8-sinf maktab darsliklar

8-sinf maktab darsliklar

C) Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. D) Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.

8-sinf o’quvchilari uchun O’zbekiston davlati va huquq asoslari fanidan «Bilimlar bellashuvi» ga tayyorlanishi uchun test

SHUHRATBEK.UZ > O’QUVCHILARGA > “Bilimlar bellashuvi” ga tayyorlanmoqchimisiz? > 8-sinf o’quvchilari uchun O’zbekiston davlati va huquq asoslari fanidan «Bilimlar bellashuvi» ga tayyorlanishi uchun test

8-sinf o’quvchilari uchun O’zbekiston davlati va huquq asoslari fanidan «Bilimlar bellashuvi» ga tayyorlanishi uchun test

On 12.03.2017 By shuhrat In “Bilimlar bellashuvi” ga tayyorlanmoqchimisiz?, O’QUVCHILARGA 0 fikr

8-sinf o’quvchilari uchun O’zbekiston davlati va huquq asoslari fanidan «Bilimlar bellashuvi» ga tayyorlanishi uchun test

8 – sinf “ DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI “ fanidan test savollari I variant

1. Huquq tizimini tarmoqlarga bo’lishning ikki asosini ko’rsating.
A) Huquqiy tartibga predmeti va usuli;
B) Yuridik normalarni huquqiy instituglarga birlashtirish va tasiflash;
S) Huquqiy normalarning uzviy birligi va barqarorligi;
D) Huquqiy tartibga solish printsiplari va shakllari.

2. Sub’ektlarning huquqiy normalar talablari asosidagi munosabatlarini nima keltirib chiqaradi?
A) Huquqiy muomala layoqati;
B) Huquqiy munosabat ob’ekti;
S) Huquqiy munosabat maqsadi;
D) Yuridik faktlar.

3. Huquq normasi nima?
A) Diniy manbalarda berilgan iloҳiy tasavvurlardan kelib chiquvchi qoidalar;
B) Odamlarning ezgulik va yovuzlik, adolat, insonning jamiyat oldidagi burchi haqidagi tasavvurlariga muvofiq ravishda jamiyat hayotida shakllangan qoidalar;
S) Davlat tomonidan belgilangan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy qoidalar;
D) Ko’p marta takrorlash natijasida shakllangan va odat tusiga kirgan xulq-atvor qoidalari.

4. Quyidagilardan huquq tarmoqlarini aniqlang.
A) Ma’muriy, fuqarolik, jinoyat, oila, mehnat;
B) Davlat, ma’muriy, mehnat qilish, dam olish, oila;
S) Ma’muriy, dam olish, jinoyat, oila, fuqarolik;
D) Davlat, saylash, saylanish, oila, mehnat, jinoyat ;

5. Huquqbuzarlik nima?
A) Huquq qoidalariga rioya etmaslik;
B) Qoidani bajarmaslik;
S) Ahloq qoidalariga rioya etmaslik;
D) Intizom qoidalarini bajarmaslik.

6. Fuqarolik to’g’risidagi qonunlar qanday munosabatlarni tartibga soladi?
A) Mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni;
B) Oiladagi mulkiy va shaxsiy munosabatlarni;
S) Korxonalar o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni;
D) Barcha mulkiy munosabatlarni;

7. Fuqarolik huquqiy layoqat nima?
A) Yashash, mol-mulkka ega bo’lish huquqi;
B) Yashash, merosga, saylash huquqiga ega bo’lish;
S) Yashash, fikrlash huquqi;
D) Sud, tergov organlarida javobgar bo’lish;

8. Fuqarolik muomala layoqati nima?
A) Harakatlari bilan huquqiy munosabatda bo’lish;
B) O’z harakatlari orqali oldi-sotdi ishlarni bajarish;
S) O’z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va amalga oshirish;
D) O’z harakatlari asosida u yoki bu ishni bajarish;

9. Mehnat qonunlarining amal qilish doirasini aniqlang.
A) O’zbekiston va Qoraqalpog’iston hududlarida amal qiladi;
B) O’zbekistonda amal qiladi;
S) O’zbekiston Res’ublikasining butun hududlarida amal qiladi;
D) Qonun bilan belgilangan hududlarda amal qiladi;

10. Mehnat huquqlarini himoya qilish qanday amalga oshiriladi?
A) Tekshiruv va nazorat qiluvchi organlar himoya qiladi;
B) Sud organlari himoya qiladi;
S) Qonun har bir shaxsning mehnat qilish huquqlarini himoya qiladi;
D) Mehnat nizolarini ko’ruvchi organlar himoya qiladi;

11. 18 yoshga tolmagan xodimlarning ish vaqtini aniqlang?
A) Haftasiga 35 soat;
B) Haftasiga 24 soat;
S) Haftasiga 36 soat;
D) Haftasiga 30 soat;

12. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb tan olish asoslari.
A) Nikoh yoshiga yetmagan shaxsning, uning ota-onasining yoki vasiysining, prokurorning talabi bilan;
B) Xotinning talabi bilan;
S) Homiylarining talabi bilan;
D) Oila a’zolarining talabi bilan;

13. Voyaga yetmaganlar javobgarligi uchun jinoiy jazo tizimini aniqlang.
A) Jarima, mol-mulkni musodara qilish;
B) Ahloq tuzatish ishlari, maxsus vazifadan ozod qilish
S) Ozodlikdan mahrum qilish, jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq;
D) Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo’natish;

14. Ahloq tuzatish ishlari voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun necha yoshdan qo’llaniladi?
A) 14 yoshdan;
B) 16 yoshdan;
S) Qonunda yoshi ko’rsatilmagan;
D) Sud hukmi hal qiladi;

15. Voyaga yetmaganlar 13 yoshdan 16 yoshgacha uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etsalar necha yilgacha jazo beriladi?
A) 2 yilgacha;
B) 1 yilgacha
S) 3 yilgacha;
D) Sud hukmi hal qiladi;

16. Oila kodeksi qachon joriy qilingan?
A) 1998-yil 30-aprel
B) 1998-yil 1-sentabr
S) 1998-yil 12-dekabr
D) 1996-yil 1-sentabr

17. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qaysilar kiradi?
A) Bosqinchilik, talonchilik.
B) O’zlashtirish,firibgarlik.
S) O`grilik, davlat va hususiy mulkka qarshi jinoyatlar
D) Tuhmat qilish, o’zlashtirish

18. Jamiyat bu-
A) jamlangan
B) muayyan hududda yashovchi kishilarning ma’lum tarzda tashkil topgan jamoasi
S) majbur qilish kuchiga ega bo‘lgan tashkilot
D) partiya

19. Murakkab ittifoqdosh davlatnind tuzilish nomi va belgilarini ko`rsating
A) unitar davlat. Yagona konstitutsiya va qonunchilik tizimi, yagona armiya

B) Konfederetsiya. Muayyan davlatlar biror bir maqsad uchun birlashadilar. Yagona fuqarolik mavjud bo`lmaydi.
S) Federativ. Ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi, subyektlar hududining, ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi
D) Ittifoq a`zolari o`z konstitutsiyasiga va qonunchilik tizimiga ijro hokimiyatiga ega

20. Davlatning tuzilish shakliga ko`ra bo`linishi…

A) monarxiya, respublika
B) unitar, federativ, konfederetiv
S) federatsiya, konfederatsiya
D) respublika

21. Unitar davlatning belgilarini ko`rsating
A) yagona konstitutsiya va qonunchilik tizimi, yagona armiya
B) hudud va chegara
S) yagona fuqarolik, yagona pul birligi
D) umumiy soloqlar va kredit siyosati

22. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usuli qanday nomlanadi?
A) hokimiyatni amalga oshirish usuli.
B) davlat tuzilish shakli
S) davlat boshqaruv shakli.
D) davlat idorasi

23. Davlatning tashqi funktsiyasini ko`rsating?
A) tabiatni muhofaza qilish
B) mamlakatni tashqaridan bo`ladigan hujumlardan himoya qilish, jahon mamlakatlari bilan atrof muhitni, insoniyatning tinchligini himoya qilish yuzasidan hamkorlik
S) bozor iqtisodiyotini rivojlantirishni ta`minlash
D) fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish

24. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan yilni belgilang.
A) 1989 yil
B) 1948 yil
S) 1991 yil
D) 2008 yil

25. “Ishorat va tanbixat” asari muallifi nomi berilgan qatorni belgilang.
A) Abu Nasr Farobiy
B) Moturidiy
S) Abu Ali ibn Sino
D) Abu Rayxon Beruniy

26. Unitar davlatga xos bo‘lgan belgilar to‘liq berilgan qatorni aniqlang.
A) yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi, yagona armiya, yagona pul birligi, yagona fuqarolik, barcha hududlar uchun soliq va kredit siyosati yagonaligi
B) yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi, yagona armiya, yagona pul birligi, yagona fuqarolik, barcha hududlar uchun soliq va kredit siyosati yagonaligi, tarkibiy tuzilmalarga bo’linishi
S) yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi, yagona armiya, yagona pul birligi, ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi, umumiy hududning mavjudligi, yagona fuqarolik;
D) yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi, yagona armiya, yagona pul birligi, yagona fuqarolik, barcha hududlar uchun soliq va kredit siyosati yagonaligi, Ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi, umumiy hududning mavjudligi.

27. O’zbekiston hududida dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi davri …
A) mil. avv. VII- VI asrlar;
B) mil. avv. VII- VI asrlar;
S) mil. avv. I ming yillik;
D) mil. avv. IV- III ming yillik;

28. Davlat hokimiyati bo‘linishi tartibi to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.
A) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati;
B) Oliy majlis, vazirlar mahkamasi;
S) ijro etuvchi va sud hokimiyati;
D) qonun chiqaruvchi;

29. Do`stu dushmanligiga qaramay, har joyda ham sipohiylarni hurmat qildim. Chunki ular boqiy mato bo`lgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotadilar. O`zlarini ma’rakmaydon, halokatga otib, jonlarini qurbon qiladilar” ushbu jumlalar kimning qalamiga mansub?
A) Amir Temur “Temur tuzuklari”
B) Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”
S) Abu ali ibn Sino “Ishorat va tanbixat”
D) Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”

30. Quyidagi davlatlardan respublika boshqaruvidagi davlatlarni ko`rsating.
1) Fransiya, 2) Shvesiya 3) O`zbekiston, 4) Britaniya, 5) Daniya
A) 1,2,3
B) 1,2,3,4,5
S)1,3
D) 1,3,4

31. Huquqiy ong huquqiy madaniyat darajasiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

32.Quyidagi elementlarning qaysi biri huquqbuzarning shaxsini anglatadi?

33. Huquq tizimining boshlang’ich elementi qaysi?

34. Forobiy shahar-davlatni qanday davlatlarga bo’ladi?

35. O’zbekiston Res’ublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi kodeksi qachon qabul qilingan?

36. Ma’muriy huquq tarmog’i qanday munosabatlarni tartibga soladi?

37. Emansipatsiya nima?

38. Umumta’lim maktablarining o’quvchilari 6 kunlik ish haftasida ishlayotgan bo’lsalar, o’quv yili mobaynida necha kun ishdan ozod qilinadi?

39.O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida davlat suvеrеnitеti prinsipi Konstitutsiyaning qaysi bobida bеrilgan?

40.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday umuminsoniy qadriyatlar e’lon qilingan?

8-sinf maktab darsliklar

E’tiboringizga 8-sinf darsliklar ni taqdim etamiz. Ushbu kitoblarni yuklab oling va ulardan foydalaning.

8-sinf darsliklar

O’zbek tilida Rus tilida
Adabiyot 1-qism Adabiyot 2-qism Adabiyot 1-qism Adabiyot 2-qism
Algebra Algebra (AFIDUM) Algebra
Chizmachilik Chizmachilik
Fizika Fizika (AFIDUM) Fizika
Fransuz tili Fransuz tili (metodika)
Geometriya Geometriya
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari Informatika va hisoblash texnikasi asoslari
Iqtisodiy bilim asoslari Iqtisodiy bilim asoslari
Ingliz tili Ingliz tili (metodika) Ingliz tili Ingliz tili metodika
Jahon tarixi Jahon tarixi
Jismoniy tarbiya Jismoniy tarbiya
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari
Nemis tili Nemis tili (metodika)
Odam va uning salomatligi Odam va uning salomatligi
Ona tili Rus tili
O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari O‘zbek tili
O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari
O‘zbekiston tarixi O‘zbekiston tarixi
Rus tili Rus tili

O’zbek tilida Kimyo darsligi На русском: Kimyo darsligi

Barcha fanlardan sinflar bo’yicha darsliklarning elektron shakllari. Darsliklarni yuklab oling va ulardan foydalaning. Darsliklar foydalanish uchun bepul.

Sizga 6-sinf darsliklardan boshqa darsliklarni ham etiboringizga havola etamiz. 5-sinf darsliklar, 7-sinf darsliklar, 8-sinf darsliklar, 9-sinf darsliklar, 10-sinf darsliklar, 11-sinf darsliklar ro’yxati:

5-6-7-8-9-10-11 darsliklar:

  • 5-sinf darsliklar
  • 6-sinf darsliklarning elektron shakllari
  • 7-sinf darsliklarning elektron shakllari
  • 8-sinf darsliklarning elektron shakllari
  • 9-sinf darsliklarning elektron shakllari
  • 10-sinf darsliklarning elektron shakllari
  • 11-sinf darsliklarning elektron shakllari

Barcha fanlardan testlar to’plami :

  • Ona tili adabiyot fanidan testlar to’plami
  • Matematika fanlardan testlar to’plami
  • Fizika fanidan testlar to’plami
  • Kimyo fanidan testlar to’plami
  • Biologiya fanidan testlar to’plami
  • Geografiya fanidan testlart to’plami
  • Boshqa fanlardan testlar

8-sinf mavzulashtirilgan testlar

2. Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo’nalishi qanday nomlanishini to’g’ri toping?

A) Qonun ustuvorligini ta’minlash

B) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

C) sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

D) fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish

3. Inson huquqlari umumjahon dеklaratsiyasi qachon qabul qilingan?

A) 1948-yil 10-yanvar B) 1948-yil 11-dekabr

C) 1948-yil 10-dekabr D) 1948-yil 8-dekabr

4. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida quyidagi qaysi huquqlarga ega bo’lganligini aniqlang?

1. shaxslarni fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan mahrum etish; 2. o‘z Qurolli Kuchlarini tashkil qilish huquqi;

3. xalqaro huquq subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqalar o‘rnatish huquqi; 4. davlat tiliga egalik huquqi; 5. o‘z sud tizimini tashkil qilish va sud ishlarini mustaqil yuritish huquqi; 6. o‘z gerbi, bayrog‘i, madhiyasi va poytaxtiga ega bo‘lish huquqi; 7. davlat tiliga egalik huquqi.

A) 1,3,5,7 B) 2,4,6,7 C) 1,4,6,7 D) 1,2,3,4,5,6,7

5. Jumlani to’ldiring? Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, ……….. putur yetkazmasliklari shart.

A) erkin va farovon yashashlariga B) huquqlari va erkinliklariga

C) ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishlariga D) to’g’ri javob A va C

2-Mavzu: Shaxs

1. Ijtimoiy adolat – bu siyosiy qarashlari, jinsi, millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlashdir. Ushbu fikrlar kimga tegishli ekanligini toping?

A) I.A.Karimov B) Sh.M.Mirziyoyev C) Abu Nasr Farobiy D) Abu Ali ibn Sino

2. O‘ziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va intilishlar, bilim, ko‘nikma, malakalarga ega, ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan inson bu – …

A) Individ B) Shaxs C) Inson D) Barcha javoblar to’g’ri

3-Mavzu: Jamiyat

1. O‘z huquqlarini birgalikda himoya qilish maqsadida birlashadigan jamiyat qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Iste’molchilar jamiyati B) Ko’zi ojizlar jamiyati

C) Faylasuflar jamiyati D) Advokatlar jamiyati

2. Murakkab savollarga birgalikda javob topishda birlashadigan jamiyat qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Iste’molchilar jamiyati B) Ko’zi ojizlar jamiyati

C) Faylasuflar jamiyati D) Advokatlar jamiyati

3. Birgalikda ishlab chiqarish yoki ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida birlashadigan jamiyat qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Iste’molchilar jamiyati B) Ko’zi ojizlar jamiyati

C) Faylasuflar jamiyati D) Advokatlar jamiyati

4. Odamlarning muayyan murakkab tuzilmasi bu-…

A) Jamiyat B) Ibtidoiy to’da C) Davlat D) Urug’

5. Muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va manfaatlariga ko‘ra birlashgan kishilardan iborat tuzilmaga nima deyiladi?

A) Jamiyat B) Ibtidoiy to’da C) Davlat D) Urug’

6. Jamiyat so’zining lug’aviy ma’nosini toping?

A) yunoncha – jamoa, birlashma B) arabcha – jamlangan, birlashgan

C) forscha – jamoa, birlashma D) lotincha – jamoa, birlashma

7. Qaysi qatorda to’g’ri javob ko’rsatilgan.

A) Odamlar ilk bora davlatlarga birlashganlar

B) Har qanday jamoa ham jamiyat bo’lishi mumkin

C) Jamiyat murakkab jonli tuzilma emas

D) Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi

8. Jahonga “Shayx-ur-rais” (“Olimlar rahbari”) nomi bilan tanilgan Sharq mutaffakirini to’g’ri toping?

A) Farobiy B) ibn Sino C) Beruniy D) Marg’inoniy

9. Ibn Sino ilmiy-adabiy merosini 450 dan ortiq asarlar tashkil etadi. Shulardan nechtaga yaqin asari bizgacha yetib kelgan.

A) 150 B) 160 C) 170 D) 210

10. Abu Ali ibn Sino yashagan yillarni toping?

A) 980-1053 B) 970-1037 C) 980-1037 D) 973-1040

11. Jamiyatning asosiy bo’g’ini nima?

A) davlat B) oila C) turli xil jamoalar D) to’g’ri javob A va C

12. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-moddasi to’g’ri berilgan javobni toping?

A) Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar

B) Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.

C) Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.

D) to’g’ri javob B va C

4-Mavzu: Davlat

1. To’g’ri berilgan javobni toping.

A) Jamiyat o‘z rivojida qanday bosqichlardan o‘tsa, davlat ham shunga mutanosib tarzda o‘zgarib, takomillashib boraveradi

B) Davlat – jamiyatning shakllangan siyosiy instituti

C) Davlat Jamiyat taraqqiyotining yetuklashgan muayyan davrida paydo bo‘lgan

D) Barcha javoblar to’g’ri

2. Qaysi davrda Markaziy Osiyo hududida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlashgan?

A) miloddan avvalgi I ming yillikning oxirlarida B) miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalarida

C) miloddan avvalgi II ming yillikning boshlarida D) miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida

3. O’zbekiston hududida paydo bo’lgan ilk davlatlarni toping?

A) Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya B) Qadimgi Xorazm, Qadimgi So’g’diyona

C) So’g’d, Xorazm va Baqtriya D) Toxariston va Eftallar

4. Jamiyat dastlab ijtimoiy hokimiyat, ya’ni qanday boshqarilgan.

A) ijtimoiy aristokratiya bilan B) matriarxat, ya’ni oilani ona kuchi bilan

C) patriarxat, ya’ni oilani ota kuchi bilan D) hamma odamlarning hokimiyati kuchi bilan

5. Dastlabki bosqichda davlat boshqaruvi eng avvalo qanday usulga asoslangan.

A) ixtiyoriy B) ijtimoiy demokratiya C) majburlash D) to’g’ri javob yo’q

6. Muayyan huquq-tartibot asosida uyushgan, yagona hududda hukmronlik o‘rnatgan va yagona hokimiyatga bo‘ysunuvchi odamlar ittifoqi bu – …?

A) jamiyat B) Harbiy demokratiya C) Ittifoq D) davlat

7. Davlatning ibtidoiy, urug‘chilik jamiyatidan ajratib turadigan belgilari nechta?

A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

8. Qaysi qatorda davlatning ibtidoiy, urug’chilik jamiyatidan ajratib turadigan belgisi berilgan?

A) davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma’lum bir hududga birlashadilar

B) Davlat o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun murakkab tizimdan tashkil topgan

C) Barcha javoblar to’g’ri

D) Davlat o‘z faoliyatini to‘laqonli tarzda amalga oshirishi uchun o‘z suverenitetiga (mustaqilligiga) ega

9. Boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot bu – …?

A) Oliy Majlis B) davlat C) Tashqi ishlar vazirligi D) Prezident

10. Amir Temur “davlatu saltanatni uch narsa bilan tik” deb hisoblagan, ya’ni qaysilar?

A) mulk, xazina, vazirlar B) xazina, lashkar, qonunlar

C) mulk, xazina, lashkar D) qonunlar, xazina, adolatli hukmdor

5-Mavzu: Davlat funksiyalari

1. Davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlarini ro‘yobga chiqaradigan omil qaysi qatorda to’g’ri berilgan.

A) Davlat boshqaruv shakllari B) Davlat funksiyalari

C) Davlat tuzilish shakllari D) to’g’ri javob yo’q

2. Davlat funksiyarning faoliyat ko’rsatish makoni bo’yicha amalga oshiradigan mezonni toping?

A) ichki va tashqi B) doimiy va vaqtinchalik

C) asosiy va asosiy bo’lmagan D) ijod qilish va ijro qilish

3. Davlat funksiyarning faoliyat ko’rsatish muddati bo’yicha amalga oshiradigan mezonni toping?

A) ichki va tashqi B) doimiy va vaqtinchalik

C) asosiy va asosiy bo’lmagan D) ijod qilish va ijro qilish

4. Davlat funksiyarning ijtimoiy muhimligi bo’yicha amalga oshiradigan mezonni toping?

A) ichki va tashqi B) doimiy va vaqtinchalik

C) asosiy va asosiy bo’lmagan D) ijod qilish va ijro qilish

5. Davlat funksiyarning huquqiy shakli bo’yicha amalga oshiradigan mezonni toping?

A) ichki va tashqi B) doimiy va vaqtinchalik

C) asosiy va asosiy bo’lmagan D) ijod qilish va ijro qilish

6. Davlatning ichki funksiyasi hisoblangan iqtisodiy vazifasi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash

B) Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash

C) Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish

D) zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar, konlar)ni boshqarish

7. Davlatning ichki funksiyasi hisoblangan Siyosiy-huquqiy vazifasi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash

B) Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash

C) Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish

D) zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar, konlar)ni boshqarish

8. Davlatning ichki funksiyasi hisoblangan ijtimoiy vazifasi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash

B) Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash

C) Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish

D) to’g’ri javob A va B

9. Davlatning ichki funksiyasi hisoblangan moliyaviy vazifasi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash

B) Soliq tizimi va bojxona nazorati

C) Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish

D) zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar, konlar)ni boshqarish

10. Davlatning ichki funksiyasi hisoblangan Xavfsizlik va himoyalash borasidagi vazifasi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash

B) Aholining huquq va erkinliklarini ta’minlash

C) Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish

D) Tinchlik va millatlararo totuvlikni saqlash

6-Mavzu: Davlatning boshqaruv shakllari

1. Davlat shakllari nechta turga bo’linadi?

A) 2 ga B) 3 ga C) 4 ga D) 7 ga

2. Davlat shakllari qanday turlarga bo’linadi?

A) boshqaruv, tuzilish, siyosiy tartibot B) boshqaruv, etatik, huquqiy

C) tuzilish , monarxiya, respublika D) demokratik, nodemokratik, oraliq

3. Monarxiyaga xos bo’lgan belgilarni toping?

1) hokimiyatni o‘rnatish, qabul qilishning alohida tartibi mavjud;

2) monarx o‘z faoliyatida mustaqildir; 3) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi;

4) monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas.

5) hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi; 6) fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.

A) 1,2,4,6 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 2,4,6

4. “Respublika” so’zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) yunoncha-umumiy ish B) lotincha-xalq ishi

C) lotincha-xalq hokimiyati D) to’g’ri javob yo’q

5. Prezident saylanuvchi mansabdor shaxs bo‘lib, asosan, parlament tomonidan saylanadigan boshqaruv shaklini toping?

A) etatik davlat B) konstitutsiyon monarxiya

C) prezidentlik respublika D) parlamentar respublika

6. Prezidentlik respublikasiga misol bo’ladigan davlatlarni ko’rsating?

1) AQSH 2)Braziliya 3) Portugaliya 4) Germaniya 5) Argentina 6) Irlandiya 7) Meksika

A) 1,2,3,4 B) 1,2,5,7 C) 2,4,6,7 D) 1,3,5,7

7. Parlamentar respublikaga misol bo’ladigan davlatlarni ko’rsating?

1) Hindiston 2)Braziliya 3) Portugaliya 4) AQSH 5) Gretsiya 6) Irlandiya 7) Meksika

A) 1,2,3,4 B) 1,3,5,6 C) 2,4,6,7 D) 1,3,5,7

8. Fozil davlat uning aholisi o‘zaro yordam berishiga, insonparvarlikka, insoniy mehr-oqibatga, uning eng oliy

boylik ekanini payqab olishga, yaxshilashga asoslanish kerak. Ush jumla kimga tegishli ekanligini toping?

A) Abu Nasr Farobiy B) Muqni C) Abu Rayhon Beruniy D) Abu Bakr Xorazmiy

9. Agar hokimiyat atrofida adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi. Ushbu jumla kimga tegishli ekanligini toping?

A) Abu Nasr Farobiy B) Muqni C) Abu Rayhon Beruniy D) Abu Bakr Xorazmiy

10. Agar monarxning hukmronligi konstitutsiyaga tayanuvchi biron-bir idora bilan cheklangan bo‘lsa, bunday monarxiya … boshqaruvi shaklidagi monarxiya bo‘ladi.

A) cheklangan B) konstitutsiyaviy C) parlament boshqaruvi D) Barcha javoblar to’g’ri

11. Amir Temur davlati qanday boshqaruv tizimiga asoslangan edi?

A) konstitutsion monarxiya B) Vazirlar Kengashi C) amir ad-dar D) islom qonun-qoidalar

12. Amir Temur davlatida qozilar kimga hisobot berishgan?

A) Shayxulislomga B) amirning o’ziga C) hech kimga D) Qo’shbegiga

7-Mavzu: Davlatning tuzilish shakli

1. Qaysi atama “oddiy, yagona” degan ma’nolarni anglatadi?

A) federativ B) unitar C) konfederativ D) respublika

2. Unitar davlatning belgilarini toping?

1) yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimining mavjudligi;

2) yagona armiyaga ega bo‘lish; 3) yagona pul birligi amal qilishi; 4) barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo‘lgan soliq va kredit siyosatining joriy qilinganligi; 5) subyektlarining har biri alohida o‘z konstitutsiyasi, o‘zlari ning oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi; 6) oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo‘ladi. Bunda yuqori palata federatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etadi.

A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) faqat 2 D) 1,2,3,4

3. Hozirda jahonda qancha federativ davlatlar mavjud.

A) 20 ga yaqin B) 30 ga yaqin C) 20 dan ortiq D) 30 dan ziyod

4. Suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biror-bir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi nima deb nomlanadi?

A) Birlashma B) Ittifoq C) Konfederatsiya D) Federatsiya

5. Federativ davlatlar berilgan qatorni toping?

A) Germaniya, Yaponiya B) O’zbekiston, Rossiya

C) AQSH, Fransiya D) Germaniya, Rossiya

6. Konfederatsiya belgilari berilgan qatorni toping?

1) muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashadi; 2) yagona hudud mavjud bo‘lmaydi; 3) umumiy konstitutsiyasi uning subyektlari va federat siyaning o‘zi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi;

4) oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo‘ladi; 5) umumiy fuqarolik mavjud bo‘lmaydi.

A) 1,2,5 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 3,4,5

7. Qonun hujjatlarini e’tirof etmaslik yoki qo‘llamaslik huquqi nima deyiladi?

A) sanksiya B) nulifikatsiya C) plyuralizm D) apatrid

8-Mavzu: Siyosiy tartibot (rejim). Davlat organlari. Davlat mexanizmi

1. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga … deyiladi.

A) demokratiya B) respublika C) siyosiy tartibot D) totalitarizm

2. Siyosiy tartibot asosan necha xil bo’ladi?

A) bo’linmaydi B) 2 xil C) 4 xil D) 3 xil

3. Demokratik tartibot belgilari berilgan qatorni to’g’ri toping?

1) shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi; 2) hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi; 3) qonun ustuvorligi; 4) demokratik tamoyillar va qoidalarga rioya etmaydi; 5) fuqarolarning huquq va erkinliklari poymol etiladi; 6) parlament singari demokratik institutlar yo‘q qilinadi.

A) 1,2,3 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 3,4,6

4. Qaysi tartibotda hukmronlik qilgan har qanday muxolifot yo‘q qilinadi.

A) Totalitar B) Fashistik C) Demokratiya D) Sintoizm

5. Yagona partiyaning hukmronligi, huquq va erkinliklarning poymol etilishi qanday tartibot?

A) Totalitar B) Fashistik C) Demokratiya D) Sintoizm

6. Fashistik tartibotga misol bo’la oladigan davlatlarni toping?

A) Germaniya, Fransiya B) B. Britaniya, Italiya

C) Germaniya, Italiya D) to’g’ri javob yo’q

7. Davlat organlari qanday turlarga bo‘linadi?

A) Vakillik organlari B) Ijroiya organlari

C) Mahalliy ijroiya organlari D) Barcha javoblar to’g’ri

8. Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimiga nima deb nomlanadi?

A) Davlat organlari B) Davlat mexanizmi C) Vakillik organlari D) to’g’ri javob yo’q

9. O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Ushbu Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida ko’rsatilgan?

A) 9 B) 10 C) 12 D) 13

10. Podshoh o‘zlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshohga ehtirom ko‘rsatishi zarur. Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Sitseron B) Mark Tulliy C) Abdulloh Muqni D) Abu Nasr Farobiy

FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQIY DAVLAT

9-Mavzu: Fuqarolik jamiyati

1. Jumlani to’ldiring? … aytishicha, eng mushkul ish qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir.

A) Aflotun B) Arastu C) Suqrot D) Xamurappi

2. Farobiyning aytishicha, fozil davlat rahbari necha xil xislatlarni o’zida aks ettirgan bo‘lishi kerak?

A) 4 xil B) 10 xil C) 11 xil D) 12 xil

3. Adolatli jamiyatning asosiy yo‘llarini Forobiy qanday ta’rif bergan?

A) Qonun-qoidalarning mavjudligi va ularga davlat rahbarlarining va barcha aholining bo‘ysunishi

B) Ilm-fanning taraqqiy etishi

C) Davlat urush va bosqinchiliklarga qarshi bo‘lmog‘i, mamlakatda tinchlik, barqarorlikning o‘rnatilishi

D) Barcha javoblar to’g’ri

4. Fuqarolik jamiyatining “yollanma xizmatkori” hisoblangan jumlani toping?

A) davlat B) xalq C) qonunlar D) To’g’ri javob A va C

5. 2018-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatimizda Adliya vazirligining ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlari soni nechtani tashkil etadi.

A) 9487 ta B) 9478 ta C) 10547 ta D) 8129 ta

6. Inson huquqlari bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlari ko’rsatilgan qatorni toping?

A) Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz B) Ombudsman, Yoshlar Ittifoqi

C) Fanlar Akademiyasi D) Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

7. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim elementi bu – …?

A) Huquqning ustuvorligi B) iqtisodning siyosatdan ustunligi

C) ta’lim-tarbiyaning muhimligi D) ijtimoiy himoya

8. “Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshi.” Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Ali ibn Abu Tolib B) Abu Ali ibn Sino

C) Abu Rayhon Beruniy D) Abdulloh Muqni

9. Qaysi qatorda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy topishining amalga oshirilish maqsadga muvofiqdir.

A) Mulkni davlat tasarrufi dan chiqarish B) Ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish

C) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish D) Barcha javoblar to’g’ri

10. Fuqarolik jamiyatining xususiyatlari qaysi sohada namoyon bo‘ladi?

A) Iqtisodiy sohada B) Ijtimoiy-siyosiy sohada

C) Ma’naviy sohada D) barcha javoblar to’g’ri

11. Davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudga kelgan muayyan kishilik hamjamiyatining ixtiyoriy o‘zini-o‘zi boshqarishi … ni anglatadi?
A) huquqiy davlat; B) jamiyat; C) fuqarolik jamiyati; D) erkin mamlakat.

10-Mavzu: Huquqiy davlat

1. Davlatning huquqqa bo‘lgan munosabatiga qarab qanday turlarga ajratish mumkin.

A) etatik va huquqiy B) respublika va monarxiya

C) unitar va federativ D) etatik, huquqiy va oraliq

2. Huquqiy davlatga xos bo’lgan belgilarni toping?

1) sud mustaqilligining ta’minlanganligi; 2) Qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruqlar egallaydi; 3) inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi; 4) mansabdor shaxslarga haddan tashqari ko‘p
vakolatlar beriladi; 5) Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi.

A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) faqat 5 D) 1,3,5

3. Etatik davlatlarga qanday tuzumdagi davlatlar misol bo’la oladi?

A) monarxiya yoki konstitutsiyaviy monarxiya B) prezidentlik yoki parlamentar respublika

C) avtoritar yoki totalitar D) to’g’ri javob A va B

4. Etatik davlatga misol bo’ladigan davlatni ko’rsating?

A) Kuba B) Iroq C) Sobiq Ittifoq D) To’g’ri javob A va C

5. Davlat hokimiyati qanday vakolatlarga taqsimlanishini to’g’ri toping?

A) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud B) Oliy majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident

C) Konstitutsiyaviy sud, Oliy xo’jalik sudi va fuqarolik sudi D) Barcha javoblar to’g’ri

6. Qanday organning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Ular faqat qonun
talablariga bo‘ysunishadi.

A) Oliy Majlis B) Sud C) Vazirlar mahkamasi D) Bojxona xizmati

7. “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar”. Ushbu Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida keltirilgan?

A) 29 B) 30 C) 31 D) 32

8. “Jamiyatda ijtimoiy adolat ta’minlanishini qaror topdirish borasidagi
asosiy vazifamiz – bu adolatli qonunlar qabul qilishdan iborat”. Ushbu jumlalar kimga tegishli?

A) I. Karimov B) Sh. Mirziyoyev C) A. Temur D) Abu Nasr Farobiy

9. Davlatlarning ba’zilari o‘z xususiyati, tabiati va yo‘nalishi bo‘yicha etatik davlatlarga, ba’zilari esa huquqiy davlatga yaqin turishsa, bunday davlatga nima deyiladi?

A) etatik B) demokratik C) oraliq D) huquqiy

10. Huquqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz?

A) qonunlarni bilish B) qonunlarni hurmat qilish C) qonunlarga rioya etish D) faqat A va B

11. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolar ning qanday huquqi hisoblanadi?
A) Iqtisodiy huquqlari; B) Ijtimoiy huquqlari;
C) Siyosiy huquqlari; D) Shaxsiy huquqlari.
12. O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?
A) 1991- yil 1- noyabrda; C) 1994- yil 18- fevralda;

B) 1997- yil 26- dekabrda; D) 1996- yil 26- dekabrda.

13. Mamlakatda mehnat qilayotgan aholining huquqlarini davlat tashkilotlari bilan bir qatorda himoya qiluvchi eng ommaviy jamoat birlashmasi nima deb ataladi?
A) Siyosiy partiya; B) Ijodiy uyushma;
C) Kasaba uyushmalari; D) Faxriylar tashkilotlari.

14. Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi . asoslanadi.
A) qat’iy qonunlarga; B) parlament nazoratiga;
C) ijro etuvchi hokimiyat qarorlariga; D) huquqning ustuvorligiga.

15. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolar ning qanday huquqi hisoblanadi?
A) Iqtisodiy huquqlari; B) Ijtimoiy huquqlari;
C) Siyosiy huquqlari; D) Shaxsiy huquqlari.

III BOB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BOSHQARUVINING TASHKIL ETILISHI

11-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi

1. O‘zbekiston suverenitetining huquqiy asosi – bu …?

A) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi B) O’zbekiston Respublikasining deklaratsiyasi

C) O’zbekiston Respublikasining kodekslari D) to’g’ri javob yo’q

2. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

A) O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12 chaqiriq, 11 sessiyasida

B) O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 chaqiriq, 12 sessiyasida

C) O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12 chaqiriq, 9 sessiyasida

D) O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 chaqiriq, 10 sessiyasida

3. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga xilof hisoblangan belgilarni to’g’ri ko’rsating?

A) hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish B) hokimiyatning yangi tarkiblarini tuzish

C) hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish D) Barcha javoblar to’g’ri

4. O’zbekiston xalqi nomidan faqat kimlar ish olib borishi mumkin?

A) Oliy Majlis va Oliy sud B) Oliy Majlis va Prezident

C) Prezident va Bosh vazir D) Oliy Majlis va Vazirlar mahkamasi

5. Jumlani to’ldiring? … o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

A) Oliy sud B) Davlat C) Oliy Majlis D) Prezident

6. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan 11-modda keltirilgan qatorni toping?

A) O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

B) O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga
ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy
qadriyat hisoblanadi.

C) Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. D) Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.

7. Hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi – … davlatning eng muhim belgilaridandir.

A) etatik B) prezidentlik Respublika C) huquqiy D) unitar

8. Mamlakatimizda hokimiyat bo’linishida qanday konstitutsiyaviy prinsiplarning qoidalariga amal qiladi?

A) hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari o‘zaro yagona davlat mexanizmi sifatida o‘zaro bog‘liqlikda faoliyat ko‘rsatishlari bilan bir paytda, ular nisbatan mustaqil hamdir

B) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtiroketish huquqiga ega

C) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funksiyalarini bajaruvchi respublika miqyosidagi davlat organlari o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining muayyan nisbati mavjud.

D) to’g’ri javob A va C

9. O’zbekiston Respublikasida Ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi hokimiyatni aniqlang?

A) Qonunchilik palatasi B) Vazirlar mahkamasi C) Sud hokimiyati D) Mahalla

10. Konstitutsiyamizning yana bir demokratik jihati, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari … taqdim etiladi.

A) BMT muhokamasiga B) Prezidentga C) xalq muhokamasiga D) Barcha javoblar to’g’ri

11. Mamlakatimizda hayotiy muammolarni hal etishda qanday yangi tizim yaratildi?

A) Virtual qabulxonalar B) Blogerlik harakatlari C) to’g’ri javob A va D D) Xalq qabulxonalar

12. “Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o‘xshaydi. Bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindir.” Ushu jumlalar kimga tegishli ekanligini toping?

A) I. Karimov B) Abu Bakr Xorazmiy C) Amir Temur D) Abu Nasr Farobiy

12-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

1. Qaysi so’zning ma’nosi “oldinda o’tiruvchi” degan ma’noni anglatadi?

A) Senat B) Deputat C) Prezident D) Konsul

2. O’zbekiston Respublikasida Prezident qanaqa asosda saylanadi?

A) to’g’ridan to’g’ri B) tenglik asosida C) Barcha javoblar to’g’ri D) yashirin ovoz berish

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qancha muddatda saylanadi?

A) 7 yil B) 4 yil C) 5 yil D) 10 yil

4. O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti davlat hokimiyati organlarining kеlishilgan holda faoliyat yuritishini hamda … ta’minlaydi.

A) faoliyatini B) hamkorligini C) qonuniyligini D) salomatligini

5. O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti qaysi paytdan boshlab o’z lavozimiga kirishgan hisoblanadi?

A) Oliy Majlis yig’ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab

B) Saylov o’tgandan 10 kun ichida

C) Saylov natijalari OAV da e’lon qilingan kundan boshlab

D) Oliy Majlis tasdig’idan o’tgandan so’ng

6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lgan shaxslarga qanday talablar qo‘yilgan?

1) saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan bo‘lishi kerak;

2) davlat tilini yaxshi bilishi zarur; 3) o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak;

4) O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi zarur; 5) o‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak;

6) O‘zbekiston va Qardosh mamlakatlar fuqarosi bo‘lishi zarur;

7) saylovgacha kamida 5 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan bo‘lishi kerak;

A) 1,2,3,4 B) 2,4,5,6 C) 1,3,5,7 D) 4,5,6,7

7. Prеzidеntning shaxsi … va qonun bilan muhofaza etiladi.

A) fuqarolikdir B) armiya C) adolatli D) daxlsizdir

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari to’g’ri berilgan qatorni to’g’ri toping?

1) fuqarolar huquq va erkinliklari ta’minlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining kafilidir;

2) Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim qiladi, Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlaydi;

3) Davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan mukofotlaydi;

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan bir qator muhim vakolatlarni amalga oshiradi. Vakolati tugashi munosabati bilan istе’foga chiqqan Prеzidеnt umrbod Sеnat a’zosi lavozimini egallaydi;

5) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va undan chiqarish masalalarini hal qiladi;

6) O‘zbekiston Respublikasi nomidan mamlakat ichkarisida va xalqaro miqyosda muzokaralar yuritadi, shartnoma va kelishuvlar imzolaydi hamda, ularning bajarilishini ta’minlaydi.

A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,4,6 D) 1,2,3,4,5,6

9. Agarda, favqulotda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda Prezident Oliy Majlisga qancha muddat ichida yechim taqdim etishi zarur bo’ladi?

A) 7 kun B) 3 kun C) 24 soat D) 2 hafta

10. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining O‘zbеkiston Rеspublikasi … bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Sеnati tarqatib yuborilishi mumkin.

A) Oliy sud B) Konstitutsiyaviy sud C) Oliy Xo’jalik sud D) Harbiy sud

11. O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida, “Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mum kin emas”, deb ko’rsatilgan.

A) 89-modda B) 90-modda C) 91-modda D) 92-modda

12. Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz qurgan binolarga boqing”. Ushbu jumlalar kimga tegishli?

A) Mirzo Ulug’bek B) Amir Temur C) Ibn Sino D) Sh. Mirziyoyev

13-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida Qonun chiqaruvchi organ.

1. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy vakillik organini toping?

A) Konstitutsiyaviy sud B) Oliy Majlis C) Oliy Sud D) Vazirlar Mahkamasi

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi necha palatali ekanligini toping?

A) 2 B) 3 C) 1 D) to’g’ri javob yo’q

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi asosiy maqsadlarini toping?

A) manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish B) qonun ijodkorliginining sifatini ta’minlash

C) umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish D) Barcha javoblar to’g’ri

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolati necha yil etib belgilangan?

A) 2,5 yil B) 7 yil C) 5 yil D) 4 yil

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi nima deb nomlanishini toping?

A) Oliy Kengash B) Senat C) Qonunchilik D) Ombutsman

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi nima deb nomlanishini toping?

A) Oliy Kengash B) Senat C) Qonunchilik D) Ombutsman

7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida: O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonun chilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. Deb ko’rsatilgan?

A) 77-modda B) 75-modda C) 76-modda D) 78-modda

8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasining soni nechi kishi etib belgilangan?

A) 84 kishi B) 150 kishi C) 135 kishi D) 100 kishi

9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasining soni nechi kishi etib belgilangan?

A) 84 kishi B) 150 kishi C) 135 kishi D) 100 kishi

10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasining qancha miqdori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi?

A) 14 nafar B) 16 nafar C) 20 nafar D) 15 nafar

11. Oliy Majlis ishini tashkiliy shakli – bu … dir.

A) sessiya B) kengash C) semester D) qurultoy

12. Oliy Majlis sessiyasi bir yilda necha marta charilishi kerak?

A) ikki martadan kam bo’lmagan B) to’rt martadan kam bo’lmagan

C) har oyda bir marta D) Yilida kamida bir marta

13. Oliy Majlis qanday ishlarni amalga oshirishini toping?

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini tasdiqlash;

2. Konstitutsion, Oliy sudlarni saylash;

3. Markaziy bank raisini saylash;

4. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ko‘rib chiqish va qabul qilish;

5. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini va davlatning boshqa strategik dasturlarini qabul qilish.

A) 1,2,3 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 1,2,3,4,5

14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi qanday huquqdan foydalanadilar.

A) fuqarolik B) daxlsizlik C) ichki ishlarga aralashish D) tashqi ishlar

15. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Ushbu Konstitutsiyaning nechanchi moddasida keltirilgan?

A) 82-modda B) 80-modda C) 81-modda D) 83-modda

16. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqi kimlarga berilgan?

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlis deputatiga;

b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga;

d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga;

e) Yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri.

14-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyat organlari.

1. O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi ho ki miyatning yagona tizimiga nimalar kirishini toping?

1. Vazirlar Mahkamasi; 2. vazirliklar; 3. davlat qo‘mitalari; 4. boshqaruv funksiyasini amalga

oshiruvchi agentliklar, konsern va uyushmalar; 5. viloyat, tuman va shahar hokimliklar

A) 1,2,3 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 1,2,3,4,5

2. O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatni … amalga oshiradi.

A) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi B) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi C) vazirliklar D) viloyat, tuman va shahar hokimliklar

3. O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining taqdimiga binoan, qaysi organ tasdiqlaydi?

A) Konstitutsiyaviy sud B) Oliy sud C) Oliy Majlis D) Vazirlar Mahkamasi

4. Vazirlar Mahkamasi bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga oladi, ya’ni ….?

1. iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni; 2. O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari; 3. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi.

A) Faqat 1 B) Faqat 1 va 2 C) 1,2,3 D) Faqat 3

5. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida … oldida javobgar hisoblanadi.

A) Oliy Majlis B) O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti

C) Oliy sud D) to’g’ri javob A va B

6. Oliy Majlis yangi saylanishi bilan Vazirlar Mahkamasi …?

A) ham yangidan tuziladi B) iste’foga chiqadi C) umuman o’zgarmaydi D) TJY

7. O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri to’g’risida Konstitutsiyaning nechanchi moddasida keltirilgan?

A) 89-modda B) 98-modda C) 97-modda D) 95-modda

8. Qaysi buyuk mutaffakir olim, har qanday jamiyat, davlat ma’lum adolatni himoya etuvchi, qonunlar asosida idora etiladigan, adolatsizlikka yo‘l qo‘yilmaydigan qonun ustuvor bo‘lgan adolatli jamiyat ta’limotini yaratishga, uni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan?

A) Abu Rayhon Beruniy B) Abu Nasr Farobiy

C) Abu Ali ibn Sino D) Alisher Navoiy

9. Hukumat – so‘zlovchi qonun, qonun esa gung hukumatdir. Ushbu jumla kimga tegishli?

A) Sitseron Mark Tulliy B) Aristotel C) Aristobul D) Abu Nasr Farobiy

10. Vazirlar Mahkamasi yana qanday vazifalarni bajaradi?

1. Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi; 2. yagona moliya, pul-kredit

siyosati yuritilishini ta’minlaydi; 3. mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi; 4. madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi; 5. qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xusu siy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,5

15-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasisud tizimi.

1. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.

Ushbu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida berilgan?

A) 106-modda B) 105-modda C) 116-modda D) 112-modda

2. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadigan organni aniqlang?

A) Oliy Majlis B) Sud hokimiyati C) Ijro etuvchi hokimiyat D) OAV

3. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanishi haqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida berilgan?

A) 113-modda B) 111-modda C) 106-modda D) 112-modda

4. Sud idoralarining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanishi, Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilishidan tashqari yana qanday huquqiy hujjatlarida belgilab qo’yilgan?

A) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida

B) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining hujjatlarida

C) BMT tomonidan qabul qilingan “Sud idoralarining mustaqilligiga oid asosiy tamoyillar” nomli xalqaro huquqiy hujjatda

D) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarida

5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi.

Ushbu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida berilgan?

A) 106-modda B) 108-modda C) 116-modda D) 112-modda

6. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish asosan qaysi tilda olib boriladi?

A) o’zbek tilida B) qoraqalpoq tilida

C) ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda D) Barcha javoblar to’g’ri

7. O’zbekiston qonunchiligida sudyalarning vakolati necha yil etib belgilangan?

A) 2,5 B) 5 C) 7 D) 10

8. O‘zbekiston Respublikasi sud tizimining xalqaro andozalarga mos ekanligini tasdiqlovchi jihatlaridan biri – bu…

A) aybsizlik prezumpsiyasi B) odil sudlovni amalga oshirish

C) demokratlashtirish D) liberallashtirish

9. Sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish bo‘yicha so‘nggi yillarda olib borilgan ishlar to’g’risida berilgan qatorni aniqlang?

A) sud-tergov faoliyatida tergov jarayonida, jabrlanuvchi, guvoh, gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha (agar aniq isbot bo‘lmasa) qaror qabul qilish taqiqlandi

B) Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudlari birlashtirildi va ular asosida fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sohalarda sud ishlarini yuritish bo‘yicha sud hokimiyatining birlashgan organi yaratildi

C) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi va uning vazifasi qilib sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashish belgilandi

D) Barcha javoblar to’g’ri

10. Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug‘iladi. Ushbu jumla kimga tegishli?

A) Abu ibn Tolib B) Monteskiyo C) Sitseron D) Mark Tulliy

11. Amir Temur davlatida odil sudlovni amalga oshirish uchun sud tizimini nechta sohaga bo’lgan?

A) uchta B) to’rtta C) ikkita D) yettita

12. Amir Temur davlatida fuqarolik sudini kim boshqargan?

A) islom qozisi B) aholi qozisi C) Lashkar qozisi D) xizmatchilar qozisi

13. Amir Temur davlatida harbiy sudni kim boshqargan?

A) islom qozisi B) aholi qozisi C) Lashkar qozisi D) xizmatchilar qozisi

14. Amir Temur davlatida shariat sudini kim boshqargan?

A) islom qozisi B) aholi qozisi C) Lashkar qozisi D) xizmatchilar qozisi

15. Amir Temur davlatida amaldorlar sudini kim boshqargan?

A) islom qozisi B) aholi qozisi C) Lashkar qozisi D) xizmatchilar qozisi

16. Amir Temur saltanatida taxt vorislari ustidan hukmni kim chiqargan?

A) islom qozisi B) aholi qozisi C) amirning o’zi D) xizmatchilar qozisi

17. Qaysi organ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini sharhlash huquqiga ega?

A) Oliy sud; B) Konstitutsiyaviy sud; C) Ichki ishlar vazirligi; D) Prokuratura

18. Sud o‘rganlarining o‘z vazifalarini samarali bajarishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish majburiyati . ning zimmasidadir.

A) Konstitutsion sud; B) Vazirlar Mahkamasi; C) davlat; D) xalqaro tashkilotlar.

16-Mavzu: Axloq va huquq.

1. Kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi talab va qoidalar yig‘indisi – bu … ?

A) Axloq B) huquq C) davlat D) jamiyat

2. … xulq-atvor normalari yoki qoidalari yig‘indisidan iboratdir.

A) huquq B) axloq C) davlat D) jamiyat

3. Kimningdir uy-joyga bo‘lgan yoki biror-bir mulkka nisbattan bo‘lgan huquqi nima deb ataladi?

A) subyektiv huquq B) obyektiv huquq C) huquqiy norma D) huquqqa zidlik

4. Huquqiy funksiyalar necha xil vazifani bajaradi?

A) 2 B) 4 C) 6 D) 3

5. …– huquq normalarining yig‘indisi.

A) subyektiv huquq B) obyektiv huquq C) huquqiy norma D) huquqqa zidlik

6. Huquq funksiyasining qaysi vazifasi: Huquqiy muhofaza va yuridik mas’uliyat choralarini, ularni qo‘llash tartibini o‘rnatadi.

A) tartibga solish B) tarbiyalash C) qo’riqlash D) to’g’ri javob yo’q

7. Huquq funksiyasining qaysi vazifasi: Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni va alohida
shaxs xulq-atvorini kerakli yo‘nalishga soladi.

A) tartibga solish B) tarbiyalash C) qo’riqlash D) to’g’ri javob yo’q

8. Huquq funksiyasining qaysi vazifasi: Zarur bo‘lganda majburlash uslubini, hatto jazolashni ham
nazarda tutadi.

A) tartibga solish B) tarbiyalash C) qo’riqlash D) to’g’ri javob yo’q

9. Qaysi qatorda Axloq va huquqning asosiy farqlari ko’rsatilgan?

A) huquq davlat tomonidan belgilangan bo‘ladi, axloq esa davlatning yordamisiz o‘z-o‘zidan shakllanadi

B) huquq davlat irodasini, axloq esa jamiyat a’zolarining fikri

C) huquq normalari, zarur hollarda, davlatning majburlov kuchi orqali, axloq normalari esa jamoatchilik fikri orqali qaror topadi

D) barcha javoblar to’g’ri

17-Mavzu: Huquq normalari.

1. … – bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi.

A) Huquq normasi B) Huquqiy ong C) Huquqiy madaniyat D) aybsizlik]

2. Huquqiy norma tuzilishiga ko‘ra nechtaga bo’linadi?

A) 2 B) 4 C) 5 D) 3

3. Huquq normasining asosiy vazifasi – bu …?

A) ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish B) iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish

C) siyosiy munosabatlarni tartibga solish D) xalqaro munosabatlarni tartibga solish

4. Qaysi huquqiy norma elementida harakatga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bayon etiladi?

A) dispozitsiya B) sanksiya C) gipoteza D) norma

5. Qaysi huquqiy norma elementida xulq-atvor qoidalarining o‘zi ifodalanib, huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi?

A) dispozitsiya B) sanksiya C) gipoteza D) norma

6. Qaysi huquqiy norma elementida huquq normalari bajarilmagani uchun davlat tomonidan
qo‘llaniladigan majburlov chorasi bayon etiladi?

A) dispozitsiya B) sanksiya C) gipoteza D) norma

7. Dispozitsiya – bu …?

A) lotin tilidan olingan bo‘lib, bayon qilish degan ma’noni anglatadi.

B) yunon tilidan olingan bo‘lib, bayon qilish degan ma’noni anglatadi.

C) yunoncha so‘z bo‘lib, faraz qilish, fikr yuritish degan ma’noni anglatadi

D) lotin tilidan olingan bo‘lib, majburiy chora degan ma’noni anglatadi

A) lotin tilidan olingan bo‘lib, bayon qilish degan ma’noni anglatadi.

B) yunon tilidan olingan bo‘lib, bayon qilish degan ma’noni anglatadi.

C) yunoncha so‘z bo‘lib, faraz qilish, fikr yuritish degan ma’noni anglatadi

D) lotin tilidan olingan bo‘lib, majburiy chora degan ma’noni anglatadi

A) lotin tilidan olingan bo‘lib, bayon qilish degan ma’noni anglatadi.

B) yunon tilidan olingan bo‘lib, bayon qilish degan ma’noni anglatadi.

C) yunoncha so‘z bo‘lib, faraz qilish, fikr yuritish degan ma’noni anglatadi

D) lotin tilidan olingan bo‘lib, majburiy chora degan ma’noni anglatadi

10. “Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa,
eng kam oylik ish haqining ellik barobaridan yuz barobarigacha miqdorda jari ma yoki uch yilgacha axloq

tuzatish ishlari, yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi” Ushbu JKning nechanchi moddasidan olingan?

A) 103-modda B) 250-modda C) 203-modda D) 147-modda

11. Huquq normasining qanday belgilari mavjud?

1. davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi;

2. davlat tomonidan normativ hujjatlarda aks ettiriladi; 3. davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo‘lgan hollarda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi;

4. jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi.

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4

12. Biz kundalik turmush tarzimizda ta’sir ko’rsatayotgan xalqaro huquqiy hujjatlar berilgan qatorni to’g’ri toping?

A) Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi; Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya

B) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt; Ishga qabul qilishning minimal yoshi to‘g‘risidagi konvensiya

C) Texnik va kasb ta’limi bo‘yicha konvensiya; Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya

D) Barcha javoblar to’g’ri

13. Ozod bo‘lish uchun qonunlarning quliga aylanishga to‘g‘ri keladi. Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Mark Krass B) Yuliy Sezar C) Sitseron Mark Tulliy D) ibn Sino

Qiziqarli malumotlar
8-sinf maktab darsliklar