8 sinf huquq fanidan dars ishlanmalari

8 sinf huquq fanidan dars ishlanmalari

6. Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa)

Dars ishlanmasiga qo`yilgan talab va ijrosi o`quv jarayonida bajarilish tahlili

O`qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir. Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir.

Shunday ekan, har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish, o`quvchilarga yaxshi ta’lim-tarbiya berish tashkil etadi.

O`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:
1. O`qituvchining o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
2. O`qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.

O`qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo`lib, o`quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:

  • Davlat ta’lim standarti (DTS), o`quv dasturi, o`quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o`rganib chiqish;
  • O`zi dars beradigan o`quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
  • tegishli ko`rgazma materiallarni, o`quv-jihozlarini o`rganish, ularni qo`llay bilish;
  • ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish, tahlil qilish orqali o`z bilimini kengaytirish;
  • kompyuter texnikasidan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, “ZiyoNet” axborot ta’lim portaliga joylangan ma’lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.

O`qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir.
Darsga tayyorgarlik ko`rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.

2-bosqich: DTS va o`quv dasturidan o`tilayotgan mavzu yuzasidan o`quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko`nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.

3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o`rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.

Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo`yicha alohida-alohida dars ishlanmasi (konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 5-“A”, “B” sinflar deb ko`rsatiladi), fan nomi yoziladi.

Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).

Dars maqsadi (darsga qo`yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan(o`lchamli) bo`lishi maqsadga muvofiq):

a) ta’limiy maqsad – dars jarayonida o`quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko`nikma va malakalar asosida belgilanadi;

b) tarbiyaviy maqsad – dars jarayonida o`quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;

s) rivojlantiruvchi maqsad – dars natijasida o`quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo`lishi mumkin.

Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o`tilayotgan mavzuning o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar.
Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
tashkiliy qism;
o`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);
yangi mavzuni tushuntirish;
yangi mavzuni mustahkamlash;
o`quvchilarni baholash;
uyga vazifa berish.

Dars ishlanmasini tayyorlashda o`qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga olishi maqsadga muvofiq.

Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o`qituvchida bo`lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo`lishi o`qituvchining dars o`tishdagi o`ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul. Bunda hamma o`qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o`rnatib bo`lmaydi.

Agarda o`qituvchi dars berayotgan o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi yuqori bo`lsa, ular turli ko`rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo`lsa, o`qituvchining dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo`l qo`yilmaydi.

Dars ishlanmasi (konspekti) qo`lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o`qituvchi, albatta, o`zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.

Direktorning o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari har bir o`qituvchining dars ishlanmasini ko`rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim(minimum) hujjatlar bo`lishini nazorat qiladi:

  • dars ishlanmasi (konspekti);
  • taqvim-mavzu reja;
  • o`quv dasturi;
  • darslik.

O`qituvchilarning darslarini tahlil qilish – samaradorlikka xizmat qiladi. O`qituvchilarni o`z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillardan biri – muntazam ravishda o`qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir.

O`qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish, ularning pedagogik mahorati, ish tizimi, o`quvchilarining o`zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda o`qituvchilarning o`zaro tajriba almashish imkonini beradi.

Dars tahlili kuzatish va o`rganish shaklida olib boriladi. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo`limi mudirlari, o`rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o`rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 soat, o`qituvchilar tomonidan 1 soat o`qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilangan.

Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, fanga bo`lgan qiziqishlari, o`quv materiallari va jihozlar bilan mustaqil ishlay bilishlari, o`qituvchiga bo`lgan munosabatlari aniqlanib, tahlilga tortiladi. Bunda asosiy mezonlar sifatida o`qituvchi tomonidan dars maqsadining to`g`ri qo`yilganligi, o`quv dasturi asosida dars jarayonini to`g`ri rejalashtirishi, materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy g`oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko`rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.

Unutmangki, sifatli dars – bu, o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilgan dars. Dars boshlangandan keyin hech kimning ushbu jarayonga halaqit berishiga yo`l qo`yilmaydi.

Darsning tahlili quyidagi turlarga bo`linadi:

1.Ilmiy tahlil. 2.Psixologik tahlil. 3.Metodik tahlil. 4.Didaktik tahlil. 5.Umumpedagogik tahlil va boshqa tahlillar (yoki bularning hammasini qamrab oladigan kompleks tahlil).

O`qituvchilarning darslarini tizimli tahlil qilish o`qituvchilarga amaliy-metodik tavsiyalar berishga va natijada dars samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Ta’lim muassasalaridagi fan metodbirlashmalarining asosiy vazifasi o`zaro tajriba almashish asosida ta’lim va tarbiya jarayonining ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida samarali tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.

Fan metodbirlashmalari ta’lim muassasalarida fan oyliklari, ochiq darslar festivallari jarayonida o`tkaziladigan barcha turdagi mashg`ulotlarning asosan o`rganilishi qiyin yoki murakkab bo`lgan mavzular asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.

Har bir fan yo`nalishidagi metodbirlashmalarda “Men o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan mavzular bo`yicha darslarni qanday tashkil etaman?” mavzusidagi ochiq muhokamalar tashkil etiladi.

Fan o`qituvchilari astoydil, vijdonan yondashgan holda “Bilimlar bellashuvi”da o`quvchilarining faol ishtirokini ta’minlaydi. “Ustoz-shogird” tizimida, “O`rgan-o`rgat” tadbirlarida chin yurakdan, faol ishtirok etadilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.

Kimyo fanidan dars ishlanmalar

ifodalashga o’rgatish, kimyoviy til madaniyatini o’stirish.

O’quv jarayonining

Modda, jism kabi tushunchalarini botanika,

fizika fanlaridan olgan bilimlari va kundalik

turmushdan olgan amaliy ko‘nikmalarini yodga

olib, mavzuga bog’lanadi.

O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan

turli jismlar va har-xil moddalardan iborat

bo‘lgan turli jismlar namunalari bilan tanishish.

namunalar haqida bilish.

Osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt namunalari

asosida ularni xossalari bilan tanishish.

Laboratoriya ishi davomida o’quvchilarda kuzatish,

kuzatish natijalarini solishtirish va hulosa qilish

O’quv jarayonini

amalga oshirish

Metod – og’zaki bayon, suxbat, ko’rgazma-namoyishli,

texnologiyasi

Shakl – muloqot texnologiyasi, laboratoriya mashg’uloti.

Vosita–tarqatma matereallar, slaydlar, o’quv-loboratriya

jihozlari (stakanlar, probirkalar, moddalardan namunalar –

osh tuzi, shakar, ko’mir, oltingugurt, ichimlik sodasi, etil

spirti, rux, temir, mis, alyuminiy metallari namunalari, bor)

Usul – ko’rsatish, namoyish qilish, mustaqil ishlash, o’z-

Nazorat – tajriba-tahlil, amaliy-laboratoriya

Baholash – “Tushunchalar tahlili” asosida baholash

Kutiladigan natija

Mavzuni to’liq yoritadi

Amaliy-laboratoriya mashg’ulotiga tayyorlanadi

Mavzu yuzasidan asosiy tushuncha va xossalarni

O’quvchilar tomonidan berilishi mumkin bo’lgan

savollarga atroflicha tayyorlanadi

Tajriba-tahlil asosida oqilona baholaydi

Mavzu bo’yicha yetardi bilim,

Amaliy-laboratoriya ishi mazmuni

bilan tanishadi va uni mustaqil

Tajriba-o’tkazib uni tahlil qilishni

guruhlarda ishlash malakasiga ega

mustaqil jadval to’ldiradi

Kelgusi rejalar

Dars jarayonini tahlil qiladi

O’quvchilarni shu mavzu bo’yicha

bilimlarni qanday o’zlashtirganligini

Qo’shimcha materiallar to’playdi

Keyingi darsni loyihalashtiradi

O’quvchilar tomonidan o’rganilgan mavzu

yuzasidan berilgan savollariga javob

topish uchun izlanadi

Uyga vazifa oladi

internetdan), yig’adi, ularni

taxlil qiladi, o’qiydi,

samarali tashkil qilishga va bilim olish

samaradorligini ko‘tarishga yanada

I chorak 3-DARS. MODDA VA UNING XOSSALARI

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga moddalarning turli-

tumanligi va ularni jismlardan farqi hamda har bir moddani o‘ziga

hos xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.

Moddalardan foydalanish uchun ularning xossalarini bilish

zarurligi o‘quvchilarga tushuntiriladi.

O‘quvchilar jism, modda tushunchalarining mohiyatini hamda

kundalik turmushda ishlatiladigan jism va moddalar, moddalarning

biologic ahamiyatini bilib olishlari kerak.

qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida munozara, savol-javob

usullaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Shuningdek, mavzuni

fizika, biologiya fanlari bilan bog’lab olib borish maqsadga

Darsga zaruriy jihozlar:

Mavzuga doir tarqatma matereallar, slaydlar, o’quv-loboratriya jihozlari –

stakanlar, probirkalar, shisha tayoqcha, moddalardan namunalar – osh

tuzi, shakar, ko’mir, oltingugurt, ichimlik sodasi, etil spirti, rux, temir,

mis, alyuminiy metallari namunalari, bor, darslik.

Dars shakli: Savol-javob, og’zaki bayon, suxbat, tajribalar o

‘tkazish, yakka tartibda ishlash.

Dars o ‘tish rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi. (2 daqiqa)

2.Uyga berilgan “O’zbekiston kimyogarlarining kimyo

faniga qo‘shgan hissalari” mavzusiga oid bilimlarni

tekshirish. (5 daqiqa)

gimnastika”savollari, xotira mashqi orqali oldingi

o’tilgan mavzuni mustahkamlash – 4 daqiqa)

4. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik ma’ruzasi

tushuntiriladi (15 daqiqa)

6. Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa)

7. O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash (2 daqiqa)

8. Uyga vazifa berish (2 daqiqa)

1. O`qituvchining kirish so`zi.

Darsning tashkil etilishi:

a) Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar

tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit

2. Uyga berilgan “O’zbekiston kimyogarlarining kimyo faniga

qo‘shgan hissalari” mavzusiga oid bilimlarni tekshirish.

O‘qituvchi tomonidan “O’zbekiston kimyogarlarining kimyo faniga

qo‘shgan hissalari” mavzuga doir tayyorlangan qisqa savollar beriladi.

1 O’zbekistonlik kimyogar olimlardan kimlarni bilasiz?

2. Tolalarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash nomli yangi

ixtisoslikni qaysi o‘zbek kimyogarlari asoslagan?

3. O.S.Sodiqovning kimyo fani sohasida dunyoga tanitgan qanday ishlari

4. Akademik Y.T.Toshpo‘latov kimyo sanoati sohasining rivojiga qo ‘shgan

ishlsri nimalardan iborat?

O’qituvchi tomonidan har bir savolga javob olishda, berilgan javoblar

to’g’ri noto’g’riligi izohlanib boriladi.

3. O‘quvchilar bilimini tekshirish. (“Aqliy gimnastika” savollari

orqali xotirani sinash)

O‘quvchilar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan

savollarga javob beradilar.

1-savol Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin kimyo

fani va kimyo sanoati sohasida qanday yirik o’garishlar

javob: O’zbekiston o ‘z mustaqilligiga erishgach kimyo fani va

kimyo sanoati rivojlanishi uchun juda katta imkoniyatlar

ochilgan. Natijada Mingbuloq, Ko‘kdumaloq, Sho‘rtan,

va boshqa neft-gaz konlari, yerosti foydali qazilmalari

zahiralaridan oqilona foydalanish orqali sanoat uchun

qimmatbaho bo‘lgan o‘nlab kimyoviy mahsulotlar ishlab

chiqarilish yo‘lga qo‘yildi. Asakada, Samarqandda va

Toshkentda avtomobil, traktorlar va ularni extiyot

qismlari va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish

2 savol Qadimda insoniyat o‘ z extiyojlari uchun kimyoviy

ulardagi o‘zgarishlardan qanday foydalangan?

Javob: Kimyoviy moddalar va ulardan olingan mahsulotlardan

insoniyat o‘z extiyojlari uchun qadimdan foydalanib

kelgan. Xitoyda, Misrda, Markaziy Osiyoda qishloq

xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli xil

bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, me’morchilikda, oziq-

ovqatlar tayyorlashda, kiyim-kechaklar tayyorlashda

kimyoviy moddalar va kimyoviy hodisalardan keng

3 savol A.Lavuazye haqida nimalarni bilasiz?

Javob: Fransuz kimyogar olimi A.Lavuazye yonish va

oksidlanish jarayonlari haqida ilmiy nazariyalarni

4. Yangi mavzu bayoni

1) O‘qituvchining ma’ruzasi

Yangi dars bayoni quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

O‘quvchilarning botanika, fizika fanlaridan olgan

bilimlari va kundalik turmushdan olgan amaliy

ko‘nikmalari asosida suhbat

O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan turli

jismlar va har-xil moddalardan iborat bo‘lgan turli

jismlar namunalarini hamda osh tuzi, shakar, ko‘mir,

oltingugurt namunalarini tarqatish.

Moddalarning xossalarini nima uchun bilish kerak?

o‘tkazilgandan so‘ng doskaga oldindan chizib qo‘yilgan quyidagi

jadvalni o‘quvchilar o‘zlari to‘ldirishadi:

Moddalarni ta’riflashda moddaning rangi, hidi, agregat holati,

mazasi, suvda eruvchanligi, o‘lchash mumkin bo‘lgan xossalari, masalan,

qaynash va suyuqlanish haroratlari, qattiqligi kabilarga e’tiborni

Dars davomida “Fizik xossalari turlicha bo‘lgan moddalar

bilan ishlash” laboratoriya ishini bajarish talab qilinadi.

LABORATORIYA ISHI. Fizik hossalari turlicha bo‘lgan moddalar

O’quvchilar kimyo fanini o‘rganish davomida moddalar bilan

doimo muloqotda bo‘ladilar. Moddalarning xossalarini o‘rganishda ularni

yetarli darajada to‘liq ta’riflay olish muhim ahamiyatga ega.

Demak, o’quvchilar eng avvalo “modda”, “jism” tushunchalarini

to’liq o’zlashtirib olishi zarur. Berilgan moddalarning tashqi ko’rinishiga

qarab uning eng muhim fizikaviy hossalarini aytib bera olishi kerak.

Oldindan tayyorlab qo’yilgan moddalarning na’munalari har bir

o’quvchioga tarqatilgan bo’ladi. Dars davomida o’qituvchining

ko’rsatmasi ostida o’quvchilar o’zlariga berilgan moddalarning

hossalarini jadvalga to’ldiradilar.

Laboratoriya ishi davomida o’quvchilarda kuzatish, kuzatish

natijalarini solishtirish va hulosa qilish malakalari shakllanib boradi.

Sizga berilgan moddalarning xossalarini quyidagicha jadval tuzib

1. Moddaning odatdagi sharoitda agregat holati, ya’ni gaz, suyuq

yoki qattiq tuzilishdaligi aniqlanadi.

2. Moddaning rangi oddiy yorug‘likda vizual (ko‘z bilan ko‘rib)

3. Moddaning hidi: modda hidini aniqlashda ehtiyot bo‘ling.

Moddalarning hidi o’qituvchi ko‘rsatgan usulda aniqlanadi.

(Berilgan notanish moddaning hidi zaharli yoki burun

bo‘shlig‘ini yallig‘lantiradigan bo‘lishi mumkin)

4. Berilgan moddaning suvda erishi yoki erimasligini bilish uchun

uning ozgina bo‘lagini probirka yoki stakanga solib, ustiga suv

quying va aralashtiring. Agar modda bo‘lakchalari batamom erib

ketsa yoki sezilarli darajada kamaysa, modda suvda eruvchan

5. Moddaning qattiqligini qattiqlik shkalasidan foydalanib, agar

bunday shkala bo‘lmasa tirnoq (qattiqligi 2-2,5), shisha

(qattiqligi 5) va boshqa qattiqligi aniq moddalar bilan solishtirib

ma’lumotnomalardan foydalanib toping va jadvalga tushiring.

7. Noma’lum moddaning ta’mini totib ko‘rmang!

8. Sizga berilgan moddaning xossasini quyidagi tartibda aytib

Qaynash va suyuqlanish haroratlar

6. Mavzuni mustahkamlash.

O‘tilgan yangi mavzu o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan ma’lumotlariga

asoslanib test topshiriqlari bo‘yicha mustahkamlanadi. Buning uchun

qisqa muddatli test sinovi o‘tkasilishi ham yaxshi samara beradi.

Test savollari:

1. Suvning qaynash harorati nechaga teng?

A.100 oC; B. 78 oC; S. 220 oC; D. 338 oC.

2. Qattiq, o ‘ziga xos hidli, sariq rangli modda – bu

A.Bo‘r; B. Alyuminiy; S. Oltingugurt; D. spirt

3. Faqat moddalar ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

A. Daftar, qalam, probirka; B. Kislorod, daftar, spirt;

S. Kislorod, bo’r, suv; D. Oltingugurt, probirka, alyuminiy.

7. O`quvchilarni rag’batlantirish va baholash.

Dars yakunida uyga berilgan vazifa yuzasidan olingan javoblar va faol

qatnashgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va ballari e’lon qilinadi.

8. Uyga vazifa: Modda va uning xossalari mavzusini o’qing va

xo’jalikda ishlatiladigan moddalar va jismlar ro ’yhatini tuzing.

Dars yakunida uyga berilgan vazifa yuzasidan olingan javoblar va faol

qatnashgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va ballari e’lon qilinadi

7-sinf II CHORAK

Мавзу: Massaning saqlanish qonuni

Darsning maqsad va vazifalari:

O‘quvchilarga tabiatning asosiy qonuni-materiya va

harakatning saqlanish qonunining xususiy ko’rinishi

bo’lgan moddalar massasining saqlanish qonuni, ya’ni

kimyoviy reaksiyalarda atomlar yoqolib ketmasdan,

yo‘qdan bor bo‘lmasligi, ularning umumiy soni

o‘zgarmasligi hamda har bir atomning massasi kimyoviy

reaksiyalarda o‘zgarishsiz qolishi va shuning uchun

moddalarning massasi ham o‘zgarmasdan qolishi,

tabiatdagi har qanday o’zgarishlar izsiz yo’qolmasligi

haqidagi bilimlarni berish.

Vazifalar: Massaning saqlanish qonuni mavzusi asosida kundalik

hayotda uchraydigan hodisalarni idrok etish orqali bilim

va ko‘nikmalarni shakillantirish. Mavzu asosida mustaqil

fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish.

Mavzuga doir tajribalar o‘tkazish, savol-topshiriqlar

orqali o‘quvchilarning, yangi mavzuni qanday darajada

o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.

Uslub: “Aqliy hujum”,“Tajribalar o’tkazish”,

Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar, madzuga doir tarqatma savollar-

topshiriqlar, massaning saqlanish qonunini namoyish etish asbobi (teng

elkanli shayin 1 ta, shayin uchun ilmoqlar 3 ta, rezina tiqinli va osma

halqali Landolt idishi 1 ta, osma halqali kosacha 1 ta, og’irlikka qarshi

kukun, 100 g ) kimyoviy jihozlar va moddalar (pipetka, razima tiqin,

quruq yonilg’i-urotropin, bariy xloridning 10 % li eritmasi, sulfat

kislotaning 10 % li eritmasi yoki qizil fosfor 1 g miqdorida )

Nazorat: Savol-javob, test sinovi o’tkazish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida baholash.

Kutilayotgan

Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan

o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga

nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Tajribalar o‘tkazish bilan barcha

mustahkamlanadi. O‘quvchilar uy ro‘zg‘ordagi kundalik hayotda

ishlatiladigan moddalarni kimyoviy xossalari bilan tanishadilar, mavzuga

oid amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, savol va javob berishga

o‘rgatiladi. O‘quvchilar mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar.

Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata

olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.

Dars rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi. (2 daqiqa)

2.Uyga berilgan “Tarkibning doimiylik qonuni” mavzusiga oid bilimlarni

tekshirish. (5 daqiqa)

3.O‘quvchilar bilimini tekshirish. (“Aqliy gimnastika”savollari, xotira

mashqi orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash – 4 daqiqa)

4. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik ma’ruzasi maruzani.(7

5. Mavzuni laboratoriya ishini bajarish bilan tushuntiriladi (15 daqiqa)

6. Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa)

7. O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash (2 daqiqa)

8. Uyga vazifa berish (2 daqiqa)

2. O`qituvchining kirish so`zi.

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar

tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

2. Uyga berilgan “Tarkibning doimiylik qonuni” mavzusiga oid

O‘qituvchi tomonidan “Tarkibning doimiylik qonuni” mavzuga doir

tayyorlangan qisqa savollar beriladi.

1 Tarkibning doimiyligini qanday tushuntirish mumkin?

2. Suvning sifat va miqdoriy tarkibi qanday?

3. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida tarkibning doimiyligi haqida

qanday tushunchalar bayon qilgan?

4. Miqdor va sifat o’zgarishlari haqida nimalarni bilasiz? Misollar bilan

O’qituvchi tomonidan har bir savolga javob olishda, berilgan javoblar

to’g’ri noto’g’riligi izohlanib boriladi.

3. O‘quvchilar bilimini tekshirish. (“Aqliy gimnastika” savollari

orqali xotirani sinash)

O‘quvchilar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan

savollarga javob beradilar.

Qiziqarli malumotlar
8 sinf huquq fanidan dars ishlanmalari