8 sinf odam va uning salomatligi darslik
‘”Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Sa’diy, Alisher Navoiy, Bobur kabi do-nishmandlarimiz ham ichkilikbozlikning’ zararli oqi-batlarini ko’rsatib, odamlarni unga ruju qo’ymaslikka daVat etganlar.
ODAM VA UNING SALOMATLIGI 8-sinf
ODAM VA UNING SALOMATLIGI 8-sinf. QON AYLANISH SISTEMASI Yurakning tuzilishi va ishlashi Qon aylanish doiralari Limfa aylanishi Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi. Dars rejasi. Mavzu: Umumlashtiruvchi dars.
Uploaded on Oct 01, 2014
Download Presentation
ODAM VA UNING SALOMATLIGI 8-sinf
Presentation Transcript
- ODAM VA UNING SALOMATLIGI8-sinf QON AYLANISH SISTEMASI Yurakning tuzilishi va ishlashi Qon aylanish doiralari Limfa aylanishi Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi
- Dars rejasi Mavzu: Umumlashtiruvchi dars. • Kirish: Dars-o’quvchilar tomonidan tuzilgan guruhlar o’rtasida o’zaro bellashuv tarzida o’tishini ta’kidlab o’tish. Guruhlar bajarishi kerak bo’lgan shartlar bilan tanishtirish. • Asosiy qism: Guruhlar aytib o’tilgan shartlarni birma-bir bajarishadi. • Qon aylanish sistemasining strukturasini tuzish • Test topshiriqlarini bajarish • Sardorlar bellashuvi • Mustahkamlash: O’qituvchi ”Qon aylanish sistemasi” bobidagi tusunchalarni umumlashtirib, katta monitorda tushuntiradi. • Xulosa: G’olib bo’lgan guruhni aniqlash va o’quvchilarni baholash. So’ng ularga kerakli vazifalarni berish.
- 1.Yurakning sistolik hajmi- 2. Qonni yurak bo’lmalariga olib keladigan qon tomirlari- 3. Arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi- 4.Chap qorincha bilan chap bo’lmacha o’rtasida ……bor 5.Eng yirik va pishiq qon tomir- 6. Yurakning massasi ayollarda- 7.Tanadagi barcha limfa tomirlarda- 8. Yurakning o’rta-muskul qavati- 9.Bosh miyaga qon quyilishi- Qon aylanish sistemasining strukturasi. (Test)
- Variantlar • a) 65-70 ml b) 70-72 ml c) 75-80 ml • a) arteriyalar b) venalar c) kapillyarlar • a) gipertoniya b) gipotoniya c) gomeostaz • a) yarimoysimon klapan b) 3 tavaqali klapan c) 2 tavaqali klapan • a) aorta b) arteriya c) vena • a) 220-300 g b) 180-220 g c)250-300 g • a) 500-800 ml b) 800-1200ml c) 1000-2000 ml • a) miokard b) endokard c) perikard • a) miokard infarkt b) gipertoniya c) insult
- 1.Yurakning sistolik hajmi- 2. Qonni yurak bo’lmalariga olib keladigan qon tomirlari- 3. Arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi- 4.Chap qorincha bilan chap bo’lmacha o’rtasida …… bor 5.Eng yirik va pishiq qon tomir- 6. Yurakning massasi ayollarda- 7.Tanadagi barcha limfa tomirlarda- 8. Yurakning o’rta-muskul qavati- 9.Bosh miyaga qon quyilishi- 65-70 ml qon Venalar b)gipotoniya c)2 tavaqali klapan bor a)Aorta b)180-220 g c)1-2 l limfa suyuqligi a)miokard c)Insult Qon aylanish sistemasining strukturasi. (Test)
- 1. Yurakning o’zi 2 ta tojsimon arteriya orqali arterial qon bilan ta’minlanadi 2. Katta odamda tinch holatda qon bir marta aylanib ciqishi uchun 25-30 sek. vaqt ketadi 3. Yurak bir kech-kunduzda 100000marta qisqarib, 10 tonnaga yaqin qonni qon tomirlarga chiqaradi. 4. Arterial bosim 2 xil: maksimal va minimal bosimga bo’linadi 5. Minimal bosimni diastolik bosim ham deyiladi 6. Qon oqishining o’rtacha chuziqli tezligi aortada 40 sm/sek gacha sekinlashadi 7. Katta odamda tinch holatda yuragi 1 minutda 70-72 marta uradi 8. Arterial qon tomirining to’lqinlanishi arterial puls deyiladi 9. Arterial qon bosimining normaga nisbatan ortishi gipertoniya deyiladi
- Yurakning ishlashi • Joylashishi-to’sh suyagining or-qasida,2 la o’pkaning o’rtasida, ko’proq qismi ko’krak bo’shli-g’ining chap tomonida • Vazni-erkaklarda 220-300 g, ayollarda 180-220g • 3 qavat-endokard,miokard, pe-rikard (ichki qavat va epi-kard) • 1 minutda-5 l qon oqib o’tadi, tinch holatda 70-72 marta qis-qaradi va kengayadi • Sistolik hajm-65-70 ml • Minutlik hajm-70 ml*70=4.9 l
- Yurakning tuzilishi
- Yurak kameralarida qonning harakatlanishi • Klapanlar-2 tava-qali, 3 tavaqali,2 ta yarimoysimon • Kameralar-4 ta, o’ng va chap bo’l-machalar, o’ng va chap qorinchalar • Yurak sikli-bo’lmachalar va qorinchalarning bir martadan qis-qarib bo’shashishi U o’rtacha 0.8 sek. davom etadi
- Odam tanasida qon aylanishining umumiy sxemasi • Arteriyalar-yurakning chap qorinchasidan chiqib,tana-ning barcha qismlariga qon olib boruvchi qon tomirlari. Yurakdan boshlanadi. • Kapilyarlar-odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka bo’-lib,barcha to’qimalar or-qali o’tadi • Venalar-qonni yurak bo’l-malariga olib keladigan qon tomirlari.Yurakka quyiladi
- UYGA VAZIFA Har bir o’quvchi bir-biridan farq qilgan holda “Qon aylanish sistemasi” bobiga tegishli bo’lgan 3 tadan atama yozib kelish
© 2023 SlideServe | Powered By DigitalOfficePro
8 sinf odam va uning salomatligi darslik
O’zbekiston Respublikasi Х alq talim vazirligi
Respublika bolalar kutub х onasi
Fan: Odam va uning salomatligi
ICHKILIKBOZLIK, GIYOHVANDLIK VA KASHANDALIK. ULARNING ZARARLI OQIBATLARI
Insonning aqliy va jismoniy kamoloti kushandalari
Insoniyat o’tkir spirtli ichirnlik ishlab chiqarishni o’rganib olgandan buyon, uning o’zi bu ofat domiga tushib qoitnaslik uchim kurashib keladi. Afsuski, davrlar o’tishi bilan bu «kayfi shiiin zahar»ning xilma-xil turlari yaratildi. Bular ilgaridan ma’lum bo’lgan may, sharob, boda va endilikda keng urfga kirgan spirt, aroq, konyak, balzam, vino, pivo va boshqa shunga o’xshash narsalardan iborat bo’lib, barchasi inson umrining egovi hisoblanadi. Mazkur ichimliklar tarkibida etil spirit bo’lganligidan iste’mol qilgan kishini ma’lum muddatga sarxush qiladi. Bu odatni tez-tez takrorlash esa kishining alkogol domiga tushib qolishiga sabab bo’ladu
Afsuski, hozirgi davrda, hatto o’smir-yoshlar, ayollar o’rtasida ham ichkilikbozlikka, giyohvandlikka, kashan-dalikka ruju qo’yish hollari uchramoqda.
Inson onadan ichuvchi yoki kashanda bo’lib tug’il-maydi, albatta. Buni keltirib chiqaradigan bir qator sabablar mavjud. Tug’ilgan kunlarni nishonlash, chaqaloq dunyoga kelishi munosabati bilan o’tkaziladigan turli tadbirlar, fuqarolar o’rtasida uyushtiriladigan gap-gashtak-lar, bitiruv kechalari, xatna to’ylari, nikoh to’ylari, quda chaqiriq va boshqa marosimlarda spirtli ichimliklarning tanovul etilishi bu illatning tomir otib ketishiga sabab bo’lmoqda.
To’y tantanalari, xursandchilik marosimlarida shu sho-diyona «gunohkorlari» sha’niga maqtovlar aytilib, qadah ko’tariladi, yosh-u qariga, ayol-u erkakka shisha ichida «beozorgina» turgan og’uni ichish taklif etiladi. Bu holni tantanada ishtirok etayotgan yosh bolalar ko’rib-kuzatib turadilar. Kattalarning bunday qiliqlarini ko’rgan bolada asta -sekin undan tatib ko’rish ishtiyoqi uyg’onadi, Shun-day qilib, oz-ozdan xursandchilik, kayf -safoni boshidan kechirgan bola ichishga o’rgana boradi.
Bolalar o’rtasida ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi tuzalishi qiyin bo’lgan vaboning tarqalishiga ota-onalarning o’z yumushlari bilan o’ta bandligi, bolalarni nazoratsiz qoldirishlari, oilaviy nizolar, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo’yish, bolaning keragidan ortiq ta’minlanganligi va boshqa omillar sabab bo’lmoqda.
Ma’lumki, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, turli narkotik moddalarni chekish mamlakat taraqqiyotiga, inson kamolotiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ichkilik va nashavandlikdan saqlanishga da’vat etiladi.
Spirtli ichimliklar insonning ma’nan va aqlan rivojla-nishiga katta zarar yetkazadi. Undan ortiqcha iste’mol qilgan kishi na oilasi uchun, na jamiyat uchun foyda keltiradi, balki ularga katta talafotlar keltiradi.
‘”Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Sa’diy, Alisher Navoiy, Bobur kabi do-nishmandlarimiz ham ichkilikbozlikning’ zararli oqi-batlarini ko’rsatib, odamlarni unga ruju qo’ymaslikka daVat etganlar.
Alisher Navoiy ichuvchi kishi «yomon itdek odamlarga o’z-o’zidan hamla qiladi. Uni shunchaki yomon it emas, qopadigan it desa ham bo’ladi. Ichishlik ham dard o’ti, ham suvidir: yo’q, u do’zax o’ti ham to’fon suvidir. Bu o’tda to’rt unsurgina yonib, yo’q bo’lib ketmaydi, aql-u his, din-u islom ham yo’qoladi, deganlar.
Ichkilik odamni subutsiz, beburd, yolg’onchi, razil kishiga aylantirib qo’yadi. U miyaga qattiq ta’sir etib, jigarni, asabni ishdan chiqaradi, yurajt faoliyatini zaiflashtiradi.
Ichkilikka berilgan kishining hayoti, albatta, fojia bilan tugaydi.
Bunday odam or-nomus, urf-odat va mulozamatlarni unutadi, rahm-shafqat degan tushutiVhalardaii uzoqla-shib ketadi, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz bir maxluqqa aylanib qoladi.
Hakimlarning yozishicha, ichkilikka ruju qo’ygan kishida har turli illatlar paydo bo’ladi.
Kaykovus ta’biri bilan aytganda esa: «Sharobxo’rlik-ning hosili ikki narsadir: yo bemorlik, yo devonalikdir, chunki sharobxo’r yo mast bo’ladi, yo maxsur. Agar mast bo’lsa, devonalar jumlasidan bo’ladi, agar maxsur bo’lsa, bemorlar hisobiga kiradi, chunki xumor bemor-likning bir navidir. Demak, bunday ishga moyil bo’lish-ning nima keragi borki, yo kishi devona bo’ladi yoki bemor bo’ladi. »
Har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga zarba beruvchi illatlardan yana biri giyohvandlik hisoblanadi. Giyohvandlik ham ichkilikbozlik singari inson salomatligining ashaddiy kushandasidir.
Giyohvand asli nasha, qoradori, ko’knori, geroin va shu kabi narkotiklarni iste’mol qilishga odatlangan odamdir. Bunday odamlarni o’z nomi bilan emas, balki bangi, nashavand, ko’knori deb atashadi.
Dastlabiga taniqli sayyoh Xristofor Kolumb Markaziy Amerikadan Yevropaga bir notanish o’simlikning bargini keltirgan edi. So’ng uning shifobaxsh moddasi va tutuni turli kasalliklarga dori deb, quritilgan bargni naycha qilib odamlarga chekishni o’rgatdilar. Albattaki, u paytda bu beozor ko’ringan bargning insoniyat uchun naqadar xavfli ekanligini bilmagan edilar. Bu o’simlik Yevropada birinchi bo’lib shved tabiatshunosi Karl Linney tomo-nidan xonakilashtiriladi va Jan Niko degan kishi «sha-rafi»ga undan olinadigan moddaga «nikotin» deb nom beriladi.
Olimlarning isbotlashicha, nikotin tutuni tarkibida nikotin, oltingugurt, ammiak, azot, is gazi, turli efir moylari, sianid kislotasi, chumoli kislotasi, sirka va valeriana kislotalari, shuningdek, inson organizmi uchun o’ta zararli bo’lgan boshqa har xil moddalar mavjud1. Bunday giyohlar asosan uchga bo’linadi: ko’knor giyohi, nasha giyohi, tamaki giyohi.
Ko’knor tarkibida o’tkir ta’sir etuvchi narkotik modda bo’lib, uning tanasidan maxsus asboblar vositasida shilimshiq, yelimsimon modda sidirib olinadi. Bu modda «qoradori» deb atalib, undan iste’mol qilgan kishi jismo-niy va aqliy tomondan zaif, oddiy narsalardan vos-vosga tushib qoladigan, turli jinoyatlar sodir etishdan qaytmay-digan, bir umr farzand ko’rmaydigan ham bo’lib qoladi. «Qoradori»ni surunkali iste’mol qiluvchilarni xalqimiz «ko’knori» deb ataydi.
Nasha giyohini iste’mol qiluvchilar esa «bangilap» deb ataladi. Bangilik insonni odamiylik xususiyatlaridan mahrum etadi. Bunday dardga mubtalo bo’lganlar odam o’ldirish, o’g’irlik, qaroqchilik qilishdan ham toymaydilar. Nasha giyohi ba’zi joylarda yashirin holda ekilib, o’stirila-di. Bugungi kunda mamlakatimizda nasha giyohining za-rarli oqibatlarini tugatish maqsadida uni ekuvchi va ko’paytiruvchilarga qarshi keskin kurash olib borilmoqda, ular qonuniy javobgarlikka tortiladilar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Gi-yohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi ham giyohvandlikning oldini olishda muhim huquqiy asos bo’ldi. .
Tamaki o’simligi jahon miqyosida maxsus ekilib ko’paytiriladi. Tamaki giyohidan turli xildagi sigaretlar, tanasidan moxorkalar, shuningdek, nos ham tayyorlana-di. Tamaki giyohidan tayyorlangan moddalarni chekish inson salomatligi uchun o’ta zararlidir. Kashandalar va nos-kashlarning aksariyati o’pka raki, asab, bo’g’ma kasalliklari bilan og’riydilar.
Kashandalik salomatlik uchun nihoyatda zararli odatlardan sanaladi. Sigaret chekish natijasida uning tarkibidagi nikotin moddasi inson a’zolariga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatib, qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni yanada toraytiradi, nafasni tezlashtirib, ovqat hazm qilish tizimining shirasini ko’paytiradi.
Chekish jarayonida nikotin va tamaki tutuni tarkibidagi boshqa moddalar inson a’zolarini zaharlaydi. Chekuvchilarning hadeb yo’taladigan bo’lib qolishi ana shundandir. Kashandalik og’iz bo’shlig’i, tomoq, nafas yo’llarida o’smalar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Chekuvchi odam kasal bo’lganda uning sog’ayishi ham og’ir kechadi.
Chekish miya quwatining pasayishiga olib keladi.
Narkotik moddalarning qaysi turini iste’mol qilishdan qat’i nazar, hammasi ham naslga yomon ta’sir etadi, giyohvand ayol yoki erkakning farzandlari tug’ma nogiron, mayib-majruh, aqli zaif, jismonan rivojlanmaydigan bo’lib tug’iladilar.
Giyohvand moddalarga o’rganib qolgan kishi organizmi uni vaqtida qabul qilmasa turolmaydi, bunday (nasha, ko’knor, qoradori, morfiy, kokain, geroin, kofein va boshqalar) moddalarga kuchli ehtiyoj sezaveradi. Bunda kishida bosh og’rig’i, yurak bezovtaligi, oyoq-qo’llarining qaltirashi, ter bosishi, lohaslik kabi holatlar paydo bo’ladi.
Giyohvand moddalarni surunkali iste’mol qilib yuruvchi, usiz yashay olmaydigan bunday kishilar atrof-muhit uchun ham, oila va jamiyat uchun ham xavflidir. Shu bois mamlakatimiz hududida giyohvandlik tomir otishining oldini olish va unga qarshi kurashish har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi sanaladi.
Sog’lom turmush tarzi — salomatlik garovi
Ba’zan oilada bola tug’ilishi quvonch emas, tashvish keltiradi. Ichuvchi ota-onadan ko’pincha aqlan zaif, dovdir farzandlar tug’iladi. Bunday bolalar ota-ona uchun ham, jamiyat uchun ham katta muammodir.
Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, 1000 nafar aqli zaif boladan 500 nafarining onasi, 70 nafarining esa otasi ham, onasi ham spirtli ichimlik iste’mol qilar ekan. Fransuz vrachi Demma 28 yil davomida eri ham, xotini ham ichkilikbozlikka berilgan o’nta oilani kuzatgan. Bu oilalarda tug’ilgan 57 bolaning 25 nafari yoshiga yetmay o’lgan, 5 nafarida tutqanoq kasali bo’lgan, 5 nafarining bosh miyasida suv yig’ilgan, 12 nafari aqli zaif bo’lgan, faqat 10 bolagina sog’lom tug’ilgan. Tutqanoq kasali bilan og’rigan har 100 boladan 60 nafarining ota-onasi ashaddiy aroqxo’r bo’lganlar.
Iclikilik turli jinoyatlarning onasidir. Dalillarga murojaat qilinsa, 70 foizga yaqin qotillik, 80-90 foiz bezorilik asosan mastlikda ro’y beradi. Agar fuqarolar tomonidan spirtli ichimliklarni iste’mol qilish 35 foizga kamaytirilsa, qotillik kamida 40 foizga, bezorilik 25 foizga kamayishi aniqlangan. 100 gramm aroq ichish kishi jismidagi faol ishlayotgan 7500 to’qimani yo’q qiladi. 75 gramm aroq iste’mol qilingandan so’ng mushaklarning kuchi 20 dan 40 foizgacha kamayadi. Bu esa o’z-o’zidan mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi.
25 foizga yaqin aroqxo’rlar mastlik paytida o’zini o’zi o’ldirishni o’ylaydi. 100 gramm spirtli ichimlik sportchini ikki haftaga ishdan chiqaradi. Spirtli ichimliklar ichish, chekish, ayniqsa, ayollar va yosh bolalarga kuchli va tez ta’sir etadi.
Ayol kishi bir-ikki yil mobaynidayoq alkogolga o’rganib qoladi. 13-14 yoshli o’g’il yoki qiz bolaga beriladigan bir qadah kuchsiz vino katta yoshli odamning bir shisha aroq ichgani kabi yomon ta’sir etadi.
Oilada ichkilikbozlikmi, giyohvandlikmi, kashandalikmi, nosvoy chekishmi — qaysi biri mavjud ekan, u yerda sog’lom fikrli farzand kamoloti, oilaviy baxtiyorlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat-izzat haqida gap bo’lishi mumkin emas.
Oilaning sog’lom turmush tarzi, dunyoqarashi, ota- onaning halolligi, pokligi, mehnatsevarligi, e’tiqodi far-zandlarni ichkilikbozlikdan, giyohvandlikdan, kashanda-likdan asrovchi omillardir.
Mavzuni ulug’larimizning quyidagi o’gitlarini eslash bilan yakunlaymiz.
«May ichish Tangri so’zi bilan man qilingan.
U «yaramasliklar onasi»dir, unga berilish ham «yara-masliklar onasi» ko’chasiga olib keladi. Yomonroq ichuvchi unga mag’lubroq, har qancha yomonligi ko’rinsa, uning qoshida sevimliroq. Badmast uchun dam-badam ichish-dan qanday bahra borki, odamlikni o’ldirish uchun qadah-qadah zahar ichadi. Bir qultum may mastlaridan tartibsiz ashula, telba itlar ulushganidan nishona» 1 , deydi hazrat Alisher Navoiy.
Olim, fozil Rizouddin ibn Faxruddin aytadi:
«Odam bolasi aqlli, g’ayratli bo’lib dunyoga keladi, lekin uning aqlini, g’ayrat va ijtihodini ichkilik bitiradi. Dunyoda har narsani aksincha ko’rsatib turuvchi narsa ichimlikdir. Bir kishiga ichkilik qadahini beruvchi odam u bechoraning vijdonini va bir oilaning umidini o’ldirib, eng buyuk jinoyat qilgan bo’ladi».
Odam Va Uning Salomatligi 8 Sinf – Бесплатно скачать Mp3
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Odam Va Uning Salomatligi 8 Sinf в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию 8 Sinf Odam Va Uning Salomatligi Fanidan Audio Kitob длительностью 4.85 MB, размер файла 3 мин и 41 сек.
Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.
Сейчас слушают песни
Odam Va Uning Salomatligi 8 Sinf
Tomchi Mirjalol Nematov Klip
Катание Шаров У Соседей
Karen Aslanyan Herunerum 2020 4K
Ты Со Мной Я С Тобой Навсегда
Fnf Stress Instrumental
Хочешь Я Отдам Все Песни Ремикс
Рассказы Про Охоту
Юта Песни О Войне
Ты Моя Маленькая Муза
Нарезка Старый Номерок
Музыкальная Игра Цыплёнок
Lemonade Dj White
Спина Устала Ножки Болят
Made In Ukraine Кращі Пісні Мега Збірка Супер Хітів New 2019
Сегодня Надо Выпить
Песни О Труде Для Детей
Aminov B., Tilavov T., Mavlonov O. Odam Va Uning Salomatligi. 8-sinf
Siz mazkur darslikdan biologiya fanining eng katta bo’limi- o’simliklar va hayvonot olamining tashqi hamda ichki tuzilishi, oziqlanishi hamda ko’payishini o’rganuvchi botanika, zoologiya fanlarining uzviy davomchisi bo’lgan “Odam va uning salomatligi” bo’limini o’qib, odam organizmining tuzilishi, undagi organlar sistemasi, to’qimalar va organlarning faoliyati, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, odamning sog’lom bo’lishi hamda uzoq umr ko’rishida jismoniy tarbiya hamda sportning ahamiyati, sog’lom turmush tarziga rioya qilish masalalari, shuningdek, odamning paydo bo’lishini bilib
olasiz.
O’ylaymizki, sodda, jonli tilda yozilgan mazkur darslik Sizning tabiiy fanlarga bo’lgan qiziqishingizni yana ham orttiradi, biologiya va tibbiyotga oid bilimlaringizni kengaytiradi.
- Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
- Регистрация
- Узнайте сколько стоит уникальная работа конкретно по Вашей теме:
- Сколько стоит заказать работу?
Qiziqarli malumotlar
8 sinf odam va uning salomatligi darslik