamlakatdagi neft mahsulotlarining 90 foizini ishlab chiqarardi, Morganning po’lat tresti esa po’latning 66 foizini berardi. Bulardan tashqari Dyupon, Mel-lan, Garriman, Vanderbilt va Gud-denxeymlar ham Amerika oligarxiyasining ta’sirli a’zolaridan hisobla-nardi. Fransiyada esa moliyaviy qudratning timsoli fransuz bankining yirik omonatchilari bo’lgan «200 oyla» edi. Germaniyada bo’lsa, moliya oligarxiyasining timsollari V. Simens, E. Ratenau, A. Tissen, F.Krupplar bo’lgan.

3) Chetga kapital chiqarishning muhim ahamiyat kasb etishi.

Monopoliyalar, moliya oligarxiyasi foydani ko’paytirishga harakat qilib, chetga endi tovarlarni emas, balki kapital chiqarishga alo hida ahamiyat bera boshladilar. Chunki, endilikda tovar chiqarishdan ko’ra, chet mamlakatlarga kapital chiqarish, ya’ni ularga yuqori foiz evaziga kreditlar berish; tabiiy boyliklarni arzonga sotib olish u yer-larda eng arzon ishchi kuchi hisobiga boylik orttirish imkonini beruv-chi korxonalar qurish foydali bo’lib qoldi.

Shu tufayli 1900—1913-yillarda industrial (rivojlangan) davlatlar chetga chiqargan kapitalning hajmi ikki barobar oshganligi bejiz bo’lmagan edi. Chunonchi, 1875—1900-yillarda Buyuk Britaniyaning chet ellarda joylashtirgan kapitali 2, Fransiyaniki 2,25, Germaniya-niki esa 7,5 barobar oshgan.

4) Xalqaro monopoliyalarning dunyoni bo’lib olishi. Eng yirik monopoliyalar, moliya oligarxiyasining turli gurahlari bozorlar, xomashyo manbalari ustidan nazorat o’rnatishga intilganlar. Shu tariqa, xalqaro monopoliyalar vujudga kelgan. 1910-yilda ularning soni 100 taga yetgan. Natijada, endi yangi bir hodisa — xalqaro monopoliyalar o’rtasida jahon xo’jaligi va boyligini nazorat qilish uchun kurash boshlangan edi. Chunonchi, ikki moliya guruhi — Rokfeller (AQSh) va Rotshildlar (Buyuk Britaniya) guruhi jahon-ning kerosin bozorini bo’lib olganlar.

1907-yilda esa, g’oyat ulkan monopoliyalar — «Umumiy elektr kompaniyasi» (AQSh) bilan «Umumiy elektr jamiyati» (Germaniya) o’rtasida ham jahon elektr bozorini bo’lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzilgan edi.

Shu tariqa, deyarli barcha boshqa kuchsiz, qoloq davlatlar eng yirik industrial (rivojlangan) davlatlar ning moliya oligarxiyasiga tobora ko’proq qaram bo’lib qolganlar.

5) Dunyoni industrial davlatlar tomonidan hududiy jihatdan taqsimlab olishning tugallanishi.

Moliya oligarxiyasi qudratining mustahkamlanishi bilan industri-al davlatlarning o’z mustamlakalarini kengaytirishga intilishlari yanada kuchaydi. Bu hol industrial davlatlar o’rtasida dunyoni hududiy ji-hatdan bo’lib olishni tezlashtirdi. 19 asr oxirlarida bu ish tugallandi.

20 asr boshlarigacha ular o’rtasida 72,9 mln. kv.km o’zga xalqlar hududlari (butun yer yuzi-ning 54,9 %) bo’lib olingan edi. Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya juda katta mustamlakalarga ega bo’lib oldilar.

Germaniya, Italiya va Yaponiya uncha katta bo’lmagan hududlar bilan kifoyalanishga majbur bo’ldilar.

Iqtisodiy taraqqiyotda dunyoda 2-o’ringa, Yevropada esa 1-o’ringa chiqib olgan Germaniyani dunyoning taqsimlanishi aslo qoniqtir-mas edi.

AQSh juda katta hudud, boy xomashyo zaxiralari, keng ichki bozorga ega bo’lganligi uchun mustamlakalar zabt etishga ishtiyoq bildirmadi. Buning ustiga, iqtisodiy jihatdan dunyoning lideriga ay-lanib olgan AQSh, ochiq qurolli ekspansiyadan ko’ra boshqa davlat-larga, birinchi navbatda Lotin Amerikasi mamlakatlariga iqtisodiy kirib borishni afzal ko’rdi. Iqtisodiy qudratli AQSh raqiblarini harbiy kuch ishlatmasdan ham siqib chiqarishi mumkin edi. Amino u yangi hududlarni bosib olishdan butunlay voz kechmadi. 19 asrning oxiriga kelib, AQSh Gavayi orollarini anneksiya qildi. Filippinni bosib oldi, Puerto-Riko va Guam orollarini o’zining yarim mustamlakasiga ay-lantirdi.

Mustamlakachilik siyosati natijasida 19 asrning oxiriga kelib «egallanmagan yerlarni» bosib olish yakunlandi. Iqtisodiy qudratli davlatlarning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi kam taraqqiy etgan mamlakatlarga ta’siri o’ta kuchaydi. Kun tartibida mustamlakalarni va ta’sir doiralarni qayta bo’lish masalasi paydo bo’ldi. Ko’plab davlatlar muammoni hal qilishning vositasi sifatida kuchga tayanishni lozim topdilar. Qurollanish poygasi boshlanib, hayotni harbiylashtirish borgan sari avj oldi.

Qurollanish poygasiga katta ta’sir ko’rsatayotgan omillardan biri Yevropa davlatlari o’rtasidagi hududiy nizolar ham edi. Yevropa davlatlari o’rtasida munosabatlarni keskinlashtirgan yana boshqa bir sa bab, ularning bir-biridan iqtisodiy va harbiy-strategik ustunlikka erishish uchun kurashi bo’ldi. Ayni paytda, 19 asrning oxiriga kelib iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha Yevropada birinchi, dunyoda AQShdan keyingi ikkinchi o’rinni muqim egallab olgan Germaniya Angliya va Fransiyaning g’azabini keltirardi. Rossiya esa o’z navbatida Germani-yaning xotirjamligiga putur yetkazayotgan edi. Shu tariqa dunyoning rivojlangan buyuk davlatlar o’rtasida bo’lib olinishi, iqtisodiy va siyo-siy raqobat, harbiy-strategik ziddiyat va qurollanish poygasi 1914-yili ular o’rtasida boshlanib ketgan I jahon urushiga olib kelmasligi mumkin emas edi.

Monopoliyalarning vujudga kelishi birinchidan jshlab chiqarishga yangi texnika va texnoligiyalarni yanada kengroq jony etisnga imkoniyat yaratdi. Bu esa mehnat unumdorligining keskin oshishini ta’minladi.

Ikkinchidan esa, jamiyatning juda ozchilik guruhi qo’lida ulkan hokimiyat to’planishiga olib keldi. Shuning uchun ham AQSh monopoliyachilarini bekorga «Amerikaning tojsiz qirollari» deb atashmagan edi. Ular AQSh hukumatining ichki va tashqi siyosatiga katta ta’sir ko’rsatganlar. Yoki Germa-niyada «Kruppga nima yaxshi bo’lsa, u Germaniya uchun ham yaxshi», deyishardi. Chunki, ular ulkan miq-dordagi boylikka egalik qilardilar.

Uchinchidan, monopolistik kapitalizm qirg’inbarot mustamlakachilik urushlarini kuchaytirganligi bilan ham ajralib turadi. Ayniqsa, bunday urushlarning kuchayishi 19 asr oxirida imperializm atamasining keng iste’molga kirishiga olib keldi. Bu atama dastlab industrial davlatlarning mus-tamlakachilikdan iborat tashqi siyosatlariga nisbatan ishlatildi.

Keyinchalik imperializm atamasi monopolistik kapitalizm atamasi-ning sinonimi o’rnida qo’llaniladigan bo’ldi. Shu tariqa, bu ikki ata-ma ayni bir xil ma’noni anglata boshladi.

2-§.INDUSTRIAL SIVILIZATSIYA
19 asr G’arbiy Yevropa va AQShda industrial sivilizatsiya uzil-kesil qaror topdi. Bu sivilizatsiya – asosiy qadriyati texnika taraqqiyoti bo’lgan si-vilizatsiya edi.

«Industrial sivilizatsiya» atamasi o’rnida «industrial jamiyat» ata-masi ham ishlatiladi va ular qo’lingizdagi darslikda bir xil ma’noni anglatadi.

Industrial sivilizatsiyaning belgilaridan biri — shaharlarning juda tez o’sishi bo’ldi. Bu, birinchidan, qishloq xo’jaligida texnikani qo’llash natijasida bir qism qishloq aholisining oshiqcha kuch bo’lib, ishsiz qolishi, ulaming ish izlab shaharlarga kelishi hisobiga yuz berdi.

Ikkinchidan, kichik shaharchalarda mayda savdogarlar va hunar-mandchilik ishlab chiqarishining pasayib ketishi, shuningdek, transportdagi o’zgarishlar, temir yo’llar qurilishi, sanoat markazlari-ning yirik shaharlarga ko’chishi hisobiga bo’ldi. Odamlar ish axtarib va kun ko’rish uchun turar joylarini o’zgartirishga majbur bo’ldilar. Yuz yillar davomida o’z yerlarida yashab kelgan aholi harakatga keldi. Endi ular o’z yerlarini tashlab shaharlarga keta boshladilar. Qishloq-dan ketish emigratsiyani ham vujudga keltirdi. Endi odamlar boshqa mamlakatlarga ham keta boshladilar. Lekin ko’chishning katta qismini o’z mamlakatlari ichidagi migratsiya tashkil qilardi.

Industrial rivojlanish jarayonida shaharlar alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Sanoat ishlab chiqarishi deyarli butunlay shaharlarda joylashgan. Jamiyatning asosiy g’oyalari, muhim siyosiy voqealar ham shaharlarda yuz berdi.

Agrar sivilizatsiya davridagiga nisbatan shaharlar juda katta tezlik bilan o’sdi. Agrar sivilizatsiyaning qanday sivilizatsiya ekanligini eslang. 19 asrning o’rtalariga kelib, industrial davlatlarda aholining qariyb 50 foizi shaharlarda to’plandi. Manufaktura ishlab chiqarishi davrida shaharlar uncha katta emasdi. 18 asr o’rtalarida G’arbiy Yevropada aholisi 100 mingdan oshiq shaharlar soni 15 taga yaqin edi xolos (eng yirik London va Parijda 500 mingdan oshiq).

Shahrlarning shitob bilan rivojlanishi industrlashning asosini yarat-gan sanoat to’ntarishi, fabrika-zavod ishlab chiqarishi oqibati edi. Buyuk Britaniyada bujarayon ertaroq boshlandi. Boshqajoylarda kech-roq, masalan Germaniyada 19 asrning 70-yillarida avj oldi. AQShda jadal urbanizatsiya jarayoni ham taxminan shu davrga to’g’ri keldi.

Umuman, 19 asrning oxiri 20 asr boshida industrial mamlakatlarda shahar aholisi juda tez o’sdi. Jumladan, 1851—1901-yillar oralig’ida Buyuk Britaniyada 50,1 foizdan 70,0 foizga, Fransiyada 25,5 foizdan 40,1 foizga, Germaniyada 25 foizdan 54,3 foizga, AQShda 12,5 foizdan 40,0 foizga o’sdi.

Eski shaharlarning o’sishi, yangilarining rivojlanishi sanoatning joylashishi bilan bog’liq edi. Ko’pchilik aholi shaharlarga ish topish umidida kelardi. Ayniqsa, katta, poytaxt shaharlar tez o’sdi. Masalan, Parij aholisi 1850-yil bir million bo’lsa, 1880-yilda esa ikki million kishidan iborat bo’ldi.

19 asrning o’rtalaridan boshlab shaharlar qurilishida ham o’zgarish yuz beradi. Masalan, Parij 1853-yildan boshlab 20 yil davomida qurilish maydoniga aylandi. U zamonaviy qilib qaytadan qurildi: keng ko’chalar, katta maydonlar, xiyobonlar va bog’lar yaratildi. 19 asr oxiriga kelib, ichimlik va oqova suv tarmoqlariga, tramvay va metroga ega bo’ldi. Boshqa mamlakatlarda ham shaharlar aholisi tez o’sdi. Masalan, 1850— 1900-yillarda London aholisi 865 mingdan 4 mln. 536 mingga, Parijniki 547 mingdan 2 mln. 714 mingga, Berlin-niki 172 mingdan 1 mln. 437 mingga, Sankt-Peterburgniki 227 mingdan 2 mln. 364 mingga yetdi.

19 asrda ham aristokratiya jamiyatda o’z mavqe-yini saqlab’ ular boyUgining asosini avvalgiday yer mulklari tashkil qilardi. Aristokratlarning hayoti hali ham shaharlardan ko’ra ko’proq qishloq bilan bog’liq edi. Keng va qulay binolardagi o’nlab yotoqxonalar, kutubxonalar, shaxsiy badiiy kolleksiyalar, qabul marosimlari, ovlar—bularning bar-chasi hali ham aristokratlar hayotining ajralmas qismi edi. Nikohlar qoidaga ko’ra «o’z doirasida» tuzilganligi sababli, aristokrat oilalar o’zaro qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan edi, Buyuk Britaniyadagi bunday oilalarda o’g’il bolalarni yoshligidanoq siyosiy faoliyatga tayyorlashar edi. Avvaliga ular imtiyozli xususiy maktablarda, keyin esa Oksford yoki Kemmbrij universitetlarida o’qirdilar. Shundan ke-yin faoliyat maydoni parlament bo’lardi.

19 asr o’rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoa palatasining 652 a’zosidan 489 tasi yer mulkdorlari edilar. 1906—1916-yillarda Buyuk Britaniya vazirlarining uchdan ikki qismi elita bilim yurtlari bitiruvchilari edi. Biroq, industrial sivilizatsiya rivojlanishi bilan aristokratiya o’zining hukmronlik holatini borgan sari yo’qota bordi. Yerning bir qismi shaharlar qurilishiga berildi, o’rmon mulklari ham qisqardi.

Yangi davr obro’ talab kishilar oldiga yangi talablar qo’ya boshladi. Ilgari yer mulkdorlari bo’lgan aristokratiya endi banklarda, sanoat kompaniyalarida, mustamlakalar ma’muriyatlarida rahbarlik lavozimlarini egallay boshladilar. Ko’pgina mulkidan ayrilgan eski aristokratlar yangi boylar bilan qarindosh tutinishi aristokratiyaning burjua-ziya bilan qo’shilib ketishiga, yangi «yuqori qatlam»ning shakllanishiga olib keldi.

19 asrda davlatning iqtisodiy va siyosiy hayotida burjuaziya tobora kattaroq rol oy’nay boshladi. Yirik sanoat korxonalari va banklar tepasida millionlab boylik to’plagan burjuaziya vakillari turardi. Burjuaziyaning eng yorqin vakillari katta siyosiy mavqega ham erisha boshladilar.

19 asrda jamiyat hayotining muhim voqealaridan biri «o’rta qatlam»ning shakllanishi bo’ladi. o’rta qatlamga «erkin kasb» egalari bo’lgan shaxslar — injenerlar, ixtirochilar, vrachlar, o’qituvchilar, ofitserlar, huquqshunoslar va shu kabilar kiradi. Bu qatlamga taalluqlilikning asosiy belgilaridan biri moddiy ahvolning har holda to’kisligi edi.

19 asrning ikkinchi yarmida o’rta qatlam vakillari orasida, ayniqsa, huquqshunoslar toifasi ajralib turardi. Huquqiy davlatning shakllanishi, fuqarolik jamiyatining barpo bo’lishi, iqtisodiy hayot-ning rivojlanishi tufayli huquqshunoslarga bo’lgan ehtiyoj ortib bordi. Ular konstitutsiyalar, qonunlar yozish, kodekslar tuzish, vaziyatlarni rasmiylashtirish, banklarga, tadbirkorlarga maslahatlar berish va sud ishlarida ishtirok etishgacha ishlarni bajarar edilar. Ko’pgina siyosiy arboblar ham ma’lumotiga ko’ra huquqshunos edilar. o’rta qatlam jamiyatga barqarorlik baxsh etdi. Chunki odatda, o’rta qatlam ijtimoiy bo’hronlarni ma’qullamaydilar, inqiloblardan islohotlarni afzal ko’radilar.

19 asrda yangi ishchilar sinfi shakllandi. Sanoat to’ntarishi yuz bergan uchta yirik mamlakat — Angliya, Fransiya va AQShda 19 asrning 70-yillarga kelib sanoat ishchilari 12-13 mln. kishini, qishloq xo’jaligidagi ishchilar bilan birgalikda esa 20 mln. kishini tashkil qilardi. Ishchilarning ahvoli bir xil emasdi. Ularning yarmidan ko’prog’i qashshoqlik bo’sag’asida yashasalar, malakali mutaxassis ishchilar esa ko’proq haq olib, «ishchi aristokratiyasini» tashkil qilardi.

20 asr boshlarida «ishchi aristokratiyasi» Angliyada umumiy ishchilar sonining uchdan birini tashkil qilib, juda yaxshi yashashardi.

20 asr boshida AQSh sanoat ishchilarining soni jihatidan birinhi o’rinni egalladi. Bu yerda 10,4 mln. sanoat ishchilari mavjud edi.

Germaniyada esa sanoat ishchilarining soni 1907-yil 8,6 mln. kishiga yetdi. Yevropa va Shimoliy Amerikadagi ishchilar soni 40 mln. kishini tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish sohasi, transport va boshqa sohalardagi ishchilar birgalikda 80 mln. kishiga yaqinlashdi.

Yollanma ishchi kuchining malakasida ham jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Sanoatning yangi sohalari malakali mehnatni talab etardi. Malakali ishchilarning salmog’i Buyuk Britaniya mashinasozligida ishchilar umumiy sonidan 70—75, kemasozlikda esa, 50—60 foizini tashkil qilardi. AQShda umumiy sanoat ishchilarining 2/3 qismi, Germaniyada 56 foizi malakali ishchilar edi.

19 asrning 70-yillarigacha ish kunining uzunligi Buyuk Britaniya va AQShda — 10 soat, Germaniya va Fransiyada — 10-12 soat, Rossiya va Yaponiyada — 10-16 soatni tashkil qilardi.

Ayollar va bolalar mehnatiga ish haqi kam to’lanardi. «Fabrika ayollari» asosan 13-14 yoshli qizlardan iborat bo’lgan.

10-12 yoshli bolalar tamaki fabrikalaridan tortib toshko’mir shaxtalarida ham mehnat qilishardi. Ular mehnati uchun ayollarnikidan ham kam haq olardi.

Bu davrda xotin-qizlar o’zlarining tengliklari uchun tinimsiz kurash olib bordi. 20 asr boshlariga kelib xotin-qizlar ozodligi va mustaqilligi g’oyalari, ularning teng huquqlilik uchun kurashlari yangi sivilizatsiya jamiyatining belgilaridan biri bo’lib qoldi.
3-§.FRANSIYA-PRUSSIYA URUSHI VA UNING YAKUNLARI
19 asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Buning asosiy sababi—Fransiyaning o’z qo’shnilari bo’lgan Angliya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo’ldi.

Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Chunonchi, u Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to’sqinlik qila olmay qoldi. Germaniya yagona davlatga birlasha-digan bo’lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro’siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Fransiya hukmron doiralari esa buni aslo xohlamas edilar.

Fransiya hukmron doiralari 1860- yildagi Angliya-Fransiya savdo shartnomasidan ham norozi edi. Chunki, ingliz tovarlarining Fran-siyaga ko’plab kiritilishi Fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytir-moqda edi. Bundan tashqari, mamlakatda ishsizlik, qashshoqlik, qim-matchilik mehnatkashlarning doimiy yo’ldoshi bo’lib qolgandi. Shu-ning uchun ham 1870- yil yanvar oyida Parijda o’tkazilgan 200 ming kishilik namoyishning dahshati bejiz emas edi.

Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g’olibona urush zarur edi. Bu urush Fransiyaning, shuningdek Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo’lardi. Buning uchun esa urushda g’alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo’l qo’ymaslik va Germani-yaning ba’zi hududlarini bosib olishi zarur edi.

Prussiya ham bir necha yillardan beri Fransiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi, Germaniyada Prussiya-ning hukmronligini mustahkamlashga to’siq bo’lgan Fransiyani yen-gish va Germaniyani birlashtirishni nihoyasiga yetkazish edi. Tomonlarga urushni boshlash uchun bir bahona zarur edi, xolos. Tez orada bunday bahona ham topildi.

Ispaniya taxtiga kimni o’tqizish masalasi –urushning boshlanishi uchun bahona bo Idi. Xo sn, bu muammo qanday vujudga kelgan edi? o’zining bir vaqtlardagi qudratini yo’qotgan Is-paniyada 1868-yilda inqilob yuz berdi. Qirolicha Izabella II Fransiyaga qochib ketishga majbur bo’ldi. Fran-siya imperatorining xotini (millati ispan edi) Izabellaning taxtni qay-tarib olishida yordam berishga qaror qildi.

Biroq, tez orada, Yevropaning buyuk davlatlari o’rtasida Ispaniya taxti uchun boshlanib ketgan kurash bunga imkon bermadi. Fransiya taxtga o’z nomzodini, Germaniya esa o’z nomzodini qo’yishga hara-kat qildi. Fransiya hukumati Germaniyadan o’z nomzodidan voz kechishini talab etdi.

Imperator Vilgelm II bunga rozi bo’ldi. Bu vaqtda u Ems shahrida (kurort shahar) davolanayotgan edi. Biroq, bu rozilik Fransiyani qanoatlantirmadi. Endi, Fransiya Germaniyadan kelgusida ham Ispan taxti uchun nomzod ko’rsatmasligini, hozir ko’rsatgan nomzodidan taxt daVosidan butunlay voz kechishiga erishishini talab qildi. Imperator Fransiya elchisiga bu masala xususida Berlinga qaytgach javob qaytarishini ma’lum qildi.

Urushga shoshilayotgan Prussiya kansleri Bismark esa gazetada impera-tor va Fransiya elchisi o’rtasidagi suhbat tafsilotini atayin buzib talqin etdi. Gazetadagi xabarga ko’ra, go’yo imperator Fransiya elchisi bilan gaplashishni xohlamagan va elchiga orqasini o’girib olgan (Bu hodisa tarixga «Ems depeshasi» nomi bilan kirgan).

Bu xabarni Fransiya o’z sha’ni uchun haqorat deb hisobladi va Germaniyadagi elchisini chaqirib oldi. Ayni paytda, urush boshlash-ga qaror qildi.

1870- yilning 17- iyulida Fransiya Prussiyaga urush e’lon qildi. Shu tariqa, Fransiya-Prussiya urushi boshlanib ketdi. Biroq, tez orada, Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligi, Fransiyaning Prussiya qudratini yetarli baholamaganligi ma’lum bo’lib qoldi.

Buni 1- sentabr kuni Fransiya armiyasining Napoleon III ham tarkibida bo’lgan qismining Sedan qal’asi yonida qurshab olinganligi isbotladi. Fran-siya armiyasi nemislarning 140 minglik qo’shini orasidan qurshovni yorib o’ta olmadi. Noiloj qolgan Napoleon III 2- sentabr kuni oq bayroq ko’tarishga buyruq berish-ga, o’zining qilichini esa Prussiya qiroliga jo’natishga majbur bo’ldi. Shu tariqa, bu yerdagi 80 ming kishilik armiya Napoleon boshchiligida taslim bo’ldi. Napoleon III Sedanda o’z Vaterloosini topdi. 100 ming kishilik ikkinchi armiya ham Mets qal’asida qurshovga tushib qoldi. Endi, Fransiya Germaniyaga tahdid sola olmas edi. Bu mag’lubiyat, ayni paytda ikkinchi im-periya hokimiyatining ham halokati bo’ldi.

Mag’lubiyat haqidagi xabarni eshitgan Parij aholisi 3- sentabr kuni qo’zg’alon ko’tardi. Ular Respublika elon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab qildilar.

Xalq talabi bilan 4- sentabr kuni general Troshyu boshchiligida Muvaqqat milliy – mudofaa hukumati tuzildi. Shu tariqa imperator hokimiyati barham topdi. Fransiya Respublika deb e’lon qilindi.

Xalq talabi bilan 4- sentabr kuni Fransiyaning Qo-nun chlqaruvchi Korpusi imperator ag’darilganligini e’lon qilishga majbur bo’ldi. Ayni paytda, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi respublika edi.

Bu hodisa — tom ma’nodagi inqilob edi. Inqilob katta qiyinchi-liklar bilan bo’lsa-da, Fransiyada demokratiya qaror topa borishiga asos soldi.

Qonun chiqaruvchi Korpus general Trosyu boshchiligida Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatini tuzdi.

Og’ir kunlarda Prussiya hukmron doiralari Fransiyani iloji boricha ko’proq holdan toydirishni xohlar edilar. Ular Fransiyadan katta tovon undirishga hamda uning foydali qazilmalarga boy viloyat-lari bo’lmish Elzas va Lotaringiyani tortib olishga intildilar. Endi urush Prussiya uchun bosqinchilik urushiga aylandi.

19- sentabr kuni Parij 320 ming kishilik Pruss armiyasi tomonidan qurshab olindi. 173 mingdan ortiq qo’shinga ega bo’lgan Muvaqqat hukumat noiloj taslim bo’ldi.

Urushdagi g’alaba Prussiyaga o’z qo’l ostida butun Germaniyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871- yil 18- yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya imperiya, Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e’lon qilindi. Otto fon Bis-mark imperiya kansleri lavozimini egalladi.

1871- yil 8- fevralda Fransiyada Milliy majlisga shoshilinch saylov o’tkazildi. 73 yoshli Tyer boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 26-feyralda Fransiya Germaniya bilan tinchlik shartnomasiga imzo chekdi. Prussiyaga qarshi urushdagi maglubiyat va ayanchli shartlar asosida vaqtincha tinchlik shartnomasi-ning imzolanishi parijliklarni hukumatga qarshi qahr-g’azabini kuchaytirib yubordi. Buning ustiga Parijda muhtojlik, ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishi yuz berdi. Hatto o’rta tabaqa vakillari ham xonavayron bo’la boshladi.

Parijliklarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo bo’ldi. Bunga qamaldan so’ng aholining qarzlari bo’yicha to’lovlarni to’lashga majbur bo’la boshlaganligi hamda hukumat qarorgohi etib Versal shahri tanlanganligi sabab bo’ldi.

Buning ustiga Bosh vazir Tyer Milliy gvardiyani qurolsizlantirishni buyurdi. 18- mart kuni kechasi hukumat armiyasi Milliy gvar diyaga hujum qildi. Bu hodisa Parij aholisini oyoqqa turg’azdi. Ular hukumat armiyasini chekinishga majbur etdilar. Tyer butun hukumatni Versaldan ko’chirish haqida ko’rsatma berdi. Bunga javoban Parij mehnatkashlari qo’zg’olon ko’tardilar. Ular Milliy gvardiya bilan birgalikda harakat qilib, sha-harning muhim ahamiyatga ega bo’lgan joylarini qo’lga kiritdilar.

Ko’p o’tmay hukumat binosi ham,harbiy kazarmalar ham egallandi.

Qo’zg’olonchilar shahardagi barcha davlat muassasalarini qo’lga oldilar. Parijda hokimiyat Milliy gvardiya Markaziy qo’mitasi qo’liga o’tdi. Bu qo’mita muvaqqat hukumat vazifasini bajardi. Davlat organlariga ishchilar, ziyolilar va qo’zg’olonning boshqa qatnashchilari vakillari boshchilik qila boshladi. 26-mart kuni Parij Kommunasiga saylov o’tkazildi. 86 kishidan iborat Kommuna Kengashi tuzildi. Bu kengash o’z a’zolaridan iborat 10 ta komissiya (vazirlik) tashkil etdi. Vazirlar delegat deb ataldi. Shu tariqa, Parij shahri o’ziga xos kichik bir dav-latga aylandi. Bu davlat Parij mehnatkashlarining davlati edi.

Parij Kommunasi qator tub ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi, majburiy va bepul ta’lim joriy etildi. Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Mehnatkashlarning uy-joy haqini to’lash muddatlari kechiktirildi. Ishsizlarni ish bilan ta’minlash idorasi tuzildi. Xususiy mulk bo’lib kelgan temiryo’l idoralarini kom-muna o’z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat o’rnatdi. Kommuna o’z faoliyatida qator xatoliklarga ham yo’l qo’ydi.

Birinchidan, Parijdan qochib ketgan Tyer hukumatini ta’qib qilmadi. Bu esa Tyerga Kommunaga qarshi kurash uchun zarur kuch to’plab olishga imkon berdi. Natijada, hukumat armiyasi Parijni qa-malga olishga muvaffaq bo’ldi.

Ikkinchidan, mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo’llab-quvvatlamadi. Bu hukumatning kommunachilarni mamlakatni dushman ishg’ol qilib turgan paytda bosh ko’targan isyonchilar deb yurit-gan nafratli tashviqotining natijasi edi. Dehqonlarni, Kommuna to’la g’alaba qozonsa, mol-mulkidan ajralib qolishi mumkinligi bilan qo’rqitishga erisha oldi.

Uchinchidan, Kommuna davlat xazinasini, banklarni to’la o’z qo’liga olmadi.

To’rtinchidan, Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo’lmadi.

Beshinchidan, Kommunani tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi. Chunonchi, Bismark 40 ming fransuz askar va zobitlarni asirlikdan bo’shatib, ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi.

Tashabbusni o’z qo’liga olgan hamda Germaniyadan katta yordam olishga erishgan Tyer Kommunani tor-mor qilishga qaror qildi.

Hukumat armiyasi 21- may kuni hujumga o’tdi va beparvollk tufayli himoyasiz qoldrilgan Sen-Klu darvozasi orqali shu kuni Parijga kirib keldi.

Kommunachilar mardona jang qildilar. Biroq, kuchlar noteng edi. 28- may kuni Kommuna to’la tor-mor etildi. Asir olingan 30 mingga yaqin kommunachi otib tashlandi. 50 mingga yaqin kommunarlar qamoqqa olindi. Bular orasida minglab xotin-qizlar va 650 bola bor edi. Shu tariqa, 72 kun yashagan Kommunaga xotima berildi.

Parij Kommunasi bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar davri nihoyasiga yetdi. Kommuna halokatining oqibatlari hokimiyat bilan fuqarolarning o’zaro manfaatli kelishuvchilik asosida yashashi zarur-ligini istbotlab berdi.

1871-yil 10-may kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida Fransiya — Germaniya sulh shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra Fransiya Germaniyaga 5 mlrd. frank tovon to’laydigan bo’ldi. Bu tovon to’lanib bo’linguncha, Germaniya armiyasi Fransiya hududida qoladigan bo’ldi. Bundan tashqari, Fransiyaning Elzas va Lotaringiya viloyatlari Germaniyaga berildi.

5- §.19 ASR OXIRI — 20 ASR BOSHLARIDA FRANSIYADA IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOT
19 asr choragida Fransiyaning iqtisodiy sanoat taraqqiyoti sekinlashdi. Chunonchi, dunyoda ishlab chiqarish hajmi bo’yicha ikkinchi o’rindan to’rtinchi o’ringa tushib qoldi. Xo’sh, Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sa-bablari nimalardan iborat edi?

Avvalo, Fransiyaning hamon mayda tovar ishlab chiqaruvchilar davlati bo’lib qolayotganligi import hajmining eksportdan ortiq bo’lishiga olib kelgan. Ikkinchidan, ichki bozorning cheklanganligi va tabiiy boyliklarning kamligi uchun shunday bo’ldi. Uchinchidan, Prussiya bilan bo’lgan urush Fransiyaga juda katta moddiy talofat yet-kazdi. Urushda Fransiya 13 mlrd. frank zarar ko’rdi. Ayrii paytda, Ger-maniyaga 5 mlrd. frank tovon to’lashga majbur bo’ldi. Shuningdek, sanoati taraqqiy etgan Elzas va Lotaringiya viloyatlari (ularda 2 mln. aholi yashardi)dan mahrum bo’ldi. To’rtinchidan, ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi mamlakat iqtisodiy ahvoliga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Beshinchidan, dehqonlar xarid quvvatining pastligi sanoat ishlab chiqarishi o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan edi.

Buning oqibatida Fransiyada ekinlar hosildorligi pastligicha qoldi. Mamlakat aholisining 70 % i hamon qishloqda yashamoqda edi.

Oltinchidan, Fransiya chetga ko’p kapital chiqarib yubordi. Bu sarmoyadorlarga katta foyda keltirardi. Shuning uchun ham sarmoya-dorlar (kapitalistlar) o’z sarmoyalarini (kapitalini) mamlakat ishlab chiqarishiga emas, balki chetga (katta foiz evaziga albatta) chiqarishni afzal ko’rganlar.

Prussiya bilan urush tugagach, hukmron doiralar o’rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketdi. Ularni shartli ravishda ikki gu-ruhga bo’lish mumkin edi. Birinchisi — monarxiya tarafdorlari, ik-kinchisi — respublika tarafdorlari edi. Bosh vazir Tyerning o’zi asli monarxiyachi edi. Tez orada u mamlakat prezidenti etib saylandi.

1873- yilda Germaniyaga tovon to’lab bo’lindi. Va, nihoyat shu yilning 16- sentabrida Germaniya o’z qo’shinlarini Fransiyadan olib chiqib ketdi.

Respublikachilar mamlakat parlamentida (Milliy Majlis) ozchilikni tashkil etganlar. Biroq, Fransiya aholisining katta qismi monarxiyaga qarshi bo’lganligi ularga madad bo’lardi.

Buni Tyer ham yaxshi tushunardi. Shuning uchun u monarxiyani tiklashga jur’at eta olmas edi. Shu tufayli monarxiyachi deputatlar uni «mamlakatda ma’naviy tartibni ta’min qila olmaganlik»da aybladilar. Natijada, Tyer iste’fo berishga majbur bo’lgan (1873-yil 24- mayda).

Milliy Majlis prezidentlik lavozimiga yana bir monarxiyachi, marshal Mak-Magonni sayladi.

Biroq, uning ham monarxiyani tiklashga urinishi natijasiz tugadi. Kes-kin ichki siyosiy kurashda oxir-oqibatda respublikachilar g’alaba qozondilar.

1875- yil 30- yanvarda Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga ko’ra prezidentlik lavozimi tiklandi va ikki palatali (Deputatlar palatasi va Senat) parlament (Milliy Majlis) tashkil etildi. Uning vakolat muddati 4 yil etib belgilandi.

Parlament har ikki palatasining qo’shma yig’ilishi 7 yil muddatga mamlakat Prezidentini saylar edi. Ijroiya hokimiyat Prezidentga va hukumatga tegishli edi. Prezident vazirlarni tayinlash, Respublika no-midan tashqi siyosat yuritish, shuningdek, urush e’lon qilish va sulh tuzish, umumiy afv e’lon qilish kabi vakolatlarga ega edi.

Hukumat a’zolarini Prezident tayinlasada, ular parlament oldida javobgar edilar.

«Marselyeza» qo’shig’i mamlakat madhiyasi deb belgilandi. Bastiliya ishg’ol etilgan kun — 14- iyul Milliy bayram kuni deb e’lon qilindi.

o’sha davr uchun katta ahamiyatga ega bolgan qator huquq va erkinliklar e’lon qilindi. Xususan, matbuot va yig’ilish o’tkazish, siyosiy tashviqot bilan shug’ullanish kabi erkinlik va huquqlar shular jumlasidandir. Lekin, xotin-qizlar saylov huquqini ololmadilar.
6-7-§.FRANSIYANING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI
Respublika hukumati ichki siyosatda bir qa tor muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 1881— 1882- yilarda ta’lim to’grisida qonunlar qabul qilindi. Unga ko’ra maktab cherkovdan ajratildi. Ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi. 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi. Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo’ldi.

Oliy pedagogik bilim yurtlarida o’qituvchi kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Majburiy talim dasturida o’g’il bolalar uchun gimnastika maj-buriy deb belgilandi. Bundan o’smirlarni bo’lajak harbiy xizmatga jismo-nan yetuk qilib tayyorlash maqsadi ko’zda tutilgan edi. Qiz bolalar uchun litseylar ochildi. Maxsus oliy o’quv yurtlarida ayol o’qituvchilar tay-yorlana boshlandi. 1884- yilda kasaba uyushmalarming erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun ham qabul qilindi. Ishchilar o’z kasaba uyushmalari va mehnat birjalarini tuzdilar. Ular ishsizlar va ish tashlovchilar haqida g’amxo’rlik qila boshladilar.

Munitsipal kengashlarga o’z merlarini saylash huquqi berildi. Bungacha ular markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar edi.

Mamlakatda Respublikani mustahkamlash tobora chuqur qaror topa bordi. 1876- yilgi Senatga bo’lgan saylovlarda respublikachilar qo’li baland keldi. Mak Magon iste’fo berdi. Jyul Grevi prezident etib saylandi. Monarxiyani tiklashga urinishi behuda ketdi. Ichki siyosiy hayotning o’ziga xos bir xususiyati — bu,— ko’pfirqalikning qaror topganligi bo’ldi. Ularning ichida Radikal, Sotsialistik va Respublikachilar firqasi yetakchi nufuzga ega edi.

1887- yilgi siyosiy tanglikdan keyin Jyul Grevi o’rniga Sadi Kar-no (1887—1894) prezident bo’ldi. Bu davrda Fransiya siyosiy hayotida ayni paytda demokratiyaga qarshi kuchlar ta’siri o’sib bora-yotgan edi. Chunonchi, mamlakatda rnillatchilik, shovinizm g’oyalari keng tarqala boshladi. Ular qudratli armiyagina Elzas va Lotaringiyani qaytarib olishi mumkinligiga ishonar edilar.

Fransiya ichki siyosiy hayotida anarxistlar va monarxiyachilar faoliyati ham kuchaydi. Ularning maqsadi — mavjud tuzumni ag’darish edi. Bu maqsadga erishish uchun anarxistlar kurashning terror usulini qo’lladilar. Chunonchi, ular 1893- yilda Parlament binosiga bomba tashladilar. Buning oqibatida 80 kishi yarador bo’ldi.

1894 yiida Sadi Karno o’ldirildi va uning o’rnini Kazimir Pere qisqa muddatga egalladi. 1894- yil Fransiya kontrrazvedkasi mamlakat harbiy kuchlari haqida josus tomonidan Germaniyaga maxfiy malumotlar berilib turilayotganligini aniqladi.

Maxsus xizmat bu masalada Fransiya armiyasi Bosh shtabida xiz-mat qiluvchi, kapitan A. Dreyfusdan shubha qila boshladi. Tez orada u josuslikda ayblanib jinoiy javobgarlikka tortildi. Aslida A. Dreyfus josus emas edi. Biroq, soxta hujjatlar va soxta guvohlar yordamida uning «josus»ligi fosh etildi. 1894- yilda harbiy sud uni umrbod surgun jazosiga hukm qildi.

Bu orada Feliks For prezidentlik lavozimini egalladi (1895—1899). Reaksiya «Dreyfus ishi»dan mamlakatda demokratiyaga qarshi tash-viqotni kuchaytirish, millatchilik, shovinistik kayfiyatlarni yanada avj oldirish uchun foydalandi.

Mamlakatda, A.Dreyfusning josus emasligiga, hali haqiqiyjosus fosh etilmaganligiga ishonuvchilar bor edi. Ular haqiqiy josusni fosh etish uchun tekshiruvni davom ettirdilar. Va, nihoyat haqiqiy josus aniqlandi. U bosh shtab mayori, vengr avantyuristi, graf Estergazi bo’lib chiqdi.

Biroq, Bosh Shtab va u bilan mustahkam bog’langan kuchlar bu haqiqatni oshkor etishni o’zlari uchun katta sharmandalik deb hisob-ladilar. Lekin, bu haqiqat sirligicha ketmadi. 1897- yilda u matbuot yuzini ko’rdi. Mashhur yozuvchi Emil Zolya maktubi e’lon qilindi.

Fransiyaning barcha demokratik kuchlari A.Dreyfus ishini qayta ko’rib chiqishni talab eta boshladi. Sharmanda bo’lishni istamagan kuchlar soxta guvohning o’ldirilishini uyushtirdilar. Estergazi esa Fran-siyadan qochib ketishga muvaffaq bo’ldi.

1899- yilda F.For to’satdan vafot etdi. «Mo’tadil» respublikachi Emil Lube (1899—1906) prezident etib saylandi. «Dreyfus ishi» atro-fidagi kurash uzoq davom etdi. Hukmron doiralar uni ozodlikka chiqarishga majbur bo’ldilar. Biroq, u aybsizligi uchun emas, «sog’ligi yomonlashgani» uchun ozod qilindi. A.Dreyfus faqat 1906- yildagina to’la oqlandi.

20 asr boshlariga kelib mamlakatda mo’tadil barqarorlik ta’minlandi. Bunga 19 asr 90-yillarining o’rtalaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli erishildi. 1900- yildagi 5,4 mln. tonna o’rniga 1913-yilda Fransiya 22 mln. tonna temir ruda ishlab chiqara boshladi. Bu sohada Fransiya AQSh va Germaniyani ortda qoldirdi.

Sanoatda yangi tarmoqlar (elektrotexnika, avtomobil va kimyo) tez rivojlana boshladi. Oqibatda sanoatda xizmat qilayotgan aholining soni 36 foizga yetdi. 40 foiz aholi qishloq xo’jaligida band edi. 1889-yilda balandligi 312 metrli mashhur Eyfel minorasi quriladi.

Fransiyaning 1909- yildagi eksportida tovarning qimmatligi jihatidan jun birinchi, ip-gazlama ikkinchi, shoyi gazlama uchinchi, fransuz vinolari to’rtinchi o’rinni egalladi. Fransiyada moliya kapitali tez o’sdi. Uning chetga kapital chiqarish quvvati yanada ortdi. Bu borada u dunyoda Angliyadan so’ng ikkinchi o’ringa chiqdi. 1914-yilga kelganda Rossiyaga 13 mlrd., Angliya va AQShga 5 mlrd., Janubiy Amerika davlatlariga 6 mlrd. frank miqdorida kapital chiqardi.

Bu kapitallar foiz hisobida Fransiyaga juda katta miqdorda daromad keltiribgina qolmay, ayni paytda siyosiy ittifoqchilarni ham vujudga keltirdi.

Fransiya mehnatkaslarining ahvoli og’ir edi. Ular kumga 10—12 soat, ba’zan 14—16 soat-gacha ishlashga majbur edilar. Mehnatkashlar o’z haq-huquqlari uchun kurasha boshladi. Bunday sharoitda ishchilar harakatini uyushtirish muhim ahamiyatga ega edi. 1880- yilda ishchi tashkilotlari vakillari «Fransiya Ishchi partiyasi» ni tuzdilar. Ayni paytda, ishchilar kasaba uyushmalari va mehnat birjalari tuza boshladilar. Ular ishsizlar va ish tashlashda qatnashayotganlar haqida g’amxo’rlik qilardi.

Chunonchi, mehnat qonunlari Kodeksiga ko’ra, ish vaqtida olingan jarohat uchun to’lov to’lanadigan bo’ldi. Haftada bir kun—dam olish kuni joriy etildi.

1910- yilda esa pensiya haqida qonun qabul qilindi. Unda pensiya yoshi 65 yosh deb belgilandi (bu ko’rsatkich Germaniya va Angliyada 70 yosh edi). Ijtimoiy harakatda ikki asosiy oqim mavjud edi. Ularning biri—jamiyatni parlament yo’li bilan (islohotlar orqali) qayta qurish, ikkinchisi esa noqonuniy yo’l bilan (qurolli qo’zg’olon) qayta qurish yo’li edi. Ikkinchi yo’l bora-bora o’z ta’sirini butunlay yo’qotdi.

19 asrning 70-yillardan boshlab Fransiyaning xalqaro ‘) mavqeyi zaiflashdi. Uning kontinental Yevro-padagTyetakchi davlat mavqeyi barham topdi. Endi, Fransiya Ger-maniya hujumidan xavfsirab yashaydigan davlatga aylandi.

Ayniqsa, 1879- yilda tuzilgan Germaniya—Avstriya-Vengriya it-tifoqi Fransiyaning xalqaro mavqeyini yanada yomonlashtirib yubordi. Shunday bo’lsa-da, Fransiya boshqa buyuk davlatlar o’rtasidagi ni-zolardan ustalik bilan foydalanib, mustamlaka imperiyasini tobora kengaytirib borishga muvaffaq bo’ldi.

Chunonchi, 1881- yilda Tunis tobe etildi. Germaniya atayin bunga qarshilik qiladi. Uning maqsadi Fransiya-Italiya munosabatlarini keskinlashtirish edi. Chunki, Italiya ham Tunisga da’vogar edi. Germaniya o’z niyatiga erishdi. Tunis-dan quruq qolgan Italiya endi Germaniya bilan yaqinlasha boshladi. Bu esa 1882-yilda Germaniya—Avstriya-Vengriya va Italiyadan iborat harbiy-siyosiy ittifoqning tuzilishiga olib keldi. Bu ittifoq tarixga «Uchlar ittifoqi» nomi bilan kirdi.

Fransiya 1883- yilda Vyetnamga, 1885- yilda Xitoyga qarshi urush boshladi. 1891-yildaGvineya, 1892-yHdaSenegalbo’ysundirildi. 1893-yilda Sahroyi Kabirdagi Tambuktani zabt etdi, Laos ustidan protek-torat o’rnatildi, 1894—1896-yillarda Madagaskar bosib olindi.

Ko’p o’tmay Fransiya Marokashni ham egalladi va uni asoratli shartnoma tuzishga majbur etdi.

1912- yilda bu davlat ustidan Fiansiya protektorati o’rnatildi. 1914-yilda Marokashda 100 ming fransuz jangchisi bor edi.

Ayni paytda, «Uchlar ittifoqi» Fransiyaga tobora ko’proq xavf sola boshladi. Bu hol uni Angliya va Rossiya bilan yaqinlashish yo’llarini qidirishga majbur etdi. Oxir-oqibatda bu 3 davlat ittifoqi qaror topdi.

Shu tariqa, Yevropaning buyuk davlatlari bo’lingan dunyoni qayta bo’lish girdobiga tortildilar.

9 sinf informatika darslik kitobi

I need to throw a dinner party for 6 people who don’t eat nuts or seafood. Can you suggest a 3-course menu?

Search the web for: 3 course menu no nuts no seafood

Search the web for: course menu examples

A possible 3-course menu for 6 people who don’t like nuts or seafood is:

  • Starter: Vegetable soup with gluten-free bread. Warm and healthy dish with various veggies and herbs.
  • Main: Roasted chicken with roasted potatoes and green beans. Classic and satisfying dish with garlic, lemon, and rosemary.
  • Dessert: Apple crisp with vanilla ice cream. Delicious and nut-free dessert with cinnamon and gluten-free crumble.

I have sweet potato already. Can you make the main course use that?

Sure, you can use sweet potato in your main course. Here is one possible option:

  • Sweet potato and spinach lasagna. This is a vegetarian and gluten-free dish that layers sweet potato slices, spinach, ricotta cheese, and tomato sauce in a baking dish.

Welcome to the new Bing, your AI-powered copilot for the web.

You will receive emails about Microsoft Bing, which include offers about Microsoft, Rewards, and partner products. Terms | Privacy

About 162,000 results Any time

Bokep

https://viralbokep.com/viral+bokep+terbaru+2021&FORM=R5FD6

Aug 11, 2021 · Bokep Indo Skandal Baru 2021 Lagi Viral – Nonton Bokep hanya Itubokep.shop Bokep Indo Skandal Baru 2021 Lagi Viral, Situs nonton film bokep terbaru dan terlengkap 2020 Bokep ABG Indonesia Bokep Viral 2020, Nonton Video Bokep, Film Bokep, Video Bokep Terbaru, Video Bokep Indo, Video Bokep Barat, Video Bokep Jepang, Video Bokep, Streaming Video …

play.google.com

Informatika 9-sinf – Apps on Google Play

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.

Bahodir Jalolovich Boltayev Axat Raxmatovich Azamatov Abror Davlatmirzayevich Asqarov Muxtor Qurbonovich Sodiqov Gulnoza Axatovna Azamatova INFORMATIKA VA HISOBLASH TEXNIKASI …

Bahodir Jalolovich Boltayev Axat Raxmatovich Azamatov Abror Davlatmirzayevich Asqarov Muxtor Qurbonovich Sodiqov Gulnoza Axatovna Azamatova INFORMATIKA VA HISOBLASH TEXNIKASI ASOSLARI Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik 2-nashri Muharrir Umida Sodiq qizi Badiiy muharrir sardor qurbonov Texnik muharrir Yelena Tolochko Musahhih umida rajabova Kompuyterda teruvchi Gulchehra Azizova B 83 Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf uchun darslik / B. Boltayev [va boshq]. – T .: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2015 .– 160 b. 1. Boltayev, B. ISBN 978-9943-05-744-9 UOK: 372.8: 004 (075) KBK 32.81 (5O ‘) ya721 Litsenziya raqami AI No. 163. 11/09/2009. Bosishga 2015-yil 25-mayda ruxsat etildi. Bichimi 60CH901 / 16. Tayms Tad garniturasi. Shartli bosma tabog‘i 10.0. Nashr tabog‘i. 9.02. Shartnoma No. 28-2015. Adadi 370135 nusxada. Buyurtma No. 231. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Cho‘lpon nomidagi nashr

Qiziqarli malumotlar
9 sinf informatika darslik kitobi