9-noyabr Estoniyada otalar kuni

9-noyabr Estoniyada otalar kuni

9-noyabr Estoniyada otalar kuni

DO`STLARGA ULASHING:

9-noyabr Estoniyada otalar kuni
Otalar kuni Estoniyada har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi. Bu oilaviy bayramning tarixi rasman 1992-yildan boshlanadi, albatta bundan oldinroq ham ko’pchilik oilalar o’zlarining kuchli, sevimli otalariga bag’ishlab bayram kunlari tashkil qilishgan. Noyabr bayrami arafasida bolalar bog’chalarida shu mavzuga bag’ishlangan tadbir, maktablarda esa ota-onalarga atab konsertlar o’tkaziladi. Bolalar o’zlari yasagan otkritkalar va sovg’alarni topshirishadi. Otalar kunida ba’zi shaharlarda bayroqlarni ilib qo’yishadi. Hozircha Estoniyada otalar kuni ko’pchilik uchun rasman yangilik bo’lib qolayotgan bo’lsa-da, lekin sekin-asta bu bayram o’zining urf-odatlarini mustahkamlagan holda umumxalq bayramiga aylanib bormoqda. Bilim olishga xizmat qiladigan namunali dars taqdim etish bayramning an’anasiga aylangan. Bayramda bolalar otalari bilan turli musobaqalarda birga qatnashishlari, erkaklarga mansub kasblar bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

9-noyabr Estoniyada otalar kuni