8-avgust Xalqaro alpinistlar kuni

8-avgust Xalqaro alpinistlar kuni

8-avgust Xalqaro alpinistlar kuni

Mundarija скрыть
8-avgust Xalqaro alpinistlar kuni
DO`STLARGA ULASHING:
(Alp tog’i nomidan)-Sport turi, turli murakkab to’siqlardan o’tib tog’ cho’qqilariga ko’tarilish. Alpinizm uch sinfdan — traverslar (davon oshish, tog’ tizimlari va etaklaridan o’tish), murakkab chiqish (tik tog’larga chiqish ) va baland tog’larga ko’tarilishdan iborat. Alpinizm sport turi bo’libgina qolmay, kam o’rganilgan tog’larni ilmiy tadqiq etishga ham xizmat qiladi. Alpinizm tarixi 1786-yildan boshlanadi. O’shanda shvetsariyalik J.Balma va M.Pakkar Alp tog’ining Monblan cho’qqisiga ko’tarilgan edilar. Alpinizm markaziy Yevropadan boshqao’lkalarga, shu jumladan Rossiya va Osiyoga tarqaldi. Alpenistlar birin-ketin Kavkaz, Tanshan, Pomir, Oltoy tog’larini zabt etdilar. XIX asrning oxirida Turkiston harbiy topograflari Chimyon tog’iga-3309m balandlikka ko’tarildilar. 20 yillarda O’rta Osiyo davlat unversitetida, Toshkent teligrafi, aloqa texnikumi va boshqa joylarda alpenizm seksiyalari tashkil qilindi. 1938-yilda O’zbekistonda alpiniada o’tkazildi, uning 60 qatnashchisi Pskom tog’ining sakkiz cho’qisini zabt etdi. 1970-80-yillarda O’zbekistonda 1500 ga yaqin kishi Alpinizm bilan shug’ullandi. Alpinizmning ommalashuvi va sportchilarning shuhrat qozonishida V. Abalakov, V.Ratsek, V. Elchibekovlarning xizmati katta. Keyingi paytda Toshkent shahar, Toshkent, Farg’ona, Namangan, Samarqand, Navoiy viloyatlarida Alpnizmga e’tibor kuchaydi. Birgina Chimyonda o’tkazilgan alinpiadada 1000 dan ortiq sportchi qatnashdi. Dunyodagi eng baland Everest (Jomolungma) cho’qqisi (Himolay tog’ida balandligi 8848m)ni zabt etish alpinistlarning ezgu orzusi hisoblanadi. Yangi Zelandiyalik Edmund Xillari va Sherp Norgey Tensing 1953-yil unga birinchi marta ko’tarilganlar. O’zbekistonda Everestni zabt etuvchi alpinistlar guruhi tuzildi. Bu guruh 1998-yil mayda cho’qiga chiqdi. 22-may kuni Rustam Rajabov birinchi bo’lib Everestni zabt etdi va u yerga O’zbekiston davlat bayrog’ini qadadi. Uning ketidan Oleg Grigoryev, Sergey Sokolov, Xanif Balmagambetov, Svetlana Baskakova, Ilyos Tuxvatullin, Andrey Fyodorov, Marat Usayev, Roman Mats, Andrey Zaikin, Aleksey Dokukin cho’qqiga ko’tarildilar (ekspeditsiya rahbari Anatoliy Shabanov). 1977 yilda alpinistlarimiz Markaziy Tyanshaning «Xontangri” (7010m) va «G’alaba” (1439m) cho’qqisini zabt etdi.