8-noyabr Parijdagi Luvr milliy san’at muzeyi tashkil topgan kun

8-noyabr Parijdagi Luvr milliy san’at muzeyi tashkil topgan kun

8-noyabr Parijdagi Luvr milliy san’at muzeyi tashkil topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

8-noyabr Parijdagi Luvr milliy san’at muzeyi tashkil topgan kun
Luvr milliy san’at muzeyi 1793-yil 8-noyabrda ilk marotaba ommaga o’z eshiklarini ochdi. Parijdagi Luvr muzeyi dunyoning eng yirik hamda eng boy tarixga ega muzeylari sirasidan joy olgan. Arxitektura yodgorligi hisoblanmish muzey binosi 1190-yilda qirol Filipp-Avgust tomonidan Parij shahrini g’arbdan mudofaa qilish maqsadida bunyod etilgan. Bir paytlar bu qasrda qirol, uning oilasi va saroy ahli istiqomat qilgan. Shuning uchun ham Luvr muzeyi bisotini asosan qirollik va monastirlar kolleksiyalari tashkil etadi. Bundan tashqari muzeydan jahon san’ati durdonalari o’rin olgan. Qadimgi Misr va Yunoniston yodgorliklari («Nika Samofrakiyskaya”, «Venera Milosskaya”) Mikelandjeloning «Isyon ko’targan qul”, Leonardo da Vinchning «Mona Liza” («Jokonda”) kabi jahonga mashhur san’atkorlarning nodir asarlari shular jumlasidandir. Shu qatorda yana Rubens, Rembrandt, Pussen, Vatto, David, Jeriko, Delakrua, Kurbelarning ijod namunalari ham shu erda jamlangan. 60 ming kvadrat metr maydonda joylashgan Luvr muzeyi 35 mingga yaqin eksponatni qamrab olgan.

8-noyabr Parijdagi Luvr milliy san’at muzeyi tashkil topgan kun