8-Dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlab dars ishlanma

8-Dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlab dars ishlanma
8 dekabr konstitutsiya kuniga bagishlab dars ishlanma 65cabadd1430f

images

8-Dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlab dars ishlanma

Mundarija скрыть
8-Dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlab dars ishlanma
DO`STLARGA ULASHING:
Mavzu: 8- dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun Ta`limiy maqsad: o`quvchilarning huquqiy ongini o`stirish; jamiyatda qonun ustuvorligini anglatish va shu orqali faravon hayot barpo etish mumkin degan tushunchani singdirish; Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarda qonunga hurmat, yurtga sadoqat tuyg`usini tarbiyalash; Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni mustaqil fikrga ega bo`lgan, o`z haq-huquqlarini taniydigan, o`z kuch-qobiliyatiga tayanib yashaydigan shaxs sifatida shakllanishiga ko`maklashish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Suhbat, savol-javob, izlanish, aqliy hujum. Dars jihozi: Buklaetlar, Davlatimiz ramzlari,mavzuga oid rasmlar, Konstitutsiya kitobi. Darsning tarkibi Tashkiliy qism: Salomlashish, yo`qlama qilish, sinfni darsga tayyorlash. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzu: O`quvchilarga yo`llanma savollar berish orqali yangi mavzuni e`lon qilish: -Konstitutsiya nima? — O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? — O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida sizning burch va huquqlaringiz haqida nimalar deyilgan? O`quvchilar fikrini tinglab to`ldirish Rivojlangan mamlakatlarning ko`pchiligi o`zining Asosiy Qonuni — Konstitutsiyaga ega. O`zbekiston Respublikasining ham o`z Asosiy Qonuni — Konstitutsiyasi bor. Konstitutsiya 1992 yil 8-dekabrda o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo`lim 26 bob va 128 maddadan iborat O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o`z xalqining huquqlarini himoya qiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan Qonunga muvofiq Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8 dekabr dam olish kuni deb deb belgilagan. Har yili biz shu kunni umumxalq bayrami sifatida nishonlaymiz. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o`z xalqining huquqlarini himoya qiladi. Hozirgi va kelajak avlodlar oldiga yuksak ma`suliyatni ta`minlashda erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta`minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g`urur bilan “Baxtimiz Qomusi” deya olamiz.

DO`STLARGA ULASHING:

8-Dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlab dars ishlanma