8-may Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy to’liq malumot oling
8-may Toshkent viloyatidagi Chinoz tumaniga asos solingan kun
Chinoz Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi shahar, tuman markazi asos solgan. Temir yo’l stanssiyasi, avtomobil yo’llar chorrahasi. Toshkent shahardan 50 km janubda. Shaharning shimoliy-sharqiy qismida qadimiy Chinoz (Chinonchkent) xarobalari saqlanib qolgan. Bu yerda dastlabki manzilgoh mil. Boshlarida vujudga kelgan. 1-ming yillik o’rtalariga kelib manzilgoh mudofaa devorlari bilan o’ralgan va markaziy qismida arki (balandligi 8 m) bo’lgan shaharga aylangan. Ko’chmanchi chorvador xalqlar bilan aloqalari va Sharq mamlakatlariga boriladigan mashhur savdo yo’lida joylashganligi Chinozning tez sur’atlar bilan o’sishiga sabab bo’lgan. Shahar XIII asr boshlarida mo’g’ullar istilosidan keyin harobaga aylangan. Bu yerda o’tkazilgan arxeologik qazish paytida ko’plab xo’jalik buyumlari, bezaklar va tangalar topilgan.
8-may Tailandda raketalar festevali kuni
Tailandda raketalar festivali 8-mayda o’tkazilib, an’anaviy may-iyun festivaliga taaluqlidir. U Tailandning turli shimoliy-sharqiy provinsiyalarida o’tkaziladi. U yerda yashovchi aholi plantasiyadagi guruchni o’stirishda yomg’ir yog’ishini istab,juda katta raketalarni yasab havoga uchirishadi.
Muhim sanalar
8-may Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy