8.1-dars — Java do-while Loop(takrorlanuvchi operatori).
Yuqoridagi «while» sikl operatorida, agar shart yolg’on bo’lsa, sikl umuman ishlamasligini ko’rib o’tdik. Agar shart yolg’on bo’lsa ham, sikl tanasidagi operatorlar bir marotaba bajarilishi kerak bo’lsa, «do-while» sikl operatoridan foydalanamiz. Bu operatorda oldin operatorlar bajariladi, so’ng siklga qo’yilgan shart tekshiriladi. Shu sababli sikl tanasi kamida bir marotaba ishlaydi. Bunday siklni «sharti keyin tekshiriladigan» sikl deyish mumkin.
Ifoda:
- do{
- //code to be executed
- }while(condition);
«do-while» dan ham odatda ketma-ketlik tartibi doimiy bo’lmagan va bir marta bo’lsa ham amal bajarilishi kerak bo’lgan hollarda foydalaniladi.
public class MainClass {
public static void main(String[] args) {
int limit = 20;
int sum = 0;
int i = 1;
do {
sum += i;
i++;
} while (i
Natija:
sum = 210
1 dan 10 gacha bo'lgan sonlarni ekranda chiqaruvchi dastur
public class DoWhileExample {
public static void main(String[] args) {
int i=1;
do{
System.out.print(i+",");
i++;
}while(i
Natija:
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
Manba:
Umumiy Dasturlash
8.1-dars — Java do-while Loop(takrorlanuvchi operatori).