8 sinf jahon tarixi 2018 pdf

8 sinf jahon tarixi 2018 pdf

26-Fransiyada ikkinchi imperiyaning o’rnatilishi (16)

Jahon tarixi 8-sinf

Android Application Jahon tarixi 8-sinf, Разработанный Turkiston, Перечислен В Категории Книги И Справочники. Текущая Версия 1.0.0, Выпущенная На 26/07/2018 . Согласно Google Play Jahon tarixi 8-sinf, Достигнуто Более 88 Тысяча. Jahon tarixi 8-sinf В Настоящее Время Имеет Рейтинги 178 Со Средней Номинальной Стоимостью 3.7

Cholpon Publishing House Tashkent – 2014 UOK: 94 (100) e. Халиков – профессор, доктор исторических наук, профессор.
рецензенты:
a. Хазратов – доктор исторических наук;
s. Мирзакходжаев – кандидат в исторические науки;
n. Mustafoyeva – кандидат от исторических наук;
m. Kholboyeva – методист RTM.

В Настоящее Время Мы Предлагаем Версию 1.0.0. Это Наша Последняя, ​​самая Оптимизированная Версия. Это Подходит Для Многих Разных Устройств. Бесплатно Скачать Непосредственно Apk Из Google Play Store Или Других Версий. Более Того, Вы Можете Скачать Без Регистрации И Не Требуется Входа В Систему.

У Нас Есть Более 2000+ Доступных Устройств Для Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet . С Таким Количеством Вариантов, Вам Легко Выбрать Игры Или Программное Обеспечение, Которое Соответствует Вашему Устройству.

Это Может Пригодиться, Если Есть Какие -Либо Страновые Ограничения Или Какие -Либо Ограничения Со Стороны Вашего Устройства В Google App Store.

8-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan

Mazkur 8-sinf jahon tarixi fanidan tuzilgan
mavzulashtirilgan test savollari to’plamini
www.Shuhratbek.uz
sayti muallifining yozma
ruxsatisiz chop etishingiz, to’plamdan nusxa
kо’chirishingiz, to’plamdagi ma’lumotlarni
boshqa saytlarda chop etishingiz, yoki to’plamni
uchinchi shaxslarga berishingiz ta’qiqlanadi.

HURMATLI FOYDALANUVCHI!

001-Kirish_Buyuk geografik kashfiyotlar (26)

002-Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi (15)

003-Yangi davr boshlarida G’arbiy Yevropa davlatlari (19)

004-Yevropada reformatsiya (12)

005-Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi (19)

006-Fransiyada mutlaq monarxiya (23)

007-XVI-XVII asrlarda Rossiya (23)

008-Niderlandiya inqilobi (20)

009-Uyg’onish davri (24)

010-Ilm-fan taraqqiyoti (22)

011-Angliyada burjua inqilobining boshlanishi (20)

012-Angliyada fuqarolar urushi va uning oqibatlari (24)

013-Angliyaning dunyoda birinchi sanoat mamlakatiga ay

014-Amerika Qo’shma Shtatlarining tashkil topishi (26)

015-Buyuk Fransuz inqilobi va monarxiyaning tugatilishi (17)

016-Buyuk Fransuz inqilobi yakunlari va tarixiy ahamiyati (18)

017-XVI-XVIII asrlarda Germaniya imperiyasi (27)

018-Rossiya imperiyasining tashkil topishi (36)

19-XVI-XVIII asrlarda Hindiston (22)

20-XVI-XVIII asrlarda Xitoy (16)

21-XVI-XVIII asrlarda Yaponiya (25)

22-XVI-XVIII asrlarda Usmonli turklar imperiyasi (19)

23-XVI-XVIII asrlarda Eron (32)

24-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Buyuk Britaniya (20)

25-Fransiyada Birinchi imperiya va uning halokati (36)

26-Fransiyada ikkinchi imperiyaning o’rnatilishi (16)

27-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Germaniya va Italiya (14)

28-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Rossiya (23)

29-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Amerika Qo’shma Shtatlari (16)

030-Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi (33)

031-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Hindiston (8)

032-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Xitoy (17)

33- XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Yaponiya (16)

34-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Usmonli turklar imperiyasi (22)

35-XVI- XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Afg’oniston (32)

36-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Eron (21)

37-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Afrika xalqlari (23)

38-Yevropada XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda ijtimoiy harakatlar (15)

39-Ilm-fan taraqqiyoti (26)

40-Adabiyot va san’at (17)

8-SINF JAHON TARIXI
(870 TA TEST SAVOLLARI)

001-Kirish_Buyuk geografik kashfiyotlar (26)

Testlar
1. Industrial jamiyatning G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada qaror topa borishi qaysi asrlarni
o’z ichiga oladi?
A) XVI-XIX asrlar
B) XVII-XIX asrlar
C) XV-XIX asrlar
D) XV-XVIII asrlar
2. Buyuk geografik kashfiyotlar amalga oshirilgan davrni aniqlang.
A) XVI asr boshi -XVII asr boshlari
B) XV asr oxiri -XVII asr o’rtalari
C) XVI asr boshlari -XVIII asr oxiri
D) XV asr boshlari -XVIII asr boshlari
3. Xristofor Kolumb qayerlik bo’lgan?
A) Madridlik
B) Venetsiyalik
C) Florensiyalik
D) Genuyalik
4. Xristofor Kolumb tug’ilgan yil.
A) Hindistonga Atlantika okeani orqali dengiz yo’li ochildi
B) Kamoliddin Behzod tug’ildi
C) Kabral Braziliyani kashf qildi
D) Muhammad Shayboniyxon tavallud topdi
5. Jamiyatning xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik tartiblariga asoslangan shakli
qanday nomlanadi?
A) neokonservatizm
B) imperializm
C) kapitalizm
D) sotsializm
6. Osiyoda yangi jamiyat, ya’ni kapitalizmni shakllanishi nima uchun uzoq davrni qamrab olgan
edi?
A) Osiyoda an’anaviy jamiyatning hukm surganligi
B) Osiyoda tarqoqlikning mavjudligi
C) Osiyoda ilmli odamlarning kam bo’lganligi
D) Osiyoning dengiz yollaridan uzoqligi
7. Odamzod insoniyatning butun tarixi davomida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyligining necha
foizini XVI-XX asrlarda yaratgan edi?
A) 50
B) 80
C) 90
D) 60
8. XIX asr 60-yillari oxirlariga kelib……
A) G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada burjua inqiloblari bo’lib o’tdi
B) G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada mulkchilikning yangi shakli vujudga keldi
C) Osiyoda burjua inqiloblari nihoyasiga yetdi
D) G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada sanoat inqilobi nihoyasiga yetdi
9. Buyuk geografik kashfiyotlarning eng asosiy sababi nimada edi?
TEST SAVOLLAR

A) Yangi yerlarni ochishga bo’lgan talab
B) Turklarning Konstantinopolni egallashi
C) Yevropalik aholining mol-dunyoga o’chligi
D) Yevropada tovar ishlab chiqarishning o’sishi
10. Buyuk geografik kashfiyotlarning asosiy tashabbuskorlari qaysi davlat dengizchilari bo’lishgan
edi?
A) Angliya va Ispaniya
B) Fransiya va Portugaliya
C) Angliya va Italiya
D) Ispaniya va Portugaliya
11. X.Kolumbning Hindistonga g’arb tomondan borish mumkinligi to’g’risidagi taxminlari kim
tuzgan xaritaga asoslangan edi?
A) Kabral
B) Toskanelli
C) Valdzemyuller
D) Torichelli
12. Ispaniya qiroli va X.Kolumb o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan….
A) Kolumb yangi ochilgan yerlardan keladigan daromadning 1/10 qismiga egalik qiladigan bo’ldi
B) Kolumb yangi ochilgan yerlar bilan olib boriladigan savdoning 1/8 biriga egalik qiladigan bo’ldi
C) hamma javob to’g’ri
D) Kolumb yangi ochilgan yerlarning vitse-qiroli etib tayinlanadigan bo’ldi
13. “Muqaddas Xaloskor” nomi bilan mashhur bo’lgan orolni belgilang.
A) San Barbados
B) San Xose
C) San Domingo
D) San Salvador
14. Kolumb tomonidan ochilgan yangi hududlarni Hindiston emas, Yangi qit’a ekanligini isbotlab
bergan shaxsni aniqlang.
A) A.Kabral
B) A.Vespuchchi
C) V.Torres
D) Valdzemyuller
15. Yangi dunyoni A.Vespuchchi nomi bilan Amerika deb atalishini kim taklif qilgan edi?(1507
yilda)
A) L.V.Torres
B) F.Magellan
C) A.Kabral
D) Valdzemyuller
16. 1515 yilda Yangi dunyo Amerika deb atalgan birinchi globus qayerda yaratilgan edi?
A) Fransiya
B) Germaniya
C) Ispaniya
D) Italiya
17. Qachondan boshlab barcha xaritalardan Kolumb kashf etgan hududlarni ‘Amerika” deb atash
rusum bo’ldi?
A) 1569-yildan
B) 1574-yildan
C) 1563-yildan
D) 1570-yildan
18. 1519-1522-yillarda kim boshchiligidagi ekspeditsiya dunyo aylana birinchi sayohatni amalga
oshirdi?
A) V.Gama

B) F.Magellan
C) X.Kolumb
D) V.Torres
19. L.V.Torres tomonidan Avstraliya kashf qilingan yilni aniqlang.
A) 1609 yil
B) 1600 yil
C) 1607 yil
D) 1605 yil
20. Admiral so’zi qaysi tildan olingan?
A) arab
B) italyan
C) lotin
D) fransuz
21. Dunyo bo’ylab birinchi dengiz sayohatini kim va qachon amalga oshirgan edi?
A) Vasko da Gama (1498-99 yillar)
B) F.Magellan (1519-22 yillar)
C) A.Tasman (1642-44 yillar)
D) B.Diash (1486-87 yillar)
22. Abu Rayhon Beruniy o’zining qaysi asarida Amerika qit’asi mavjudligini taxmin qilgan edi?
A) “Mineralogiya”
B) “ Kitob suratul arz”
C) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
D) “Hindiston”
23. Amerika kashf qilingan kun sifatida nishonlanadigan kunni aniqlang.
A) 17 oktyabr
B) 24 oktyabr
C) 12 oktyabr
D) 6 avgust
24. Osiyo qit’asi qirg’oqlari Atlantika okeanining g’arbiy sohilida deb hisoblagan olimni aniqlang.
A) A.VespuchcM
B) P.Toskanelli
C) M.Valdzemyuller
D) G.Gallom
25. 1499-1501-yillarda portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etgan
olimni aniqlang.
A) L.V.Torres
B) X.Kolumb
C) A.Vespuchchi
D) Vasko da Gama
26. X.Kolumb yangi ochiladigan yerdan olinadigan daromadning qanchasiga egalik qilishi kerak
edi?
A) 1/4 qismiga
B) 1/5 qismiga
C) 1/10 qismiga
D) 1/8 qismiga

002-Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi (15)

Testlar
1. Ispaniya qiroli mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab qo’yuvchi qonun chiqargan
sanani aniqlang.
A) 1512 yil
B) 1569 yil
C) 1518 yil
D) 1522 yil
2. Qachondan boshlab mustamlakachi davlatlar Afrikadan Amerikaga qullar olib kela boshlagan
edilar?
A) XVI asr oxirlaridan
B) XVI asr o’rtalaridan
C) XVII oxirlaridan
D) XVII asr boshlaridan
3. Yangi yerlarni egallashda konkista siyosati olib borilgan yillarni aniqlang.
A) 1550 yildan–XVII asr o’rtalarigacha
B) 1510 yildan–XVII asr o’rtalarigacha
C) 1500 yildan-XVII asr boshlarigacha
D) 1520 yildan–XVII asr boshlarigacha
4. Ispaniya tomonidan 1679-yilga kelib qaysi davlat hududi to’liq bo’sib olingan edi?
A) Peru davlati
B) Inklar davlati
C) Virginiyani
D) Mayyalar davlati
5. Yangi Ispaniya vitse-qirollarigiga kirmagan hududni aniqlang.
A) Markaziy Amerika
B) Chili
C) Meksika
D) Karib dengizi orollari
6. Ispanlar tomonidan tashkil etilgan Peru vitse-qirolligiga kirmagan hududni belgilang.
A) Ekvador
B) Boliviya
C) Braziliya
D) Kolumbiya
7. Yangi Ispaniya va Peru vitse-qirollari necha yil muddatga saylanganlar?
A) 6 yil
B) 3 yil
C) 4 yil
D) 5 yil
8. Ispaniya mustamlakalarida boshqaruvchi etib tayinlangan vitse-qirollarga nimalar taqiqlangan
edi?
A) tadbirkorlik bilan shug’ullanish
B) hamma javoblar to’g’ri
C) ko’chmas mulk sotib olish
D) oilasini olib ketish
9. Ispaniya mustamlakalari bilan olib boriladigan savdo qanday tashkilot tomonidan nazorat
qilingan?
A) Pan Ispaniya savdo kengashi
B) Vest Indiya kompaniyasi
C) Sevilya savdo palatasi

D) Hindiston kengashi
10. Ispaniya Filippin orollari ustidan hokimiyatni o’rnatgan yilni aniqlang.
A) 1532 yil
B) 1518 yil
C) 1522 yil
D) 1529 yil
11. Portugaliya dengiz sayyohi Kabral 1500 yilda…..ni kashf qildi va uni Portugaliya qiroli mulki
deb e’lon qildi.
A) Gvatemala
B) Indoneziya
C) Braziliya
D) Gaiti
12. Ispaniyaning “Yengilmas Armada”si ingliz floti tomonidan tor-mor qilingan sanani aniqlang.
A) 1588 yil
B) 1592 yil
C) 1578 yil
D) 1582 yil
13. Inglizlarning Shimoliy Amerikadagi birinchi mustamlakasini aniqlang.
A) Jorjiya
B) Virginiya
C) Nyu York
D) Meriland
14. Konkista so’zining ma’nosini aniqlang.
A) metropoliya
B) katta flot
C) zabt etish, bosib olish
D) mustamlaka
15. Angliyada Hindiston va boshqa mustamlakalar bilan aloqa olib borish uchun Ost-Indiya
kompaniyasi tashkil etilgan sanani aniqlang.
A) 1609 yil
B) 1600 yil
C) 1605 yil
D) 1607 yil

003-Yangi davr boshlarida G*arbiy Yevropa davlatlari (19)

Testlar
1. XVI-XVII asrlarda butun aholining necha foizini dehqonlar tashkil etgan?
A) 65 foizini
B) 88 foizini
C) 70 foizini
D) 98 foizini
2. Yevropa aholisi 1650 yilda qanchani tashkil etgan edi?
A) 100 million
B) 300 million
C) 200 million
D) 150 million
3. XVII asr o’rtalariga kelib kimlar burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylangan edilar?
A) korxona egalari va brokerlar
B) savdogar-negosiantlar va bankirlar
C) dilerlar va savdogar-sayyohlar
D) bankirlar va sanoat egalari
4. Nechanchi asrga kelib o’rta asr yarmarkalari o’z ahamiyatini yo’qotdilar?
A) XVI asr
B) XVIII asr
C) XVI asr
D) XVII asr
5. Yangi tarix davrida jahon savdosining markaziga aylangan davlatlarni aniqlang.
A) Fransiya va Gollandiya
B) Angliya va Gollandiya
C) Ispaniya va Portugaliya
D) Angliya va Ispaniya
6. Angliyaga paxta olib kelish huquqi qaysi kompaniyaga tegishli edi?
A) Levantiya
B) Moskva
C) Vest-Indiya
D) Ost-Indiya
7. Angliyaga qalampir olib kelish huquqi qaysi kompaniyaga berilgan edi?
A) Vest-Indiya
B) Levantiya
C) Moskva
D) Ost-Indiya
8. Angliyaning Rossiya bilan savdo olib boruvchi kompaniyasini aniqlang.
A) Ost-Indiya
B) Moskva
C) Vest-Indiya
D) Levantiya
9. Ost-Indiya hududlari bu –
A) Hindiston hududi
B) Shimoliy Amerika davlatlari
C) Janubiy Amerika davlatlari
D) Karib dengizi orollari
10. Vest-Indiya hududlari bu-.
A) Shimoliy Amerika davlatlari
B) Karib dengizi orollari

C) Hindiston hududi
D) Janubiy Amerika davlatlari
11. XVII asr boshlarida Angliya savdo kompaniyalari qaysi hududlarda o’z nazoratlarini
o’rnatdilar?
A) Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hindistongacha
B) Hindistondan Rossiyagacha, Erondan Shvetsiyagacha
C) Germaniyadan Rossiyagacha, Erondan Shvetsiyagacha
D) Turkiyadan Vest-Indiya orollarigacha, Gretsiyadan Xitoygacha
12. XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarish qaysi davlatlarda xo’jalikning asosiy shakliga
aylandi?
A) Angliya va Fransiyada
B) Germaniya va Angliyada
C) Fransiya va Gollandiyada
D) Angliya va Gollandiyada
13. XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarish qaysi davlatda rivojlanish bosqichiga kirdi?
A) Fransiya
B) Shvetsiya
C) Germaniya
D) Rossiya
14. Lotincha “taqsimlanadigan narsa” ma’nosini beradigan atamani aniqlang.
A) patent
B) monopoliya
C) negosiant
D) dividend
15. Yangi davrda ulgurji savdo bilan shug’ullanadigan savdogarlar nima deb atalgan?
A) oligarxiya
B) monopolist
C) negosiant
D) sindikalist
16. Yunoncha “tanho sotaman” ma’nosini beruvchi so’zni aniqlang.
A) monopoliya
B) negosiant
C) dividend
D) patent
17. 1607 yilda o’z aksiyadorlariga 500% miqdorida dividend to’lagan kompaniyani aniqlang.
A) Levantiya
B) Moskva
C) Vest-Indiya
D) Ost-Indiya
18. Mortira bu –
A) to’pponcha turi
B) artilleriya turi
C) tirgakka qo’yib otiladigan miltiq turi
D) shaharlarni himoyalovchi devor
19. Lotincha “ochiq, aniq ravshan” ma’nosini beruvchi so’zni aniqlang.
A) monopoliya
B) patent
C) negosiant
D) dividend

004-Yevropada reformatsiya (12)

Testlar
1. Reformatsiya bu…..
A) hamma javob to’g’ri
B) ijtimoiy harakat bo’lgan
C) dastlab Germaniyada, keyinchalik boshqa hududlarga tarqalgan harakat
D) xristian katolik cherkovini isloh qilishga qaratilgan harakat bo’lgan
2. XVI asrda markazlashgan Angliya va Fransiyadan farqli o’laroq.
A) Germaniyada parlament hokimiyati mavjud
B) Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surar edi
C) Germaniyada yagona imperator hokimiyati mavjud edi
D) Germaniyada yagona din o’rnatilmagan edi
3. Germaniyada imperatorni saylab qo’yadigan 7 ta knyazdan nechtasi arxiyepiskop edi?
A) 2 tasi
B) 3 tasi
C) 4 tasi
D) 5 tasi
4. Quyidagi qaysi davlatda hukmdorni 7 ta knyazdan saylashgan?
A) Germaniyada
B) Fransiyada
C) Rossiyada
D) Angliyada
5. Martin Lyuter qaysi universitetning ilohiyot professori bo’lgan?
A) Vittenberg
B) Nyurenberg
C) Drezden
D) Berlin
6. Qachon Martin Lyuter o’zining “95 tezis” deb nomlangan xitobnomasini cherkov eshigiga
yopishtirib qo’ydi?
A) 1520-yilda
B) 1525-yilda
C) 1530-yilda
D) 1517-yilda
7. Martin Lyuter o’zining xitobnomasida nimani qattiq qoralagan edi?
A) Germaniyaning tarqoqligini
B) cherkovning 1/10 solig’ini
C) indulgensiya savdosi
D) Rim papasi hokimiyatini
8. Germaniyada 1524-yilda boshlangan dehqonlar qo’zg’oloniga kim boshchilik qilgan edi?
A) Tomas Myunser
B) Martin Lyuter
C) Karl Gebbelshtorf
D) Tomas Lyuter
9. Qachon Germaniya Reyxstagi Lyuterchi knyazlar talabi bilan har bir nemiz knyazi o’zi va
fuqarolari uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi?
A) 1529 yil
B) 1555 yil
C) 1526 yil
D) 1538 yil
10. Protestant knyazlar va Rim papasi o’rtasida bitim tuzilgan sanani aniqlang.

A) 1529 yil
B) 1555 yil
C) 1526 yil
D) 1538 yil
11. Tezis so’zining ma’nosi….
A) qoida, isbot
B) dasturulamal
C) masala, muammo
D) xitobnoma
12. Xristian dinida XVI asrda vujudga kelgan yo’nalishni aniqlang.
A) yulianlik
B) protestantlik
C) gregorianlik
D) nestorianlik

005-Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi (19)

Testlar
1. Angliyada qaysi hukmdor davrida butun mamlakat yagona markaz – Londonga bo’ysundirilgan
edi?
A) Mariya
B) Elizaveta I
C) Yakov I
D) Genrix VIII
2. Mutlaq monarxiya birikmasi quyidagi qaysi atamaga to’g’ri keladi?
A) absolutizm
B) oligarxiya
C) tiraniya
D) diktatura
3. Angliya qiroli Genrix VIII Tyudor hukmdorlik yillarini aniqlang.
A) 1507-1549-yillar
B) 1509-1547-yillar
C) 1517-1549-yillar
D) 1525-1549-yillar
4. XVI asrda Angliyada qaysi masaladagina parlamentning roziligi shart deb qo’yilgan edi?
A) diniy masalalarni hal qilish
B) dengizorti mustamlakalarni bosib olishga ruxsat berish
C) yangi soliq joriy qilish
D) urush e’lon qilish
5. Ingliz qirollarining parlamentning har qanday qarorini taqiqlab qo’yish imkonini beradigan
huquqi qanday nomlangan?
A) cheklov huquqi
B) kvorum huquqi
C) reks populiya huquqi
D) veto huquqi
6. Angliyada mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini qaysi organ belgilar edi?
A) Maxfiy Kengash
B) Lordlar palatasi
C) Parlament
D) Oliy Sud
7. Angliyada Tyudorlar sulolasi davrida amalga oshmagan voqeani belgilang.
A) Buyuk Britaniya tashkil topdi
B) mutlaq monarxiya kuchaydi
C) reformatsiya bo’lib o’tdi
D) dengizda Angliya hukmronligi o’rnatildi
8. Angliyada reformatsiyani amalga oshirgan qirolni aniqlang.
A) Genrix VIII
B) Mariya
C) Yakov I
D) Elizaveta I
9. Angliyadagi protestant cherkovi qanday nom bilan ataladi?
A) puritanlik
B) kalvinizm
C) anglikan
D) lyuterchilik
10. Angliyada kontrreformatsiyani amalga oshirishga uringan qirolni aniqlang.

A) Yakov I
B) Elizaveta I
C) Mariya
D) Genrix VIII
11. Angliyada kontrreformatsiya davrida ko’pchilik protestantlar qayerga qochib ketishga majbur
bo’lgan edilar?
A) Fransiya va Daniyaga
B) Germaniya va Fransiyaga
C) Gollandiya va Germaniyaga
D) Shveytsariya va Germaniyaga
12. Ingliz qirolichasi Yelizaveta I ning hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1558-1605 yillar
B) 1556-1603 yillar
C) 1556-1600 yillar
D) 1558-1603 yillar
13. Ingliz qirollaridan qay biri “Cherkov va dunyoviy ishlarning oliy hukmdori” degan unvon olgan
edi?
A) Yelizaveta I
B) Yakov I
C) Genrix VIII
D) Mariya
14. Yelizaveta I ning o’limidan keyin Angliyada qaysi sulola taxtga keldi?
A) Gabsburglar
B) Vindzorlar
C) Stuartlar
D) Gogensollernlar
15. Angliyaning XVI asrdagi ashaddiy raqibi bo’lgan davlatni aniqlang.
A) Ispaniya
B) Fransiya
C) Gollandiya
D) Germaniya
16. Angliya qirolichasi Yelizaveta I ni qaysi qirol “shakkok” deb atar edi?
A) Gollandiya hukmdori Vilgelm Oranskiy
B) Ispaniya qiroli Filip II
C) Germaniya imperatori Karl V
D) Fransiya qiroli Genrix III
17. Angliya uchun XVI asr qanday yakunlandi?
A) Angliyaning dengizda Ispaniyaga hukmronlikni berib qo’yishi bilan
B) Angliyada cheklangan monarxiya o’rnatilishi bilan
C) Angliyaning kontrreformatsiya amalga oshishi bilan
D) Angliyaning Yevropaning buyuk davlati va dengiz hukmdoriga aylanishi bilan
18. Yelizaveta I davrida Angliya Ispaniyaga qarshi qo’zg’olon ko’tarilgan qaysi davlatni qo’llab-
quvvatlagan edi?
A) Shotlandiya
B) Belgiya
C) Gollandiya
D) Fransiya
19. Angliya taxtiga chiqishidan oldin Yakov VI Stuart qaysi davlat qiroli edi?
A) Fransiya
B) Shotlandiya
C) Belgiya
D) Gollandiya

Qiziqarli malumotlar
8 sinf jahon tarixi 2018 pdf