8-Mart onajonlar bayrami ssenariy to’liq malumot oling

8-Mart onajonlar bayrami ssenariy to’liq malumot oling

8 – MART
Mundarija скрыть

Onajonlar bayrami

ertaligi

                                  Tayyorlov         guruxi

Zal bayramona bezatilgan. Bolalar zalga “Xardoyim bo’lsin onam” qoshig’i yoki bahorga oyid fonogrammada kirib keladilar va o’z joylarini egallaydilar.

Boshlovchi: Assalom ey lola yuzli

                    Dirabolar assalom

                    Yuzi gul sochi sumbul

                    Maxluqolar assalom

                    Mustaqil yurt gul g’unchasin

                    Oq yuvib oppoq tarab

                    Tunu kun parvona bo’lgan

                    Onajonlar assalom!

Xurmatli opa–singillar,aziz bolajanloar,mexribon onajonlar.Mana fasillar ichida go’zal bo’lgan baxor fasli xam kirib keldi. O’z tarovatini sochgan bu bayram qutlug’ bayramdur.Chunki siz mo’tabar va aziz onajonlar “8 – mart”bayramini nishonlaymiz. Sizlarga uzoq umur, baxt saodat, ishlaringizga kata yutuqlar tilaymiz swizlarni baxorgi kayifyat xech qachon  tarketmasin

Bayramingiz qutlug’ bo’lsin.

        Xozir bayram dasturini ochib berish uchun so’zni bog’cha mudirasiga beramiz.

Boshlovchi: Mart oyida bordur shunday 8 – raqam

                    Aytingchi nima bildirar ushbu raqam.

Bolajonlar:  Onajonlar bayramin!

Bola:           Qirga chiqsam lolalardan

                    Gullar sizga assalom

                    Poyingizga gul to’shalsin

                    Mexribonlar assalom

                    Onajonlar, mexribonlar!

                    Sizga ta’zim assalom!

                           “Onajon ashulasi”

                      “Norim – norim” Raqsi.

Boshlo’vchi:   Xurmatli opa – singillar, onajonlar!Xozirgi kunda janiyatimizni ayollarsiz, xotin –     qizlarning faolligisiz tasavvur qila olmaymiz.Qaysi soxaga qaramaylig xotin – qizlarimizni fidonokorona mexnatini ko’ramiz. Ayollarimiz xam oyilada, xam jamiyatda, xam ish o’rinlarida ularining munosib mexznatlari bilan obro’ e’tibor qozonmoqdalar. Bunday obro’ – etibor yoshligidan berilgan tarbiya va o’z xarakatining maxsulidir.

   Bizning bog’chada tarbiyalanayotgan qizoloqlarimiz xam kelajakda ana shunday faol bo’lish uchun xozirdanoq o’zlarining bilimdonliklarini, chaqqonliklari, tirishqoqliglari bilan intilmoqalar.

                    Bugun biz ularning bir qirrasini ko’rsatish maqsatida faol qizlarimiz ishtirokida jajji gozal ko’rik tanlo’vini tashkil qildik .

                        Marxamat ishtirokchilar bilan tanishing.

1 – raqamli ishtirokchi qizimiz ………………………………………………. kutub oling.

Bu qizimiz  juda chaqqon, sarishta, katalarga ko’makchi.

 Yaxshi ko’rgan taomi ………………

 Yashi ko’rgan mashquloti …………………………….

 Kelajakda …………………………. bo’lmoqchi.

2 – raqamli ishtirokchi qizimiz  ………………………………………………. yuzi gul, sochi sumbul, o’rtoqlari juda ko’p, o’yin desa berar jon.

 Yaxshi ko’rgan taomi ………………….

 Yaxshi ko’rgan mashquloti ………………………..

 Kelajakda………………….. bo’lmoqchi.

3 – raqamli ishtirokchimiz ……………………………….juda ham  erka qiz, donoligiga gapyo’q. Buvijonisining o’ng qo’li, qo’lari gul, pazanda.

Yaxshi ko’rgan taomi ……………

Yaxshi ko’rgan mashg’uloti badiyi ………………………..

Kelajakda …………….. bo’lmoqchi.

4 – raqamli ishtrokchi qizimiz ………………………………… kutib oling. Anchagina chaqqonu, epchil ozodayu, latofatli, ozgina jirakiroq.

  Sevimli tavomi …………………….

  Yaxshi ko’rgan mashxuloti ……………….

  Kelajakda ……………………… bo’lmaqchi

.

5 – raqamli ishtirokchi qizimiz … buqizimiz chiroyli, odobli axloqli, saranjonu sarishta, xar soxada bilimdon, lekin ozgina shashqaloq.

Suyigan taomi …………..

Sevimliy mashxuloti …………….

Kelajakda orzusi ……………………… bo’lish.

                     Mana ishtirokchi qizlarimiz bilan xam tanishib oldik. Qizlarimiz o’z joyilarini egalashlari mumkin.

               Xozir men sizlarga qizlarimizni ishtirokini baxolab berish uchun xakamlar xayati bilan tanishtiraman:

 Xakamlar xayati rayisi:

 

    A   z    o   l    a   r    i   :        1.

                                                 2.

                                                 3.

           Marxamat xakamlar xayoti va azolari o’z joylaringizni egalashlaringizni so’raymiz.

                                  Raqs “Leyilo”

          1 – chi mart “Keling tanishaylik” deb nomlanadi.

Boshlovchi: Bu shartimizga qizlar o’zlarini tanishtiradilar, yani o’zi, oyilasi xaqida so’zlab berishlari kerak.

                        Qizlarning chiqishlari.

Boshlo’vchi:1 – chi shartimiz bo’yicha qizlarimizni bilimdonliklarini baxolagunga qadar                                                                                       bolajonlarimizning bayiram dasturlarini tomosha qilamiz.

Bola: Go’dakligimdan katta qildingiz

         Tebratib beshig alla aytingiz

         Goxo kunlari, goxo saxarda

         Gox kanda qildingiz choyiz saxarda

Bola: Dedingiz bolam tinglagin allam

         Sening baxtinga tinch bo’lsin olam

         “Ollox” – dedingiz tinglagin nolam

         Xechqachon kasal bo’lmasin bolam.

                              “Qizalaq” ashulasi.

Boshlo’vchi: 1 – chi shartimiz bo’yicha qizlaringizning olgan baxolari.

Boshlo’vchi: 2 – chi shart “Zukolar va donolar” deb nomlanadi.

                      Bu shartimizga qizlarimiz berilgan 5 tadan savollarga to’g’ri va aniq javob berishlari kerag bo’ladi.

1. yil faslarini ketma–ket sanab bering ?

uchta so’zdan iborat gapni tuzing?

vertaliyot qanday transport turiga kiradi ?

daraxta 6ta qush o’tirganidi unga yana 4ta qo’shildi nechta bo’ldi?

uzun quloq kalta dum (quyon).

1. xafta kunlarini sanab bering ?

                      2.” oltin tarvuz” ertagida layilak dexqonga nima tashlab ketadi?

O’zbekiston so’zini bo’g’inlarga ajirating?

Akmal magazimdan 5ta olma oldi 4ta sini o’rtog’iga berdi o’zida nechta qoldi.

To’rt ayoqli temir tuyoqli (ot)

1. paraxot qanday transport turiga kiradi?

echkini nechta tuyog’i bor?

O’zbekistonni poyitaxti qaysi shaxar?

Bogimizda olma pishdi pishib xatto erga tushdi.

                          5 tasi qip – qizil shirin terib oling bir birin

                          Yana oq sariqdan ushta,aytinchi bari bo’ldi nechta?

Pishirsa osh bolur, pishirmasa qush bo’lur.(tuxum)

1. Ikta qo’lda 10ta barmoq 4ta dachi ?

                   “mashina” so’zini bo’g’inlarga ajiratin.

O’zbekistoni valyutasi nima?

“Baxor shoshib qolibdi” sherini birinchi to’rligini aytib bering.

Chiq – chiq boradi, chiq – chiq keladi ikkisi bir tomon quvlashib yuradi. (soat)

1. “O” xarifi bilan boshlanadigon suzlarni ayting.

Biznesmenlar deb qanday kishilarni qytadilar?

O’quv qurolarini sanang?

Sim yog’ochda 4ta chumchig’ uchib kelib qo’nishdi

                           Yana qo’shildi bita qammasi bo’lib nechta?

Toni siliq tuki yo’q ichi qizil po’ki yo’q. (tarvuz)

Boslo’vchi: Xakamlarimiz 2 shart bo’yicha qizlarimizni bilimdonliklarini baxolagunga qadar bolajonlarimiz o’z dasturlarini davom etiradilar.

Bola:           Baxor keldi gul bilan

                    Shoqida bulbul bilan

                    Onajonlar tabriklaymiz

                    Bugungi ayom bilan.

Bola:           Quyosh kulib boqqan kun

                    Baxor tanga yoqqan kun

                    8 –  mart  bu  kun

                    Onajonlar  bayrami.

             Raqs “Do’pi tiktim”

Boshlo’vchi: 2 chi shart bo’yicha qizlarimizni olgan baxolari.

Boshlo’vchi: Xozir mensizlarni 3 chi shart bilan tanishtiraman. 3 chi shart men kichik pazandaman

Bu shartimizda shartimizda qizlarimiz onajonlariga uy yumushlarida qanday ko’mak berishlarini bilib olamiz.  Qizlarimiz oldidagi masaliqlardan salatlar tayorlab berishlari kerak.

   Marxamat ishga kirishshingiz mumkin vaqt keti. Endi qizlarimiz shartlari      bo’lgunga qadar bayiram dasturimizni davom ettiramiz.

 Bolajonlar xamamizni buvijonlarimiz bormi?

Bolalar:         xa!

Boshlo’vchi: Kelinglar ular xaqida ashulla va sherlar aytamiz.

Bola:             Oq paxtaday sochingiz, omon bolsin boshingiz

                      Aytaqoling buvijon, xozir qancha yoshingiz.

Bola:             So’zlaringiz ko’p qiziq, yuzingiz nega chiziq

                      Achamlashsam buvijon, bagringiz muncha issiq.

Bola:             Dadamlarni boqansiz oyimlarga yoqqansiz

                      Topishmoqu ertakka,  buvijonim chaqqonsiz.

Bola:             Buvijonim qarilar xatto 100 dan narilar

                      Yo’qlagan onlarida doyim biz yonlarida.

Bola:             Suv desa suv tutamiz, so’zlarini kutamiz

                      Baxtimizga bor bo’ling, doyim omon bo’ling.

Bola:             Sizlar uchun buvijonlar

                      Faqat – faqat  sizlar uchun

                      Quvnoq ashula aytib

                      Sizni xursant qilamiz.

         Ashula – raqs “Buvim  bo’lo’rasizmi. ”

Boshlo’vchi: 3 shart bo’yicha qizlarimizning olgan baxolarini xakamlar xayatidan so’raymiz.

Boshlo’vchi: Bolajonlar xozir men sizlarga topishmoq aytaman.

                      Mexri judaxam qayimoq

                      Bizbilan juda inoq

                      Doyim bizga parvona

                      Ayting u kim.

Bolalar:         U       O N A!

Boshlo’vchi: Xurmatli mexmonlar, aziz bolajonlar endi men sizlarga mamnuniyat bilan 4 chi shartimizni elon qilaman.

  4 chi shart “Onajonimga sovg’a” – deb nomlanadi.

Bu shartimizda ishtirokchilarimiz o’zlarining rasomchilik qobilyatlarini ko’rsatib, rangli qalamlar yordamida. “keldi baxor” mavzusida rasim chizib onajonlariga sovg’a tayorlaydilar.

 4 chi shartimiz bo’lgunga qadar bayram dasturimizni  davom ettiramiz.

                                       Raqs  “Binafsha.”

Boshlo’vchi: Odam ato nasliga yaratgandan iqbolsan

                      Bu beorom dunyoda xalovatli ayolsan

                      Millatning jon tomiri sen Vaotanga timsolsan.

                      Yurtning o’chmas chirog’I momo Xavo ayolsan.

Ona muqqaddas, ona aziz va mo’tabar siymo ona ulug’lik, go’zallik, donolig timsoli. Ona xayot chashmasi, ona shu chasmadan farzandlariga butun ezgulikni, oliy janoblikni, insonilikni simirib chanqoqliklarni qondiradi.

           Onalar xaqida donolar fikrining xikmatlari asrlar osha insoniyatning ana shu ulug’ siyimolariga xurmati ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Marxamat eshiting!

Bola:             Onaning bir qo’li beshikni

                      Ikkinchi qo’li dunyoni tevratadi.

Bola:             Ona quyosh uning mexr tafti

                      Xech qachon so’vimaydi.

Bola:             Onaning dili ogrisa yer titiraydi.

Bola:             Onanig achchiq so’zi

                      Farzandning aql k o’zini ochadi.

Bola:             Duniyo tor bo’lganda xam onaning bag’ri keng.

Bola:             Ona bilan bola gul  bilan lola.

Bola:             Bolaning barmog’i ogrisa

                      Onaning yuragi achishadi.

Bola:             Ona konglini olmoq

                     50 marta xai qilgandan avzal.

            Ashulla “Qizgina”

Boshlo’vchi: Xayat azolaridan so’raymiz 4 chi shart bo’yicha olgan baxolari.

Bola:             Uyqizda yo’q xalovat, tilarsiz baxt – saodat

                     Doyim bo’ling salomat, onajonim jon onam.

Bola:            Bizlar uchun qayg’urib, jon kuydirib, jon berib

                     O’stirgan moxtobim onajonim, jon onam.

                         Lapar ashulasi raqs atir gul.

Boshlo’vchi: Mana bugungi dasturimiz qiziganidan qizib ko’ngildagidag o’tib bermoqda.

         Men oxirgi 5 chi shartimizni elon qilaman. “Erkin mavzu” – bus hart orqali xar bir ishtirokchi qizlarimiz o’z qiziqishiga oyid aytib ko’rsatib yoki ijroetib berishlari kerag bo’ladi.

                                   Ashula “Onajon”.

Boshlo’vchi: Xakamlar xayotidan 5 chi shart va umumiy baxolarni elon qilishini so’raymiz.

Xakamlar: Xakamlar  xa’yatining qaroriga asosan:

1 o’rinni – “Jaji go’zal”

2 o’rinni – “Eng zukko qiz”

3 o’rinni – “Eng oqila qiz”

4 o’rinni – “Eng iboli qiz”

5 o’rinni – “Eng maloxatli qiz”   nomlari berildi .

Boshlo’vchi: Biz bugungi “Jajji go’zal tanlo’vini ” otkazishimizdan mizdan maqsad bolajonlarimizni erkin fikirlashlarini, go’zallikni xis qilishlarini, mexnatga munosabatlarini, ozlarini erkin tuta olishlarini, so’zlashish muomila odobini o’rgatish va ularni rag’batlantirishdan iboratdur.

Etiborlaring uchun raxmat.

Endi bog’chamiz tomonidan korikda qatnashgan qizlarimizni sovgalar bilan mukofotlaymiz.

/Qarsag va olqishlar bilan sovg’aolar qizlarga topshiriladi va bolalar  “Bolalarning onalari” qo’shig’i ostida zaldan chiqib ketadilar./

Darsliklar
8-Mart onajonlar bayrami ssenariy