70 yildan buyon taxtda: 95 yoshli Yelizaveta II haqida qiziqarli ma’lumotlar
- Internet-nashr
- Tahririyat haqida
- Aloqa ma’lumotlari
- Foydalanish shartlari
- Maxfiylik siyosati
- Yangiliklar arxivi
- Instagram | Rasmiy
- Instagram | Lifestyle
- Instagram | Sport
- Facebook | Rasmiy
- OK | Rasmiy
- YouTube
- Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
- Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
- Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
- Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
- Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
- Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz
© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023
Yosh bo‘yicha cheklov
Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing
70 yildan buyon taxtda: 95 yoshli Yelizaveta II haqida qiziqarli ma’lumotlar
Yelizaveta II taxtga o‘tirgandan buyon ko‘p voqealar bo‘lib o‘tdi. Buyuk Britaniya qo‘l ostida bo‘lgan aksariyat hududlar mustaqil bo‘ldi. SSSR va G‘arb o‘rtasida sovuq urush bo‘lib o‘tdi. Inson kosmosga parvoz qildi, Oyga qadami yetdi. Televideniye rivojlandi va internet paydo bo‘ldi. Dunyo davlatlarining siyosiy va iqtisodiy holatlari o‘zgardi. Yelizaveta II esa hamon Buyuk Britaniya taxtida o‘tiribdi va uni bugun dunyoning turli burchaklarida yashayotgan millionlab insonlar o‘z qirolichasi deb biladi.
Yelizaveta II ning qisqacha tarjimayi holi
Yelizaveta II 1926 yilda Buyuk Britaniya qiroli Georg VI oilasida tug‘iladi. 1947 yilda Edinburg gersogi Filippga turmushga chiqadi. 1952 yil 6 fevral kuni otasining vafotidan so‘ng Buyuk Britaniya qirolichasi bo‘ladi. Toj kiydirish marosimi 1953 yil 2 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Yelizavetaga toj kiydirish marosimi. 1953 yil 2 iyun
Foto: sei80.com
Yelizaveta II va Filipp 4 nafar farzand ko‘rishgan. Shahzoda Charlz (1948 yilda tug‘ilgan), malika Anna (1950 yilda tug‘ilgan), shahzoda Endryu (1960 yilda tug‘ilgan), shahzoda Eduard (1964 yilda tug‘ilgan).
Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i Filipp ham qirolicha kabi uzoq umr ko‘rdi va 2021 yilda 99 yoshida vafot etdi.
Yelizavetta II va Filipp / Foto: www.alamy.com
Qirolichaning 8 nafar nabirasi bor. Ular orasidan shahzoda Charlz va malika Diananing ikki o‘g‘li – shahzodalar Uilyam hamda Harri doim omma e’tiborida. Shuningdek, Yelizaveta II ning bir necha nafar evaralari bor.
Yelizaveta II haqida qiziqarli ma’lumotlar
Yelizaveta II insoniyat tarixida eng uzoq taxtda o‘tirgan monarx hisoblanadi. U dunyo davlatlari rahbarlari orasida eng keksa hukmdor hisoblanadi. Yelizaveta II ning katta buvisi qirolicha Viktoriya ham uzoq umr ko‘rgan va Buyuk Britaniyani 63 yil boshqargan. U bu rekordni 2015 yilda yangiladi.
Yelizavetta II dunyo bo‘ylab sayohatda. 1954 yil.
Foto: www.scoopnest.com
1976 yil 26 mart kuni Yelizaveta II Malverndagi telekommunikatsiya tadqiqotlari markaziga tashrif buyuradi va elektron maktub yozadi. Uning maktubi ARPANET (Internetning muqobili) tarmog‘idan foydalanuvchilarning barchasiga yo‘llanadi.
2019 yilda qirolicha hayvon terisi hamda mo‘ynasidan tikilgan kiyimlardan foydalanishni to‘xtatganini rasman e’lon qiladi.
2007 yilda Amerikaning Vogue jurnali tomonidan Yelizaveta II dunyoning eng jozibali 50 nafar ayoli ro‘yxatiga kiritilgan.
Buyuk Britaniya qonunlariga ko‘ra qirolicha bilan qo‘l berib so‘rashish mumkin emas. Ammo bir qancha davlat rahbarlari u bilan qo‘l berib so‘rashishgan.
Yelizaveta II Buyuk Britaniyada pasporti yo‘q yagona shaxs hisoblanadi. Bu davlatda pasportlar qirolicha nomidan beriladi. Qirolicha esa o‘ziga pasport taqdim eta olmaydi.
Yelizaveta II ning shaxsiy xodimi Anjyela Kellining so‘zlariga ko‘ra qirolicha Bukingem saroyidagi 775 ta xonaning bor-yo‘g‘i oltitasidan foydalanadi.
Bukingem saroyi / Foto: www.alamy.com
Har kuni Yelizaveta II ga dunyoning turli burchaklaridan minglab maktublar keladi va ularning har biriga javob yoziladi.
Moliyaviy holati
Yelizaveta II ancha boy hisoblanadi. Shotlandiyadagi Balmoral qasri, Norfolkdagi saroy, Lankaster gersogligi unga tegishli.
Bundan tashqari, qirolicha toj egasi sifatida ko‘plab yer-mulklarga egalik qiladi. Qirolichaning toj egasi sifatidagi yer-mulklarining bozor narxi 18 milliard dollardan oshadi va ularni Buyuk Britaniya parlamentiga hisob beradigan Crown Estate korporatsiyasi boshqaradi.
Qirolicha Kornoull gersogligi foydasini ham oladi. (Bu gersoglikni uning o‘g‘li Charlz boshqaradi).
Yelizaveta II Buyuk Britaniya g‘aznasiga soliq to‘lashdan ozod qilingan. Ammo u 1993 yildan buyon ixtiyoriy ravishda soliq to‘lab keladi.
1989 yildan buyon Sunday Times gazetasi tomonidan har yili muntazam tarzda tuzib kelinadigan Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatida Yelizaveta II 350 million funt sterling shaxsiy boylik bilan 300-350-o‘rinlarda qayd etib kelinadi. Forbes tomonidan tuziladigan milliarder boylar ro‘yxatiga u kirmaydi.
Yelizaveta II Nyu-York shahrida qimmatbaho turar joyga egalik qiladi. Mazkur turar joy 900 metr kvadrat bo‘lib, uning loyihasini chizgan arxitektor 1990 yilda qirolichadan ritsarlik unvonini olgan.
Qirolicha va bosh vazirlar
Yelizaveta II taxtga o‘tirganidan buyon hozirgacha Buyuk Britaniyada 14 nafar bosh vazir ishladi. U qirolicha bo‘lgan paytda Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill edi, hozirgisi Boris Jonson.
Yelizaveta II va Cherchill / Foto: www.alamy.com Yelizaveta II va Buyuk Britaniyaning amaldagi bosh vaziri Boris Jonson
Foto: www.alamy.com
4 nafar bosh vazir Yelizaveta II taxtga o‘tirganidan keyin dunyoga kelgan. Bular, Toni Bler (1953 yilda tug‘ilgan, 1997-2007-yillarda bosh vazir bo‘lgan), Tereza Mey (1956 yilda tug‘ilgan, 2016-2019-yillarda bosh vazir bo‘lgan), Boris Jonson (2019 yil yildan boshlab amaldagi bosh vazir), Devid Kemeron (1966 yilda tug‘ilgan, 2010-2016-yillarda bosh vazir bo‘lgan).
Televideniye va kino
Yelizaveta II 100 dan ortiq televizon shoular, telefilm va kinofilmlar qahramoni hisoblanadi. Britaniyalik komik Rouen Atkinson (mister Bin) o‘z filmlarida ko‘p marotaba qirolichani hajv qilib chiqqan. Yelizaveta II uning hazillaridan xafa bo‘lmasligini aytgan.
2013 yilda Yelizaveta II televideniye va kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun Britaniya kino va televideniye san’ati akademiyasining mukofoti bilan taqdirlangan. U 2012 yilda London olimpiadasining ochilish marosimi uchun maxsus ishlangan rolikda Deniel Kreyg bilan birga suratga tushgan. Qirolicha ushbu roli uchun «Jyeyms Bondning eng yaxshi ayol sherigi» deb topilgan.
2016 yilda ITV telekanalida «Yelizaveta: oila tarixi» filmi namoyish etiladi. Unda Yelizaveta II va uning oila a’zolari qatnashishadi va filmda oila tarixi hikoya qilinadi.
2018 yilda BBC1 telekanalida «Toj kiyish marosimi» filmi namoyish etiladi. Unda qirolichaning o‘zi qatnashib, 1953 yil 2 iyunda o‘tkazilgan toj kiydirish marosimlari tafsilotlarini gapirib beradi.
Bundan tashqari, 2018 yilda ITV1 telekanali «Qirolichaning yashil olami» hujjatli filmini ommaga taqdim etadi. Filmda qirolicha iqlim o‘zgarishlari, atrof-muhitning ifloslanishi muammolari haqida so‘z yuritadi.
Qiziqishlari
Qirolicha kamera qarshisida bo‘lishni yoqtiradi. Bundan tashqari ot poygalarini kuzatadi. So‘nggi 30 yilda qirolichaning otlari turli musobaqalarda g‘olib chiqib, unga 6,7 million funt sterling mablag‘ ishlab bergan.
Qirolicha otda / Foto: www.alamy.com
Yelizaveta II itlarni juda yoqtiradi. U doim saroyda it saqlaydi va hayoti davomida o‘ttiztacha it boqqan.
Qirolicha itlari bilan / Foto: m.lenta.ru
Mashina boshqarish qirolichaning sevimli mashg‘uloti bo‘lgan. Garchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasa-da Yelizaveta II 93 yoshigacha avtomobil boshqargan.
Yelizaveta II 93 yoshigacha mashina boshqargan
Foto: Getty Images
An’anaga ko‘ra Buyuk Britaniya parlamentining sessiyalarini har doim Yelizaveta II ochib beradi. Bu an’ana ikki marta, qirolicha homiladorlik ta’tilida bo‘lganda buzilgan.
Yelizaveta II Qirollik oila a’zolari orasida eng birinchi armiya xizmatiga borgan shaxs hisoblanadi. U 1945 yilda Britaniya armiyasining ayollar bo‘limida xizmat qilgan va yuk mashinasini boshqargan.
Yelizaveta II armiyada / Foto: www.science-a2z.com
Qirolicha sayohat qilishni yoqtiradi. U shu paytgacha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgan. Yelizaveta II SSSRga ko‘p marta taklif etishganiga qaramasdan, Rossiya imperatori Nikolay II Romanovni qatl etgan davlatga bormasligini aytgan. Yelizaveta II ning otasi Georg VI bilan Nikolay II yaqin qarindosh (xolavachcha) bo‘lgan. Yelizaveta II SSSR parchalanib ketganidan so‘ng Rossiyaga 1994 yilda bir marta kelgan.
Yelizaveta II ona tilidan tashqari fransuz tilida ham erkin gaplasha oladi. U Fransiyaga yoki fransuz tilida so‘zlashuvchi mintaqalarga (masalan, Kanadaning fransuzlar yashaydigan provinsiyasiga) borganda tarjimon xizmatidan foydalanmaydi va mezbonlar bilan fransuz tilida muloqot olib boradi.
Hamdo‘stlik davlatlari
Bir paytlar Buyuk Britaniya dunyoning eng qudratli imperiyasi bo‘lgan va yer yuzining barcha qismida uning hududlari bo‘lgan. Keyinchalik, 19-20 asrlarga kelib vaziyat tubdan o‘zgardi Britaniya qo‘l ostida bo‘lgan mustamlakalar birin-ketin mustaqil bo‘la boshladi.
Buyuk Britaniya hududlarni yo‘qotar ekan, ularning aksariyatiga iqtisodiy va siyosiy «do‘stlik»ni saqlab qolishni taklif etadi. Shu tariqa Birlashgan qirollik boshchiligidagi «Millatlar Hamdo‘stligi» ittifoqi barpo bo‘ladi.
Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik ittifoqiga a’zo davlatlar
Foto: vikipediya
Bugungi kunda mazkur ittifoqqa 54 ta davlat a’zo. Ular orasida dunyoning yirik davlatlaridan biri Hindistondan tortib, kuchli yettilikka kiruvchi Kanadagacha bor.
Bu davlatlarning 14 tasi rasmiy ravishda Yelizaveta II ni o‘z qirolichasi deb biladi. Ularning bir qismi o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab o‘z pul birliklarida ham qirolichani tasvirlab kelishadi.
Qirolicha surati Yamayka pul birligida / Foto: www.ebay.com Qirolicha surati Gibraltar pul birligida / Foto: Twistedsifter.com
Yelizaveta II hayotidagi muhim va qiziqarli hodisalar
1965 yil – Yelizaveta II Germaniya Federativ Respublikasiga ilk tashrifini amalga oshiradi. Bu 1913 yildan keyin Birlashgan qirollik oila a’zosining Germaniyaga ilk tashrifi bo‘ladi.
1966 yil – Uelsdagi Aberfan qishlog‘ida tog‘ ko‘chadi va 20 uyni bosib qoladi. Oqibatda 144 kishi vafot etadi. O‘shanda Yelizaveta II halokat yuz bergan joyga oradan 8 kun o‘tib boradi va tanqidlar ostida qolib ketadi. Keyinchalik, u Aberfenga zudlik bilan yetib bormagani hayotida sodir bo‘lgan eng katta xato ekanligini aytgan.
1969 yilda qirollik oilasining kundalik hayoti haqida film suratga olinadi. O‘sha paytda film tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinadi. Ammo filmda qirollik oilasi tomonidan uyushtirilgan kechalar, dam olish sahnalari borligi uchun oilaning ayrim a’zolari uning namoyish etilishidan norozi bo‘lishadi. Garchi film Qirollik oilasining mavqeyi oshishiga xizmat qilgan bo‘lsa ham, 1970 yilda uni omma uchun ko‘rsatish taqiqlab qo‘yiladi.
1986 yilda Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i Filipp bilan Xitoyga tashrif buyuradi. Tashrif davomida Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondining yig‘ilishida nutq so‘zlagan Filipp «Xitoyliklar to‘rtta oyog‘i bor jonzotlardan stulni, ikkita qanoti bor uchadiganlardan samolyotni, suvda suzadiganlardan kemalarni yemaydi. Qolgan barcha narsani yeydi», deydi. Uning bu hazilini xitoyliklar noto‘g‘ri tushunishadi va oxir-oqibat ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar sovuqlashadi.
Oiladagi ixtiloflar
Yelizaveta II ning oilasida uzoq yillar davomida jiddiy kelishmovchiliklar bo‘lmagan. Ammo shahzoda Charlz va malika Diananing ajrashishi ortidan muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Diana kelib chiqishi misrlik bo‘lgan Dodi al Fayod bilan tanishadi va u bilan do‘stona aloqada bo‘ladi. Bu Yelizaveta II ga yoqmaydi.
Malika Diana va Dodi al Fayod / Foto: 24tv.ua
1997 yil 31 avgust kuni Parijda malika Diana bilan Dodi al Fayod birga mashinada ketayotganida paparatssilar ta’qib qilishadi. Haydovchi ulardan qochib ketish uchun tezlikni oshiradi va mashina halokatga uchraydi. Oqibatda, Dodi al Fayod va haydovchi o‘sha zahoti halok bo‘lishadi. Malika Diana esa shifoxonada vafot etadi.
Keyinchalik, 2007 yilda Skotland-Yard o‘sha kuni haydovchi mast holda mashina boshqargani va uning xatosi tufayli halokat sodir bo‘lgani haqidagi hisobotni e’lon qiladi. Ammo Diananing o‘limiga sabab bo‘lgan halokatni MI-6 uyushtirgan degan gaplar ham tarqaladi. Yelizaveta II ning sobiq kelini bilan nizolashib qolgani bunday gaplarning urchishiga sabab bo‘ladi.
Yelizaveta II ning oilaviy mojarolari keyin ham davom etdi. Malika Diananing ikki nafar o‘g‘li shahzoda Uilyam va shahzoda Harrilar ulg‘aygach, qirollik oilasida mojarolar avjiga chiqdi.
Malika Diana o‘g‘illari Uilyam va Henri bilan / Foto: ca.hellomagazine.com
Avvaliga shahzoda Uilyam va Keyt Midltonning nikohiga amallab chidagan qirolicha, shahzoda Harrining qonida habashlar qoni oqayotgan amerikalik kinoaktrisaga uylanmoqchi bo‘lganini hazm qila olmadi. Shu tariqa ular o‘rtasida kelishmovchiliklar boshlanadi.
2018 yil 19 may kuni shahzoda Harri va Megan Marklning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng 2020 yilda ular qirollik oilasi a’zolari maqomidan chiqishlarini e’lon qilishdi.
Qirolicha, shahzoda Henri va Megan Markl / Foto: www.alamy.com
Oradan ko‘p o‘tmay, 2021 yil 7 mart kuni shahzoda Harri va Megan Markl amerikalik mashhur teleboshlovchi Opra Uinfriga shov-shuvli intervyu berishdi. Intervyuda ularning har ikkalasi qirollik oilasida o‘zi duch kelgan muammolarni aytib o‘tadi.
Yelizaveta II ning britaniyaliklarga favqulodda murojaatlari
Yelizaveta II har yili odatiy tarzda Rojdestvo munosabati bilan britaniyaliklarga murojaat qiladi. Shuningdek, qirolicha turli hodisalar munosabati bilan o‘z fuqarolariga besh marta favqulodda murojaat qilgan:
- 1991 yil 24 fevral kuni Buyuk Britaniya armiyasi xalqaro koalitsiya qo‘shinlari tarkibida Iroqqa qarshi urush boshlaganda;
- 1997 yilda malika Diana fojiali halok bo‘lganda;
- 2002 yil 30 martda onasi Yelizaveta Bouz-Layonning vafoti munosabati bilan (Yelizaveta Bouz-Layon 1900 yilda tug‘ilgan bo‘lib, uzoq umr ko‘radi va 2002 yil 30 mart kuni 102 yoshida vafot etadi);
- 2012 yilda taxtga o‘tirganining 60 yillik tantanalari chog‘ida;
- 2020 yil 6 aprel kuni dunyoda koronavirus pandemiyasi tarqalishi munosabati bilan.
G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi
-mavzu. Kiyimni loyihalash asoslari. Odam gavdasining tuzilishi va turlari
Odam gavdasi tuzilishi, gavda turlari, odam qaddi-qomatini tashkil qiluvchi qismlar, ularning mutanosibligi, kiyim tayyorlashda ularning o`rni haqida tushuncha. Odam qaddi-qomatidagi belgilar, xususiyatlar, jinsiga, yoshiga xos o`zgarishi.
Gavda tuzilishidagi asosiy nuqtalar va chiziqlar. Ularni kiyim loyihalashdagi ahamiyati. Loyihalash uslublari: mulyaj, hisoblash, o`lchab hisoblash, yagona loyihalash uslublari haqida.
Amaliy ish. Odam gavdasidan o`lchov olishni bajarish
2-mavzu. Bolalar kiyimlarini loyihalash va texnik modellash
Bolalar gavdasining o`ziga xos xususiyatlari, harakatchanligi, tez o`zgaruvchanligini, kiyim loyihalashda hisobga olinishi. Bolalar yoshiga nisbatan kiyimlarni guruhlarga bo`linishi, ularda kiyim bichimi, bezagi, gazlamalarni qo`llash haqida ma`lumot.
Yangi tug`ilgan bolalar kiyimi va buyumlari uchun tanlanadigan gazlamalar, kiyimni tayyorlanishiga qo`yilgan talablar haqida ma`lumot. Ularning kiyim va buyumlari asosiy andazasini loyihalash usullari. Texnik modellashtirish nima va uning bosqichlariga qo`yilgan texnik talablar (eskiz, shablon, rangli qalam, rangli qog`oz bilan ishlash). Ish fartugi va ro`molining asosiy chizmasi chiziladi va texnik modellanadi. Maktabgacha yoshdagi qiz va o`g`il bolalar ko`ylaklarini loyihalash , modellash va andazasini tayyorlash.
Tungi ko`ylakni loyihalash. Asosiy o`lchovlar olinib, ular asosida hisoblash jadvali tuzilib, tungi ko`ylak asos chizmasini chizish va andaza tayyorlash. Tungi ko`ylak asosida o`smir yoshdagi qiz bolalar xalati andazasini tayyorlash.
Amaliy ish. Tungi ko`ylak modellarini texnik modellashtirishni amaliy, ijodiy bajarish. Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko`ylagi, o`g`il bolalar shortigi va ko`ylagi, o`smir (42-r) qiz bolalar ko`ylaklarining asosiy andazasini loyihalash va texnik modellash.
Mustaqil ish. O`z o`lchamida tungi ko`ylak, trusik va ko`ylak asos chizmasini chizish va andaza tayyorlash.
3-mavzu. Ayollar belli kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish
Belli kiyimlarning turlari, tarixi, bichimlari, gazlamalari, bezaklari haqida ma`lumot. Zamonaviy modellar, ularni odam qiyofasiga moslab tanlash.
To`g`ri bichimli yubka andaza chizmasi uchun asosiy o`lchovlar, qo`shimchalar. Ular asosida hisoblash jadvali tuzish, asos chizmasi chizish va andaza tayyorlash. To`g’ri bichimli yubkaning turli modellari. Ro`para taxlamli yubkalarni oddiy modellashtirish. Bo`lakli (4, 6, 8) va “gode” klyoshli (konussimon, quyosh, yarim quyoshli) yubkalarining asosiy chizmasi chizilib, andazasini tayyorlash. Har bir yubkani texnik modellash. Ayollar shimi asosiy andaza chizmasi uchun asosiy o`lchovlar, bo`shliqlar shim chizmasini chizib, andaza tayyorlash.
Mustaqil ish. Har bir o`quvchi o`z o`lchovi asosida belli kiyimlar asos chizmasini chizib, modellashtirib, andaza tayyorlaydi.
4-mavzu. Ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish
Yelkali yengil kiyimlar tarixi. Yaxlit, reglanli, yoqa o`yindilari, yoqa turlarining zamonaviy modellariga tavsif. Bluzka asos chizmasi uchun asosiy o`lchovlar, qo`shimchalar yordamida hisoblash jadvalini tuzish, chizmasini chizish. Bluzka andazasini tayyorlash. Jadvalini tuzish, asos chizmasini chizish.
Ovro`pacha ko`ylak ko`krak qismini oddiy texnik modellash, ya`ni ko`krak vitochkasining joyini o`zgartirish va tarqatish. Murakkab texnik modellashtirish: koketkalar, relyeflar, burmalar, taxlamalar, solqilar va hokazolar hosil qilish.
Yeng turlari. O`tkazma yengni loyihalash uchun asosiy o`lchovlar, qo`shimcha kengliklar asosida chizma chizish. Tor, keng, kalta yeng andazasini tayyorlash. Yeng yedirmasini hisoblash. O`tkazma yengni texnik modellashtirishda “fonarik”, “qanotcha”, uchiga kengaygan murakkab bichimli yenglarni modellash.
Bo`yin o`yindisi turlari (uchburchak, to`rtburchak, dumaloq, ovalsimon, yuraksimon, qayiqsimon va hokazolar). Yaxlit bichimli yoqalarni (apash, shal, pidjak tipidagi) loyihalash va texnik modellash. Ovro`pacha ko`ylak asosida xalatning bir va ikki o`tim taqilmali modelini chiqarish.
Ovro`pacha ko`ylakni modellashtirishda turli cho`ntak, koketkalar, murakkab taqilmali taxlamalar, burmalar, solqilar va bezaklarni qo`llab, zamonaviy modellarni yaratish. Yaxlit bichilgan yengli ko`ylakni ovro`pacha ko`ylak asosida loyihalab, texnik modellash (burma, taxlama, relef va hokazolar kiritish). Reglan yengli ko`ylakni ovro`pacha ko`ylak asosida loyihalash, texnik modellash. Eskizlar ijod etishda badiiy did, kiyim kompozitsiyasi yechimi, illyuziyalar berishda o`z mahoratini namoyon qilish, kiyim uslublarini tanlay olishni o`rgatish.
Amaliy ish. O`z o`lchamlari asosida bluzka, ovro`pacha ko`ylak asos chizmasini chizish, modellashtirish, andazasini tayyorlash.
Ovro`pacha ko`ylak asos chizmasi yordamida bashang ko`ylak andazasini yaratish.
Mustaqil ish. Ayollar yelkali yengil kiyimlari modellari andazasi to`plamini yaratish, tikuvchilik texnologiyasi asosida maketlarini yaratish, maketlar to`plami namoyishini o`tkazish.
5-mavzu. Ayollar ustki kiyimini loyihalash .
Ayollar ust kiyimi haqida ma`lumotlar: paltolar, kurtkalar, plashlar, kalta paltolar. Eskizlar chizish . Gavdadan o`lchovlar olish qoidalari.Qo`shimcha kengliklar . Ular asosida hisoblash jadvali tuzib, asos chizmasini chizish, modellashtirish, andazasini tayyorlash, gazlamaga joylashtirish. Astar uchun andaza tayyorlash.
Amaliy ish : Individual figuradan o`lchovlar olish. Asos tuzish. Asosni modellashtirish. Andaza tayyorlash. Ust kiyim maketlarini tayyorlash
Mustaqil ish: Murakkab ust kiyim turiga andaza tayyorlash va tikish.
6-mavzu. Milliy o`zbek kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish
Milliy kiyimlarning rivojlanish tarixi va zamonaviy modellari haqida tushuncha. Milliy ko`krak burma ko`ylak uchun asosiy o`lchov, bo`shliqlar. Ular asosida hisoblash jadvali tuzib, asos chizmasini chizish, modellashtirish, andazasini tayyorlash. Lozim chizmasini chizish, pochasini texnik modellashtirishda turli shakl, manjet, taqilmadan foydalanish.
Amaliy ish. O`z o`lchami asosida murakkab shaklli milliy ko`ylak asos chizmasini chizish, modellashtirish andazasini tayyorlash, tikuvchilik texnologiyasi fanida foydalanish.
Mustaqil ish. Milliy o`zbek kiyimlarini, modellar toplamini yaratish. O`z o`lchamida asos chizmasini chizish va modellashtirish, andaza tayyorlash, tikuvchilik texnologiyasi talablari asosida tikish. Tikilgan buyumlar ko`rgazmasini tashkil etish.
7-mavzu. Erkaklar kiyimini loyihalash va texnik modellashtirish
Erkaklar kiyimi tavsifi, o`ziga xos xususiyati, bichimi, rangi, gazlamasi, bezagi, uslublash haqida ma`lumot. Erkaklar ko`ylagining asosiy chizmasi uchun o`lchovlar olish. Hisoblash jadvali tuzish, chizmasini chizish, andaza tayyorlash. Texnik modellashtirish. Koketka shakllari, cho`ntaklar, taqilma shakllari. Bezak, yoqa turlarini tanlash.
Amaliy ish. Tikuvchilik texnologiyasi fani uchun erkaklar ko`ylagi modelini tanlash, asos chizmasini chizish, texnik modellashtirish, andaza tayyorlash.
8-mavzu. Kiyimlarni modellashtirish va badiiy bezash asoslari
Modellashtirish maqsadi va bosqichlari, ommaviy ishlab chiqarish. Modalar uyining ish faoliyatini o`rganish, kichik ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya. Moda haqida tushuncha, tarixi va uning rivojlanishi. Modaning san`atda tutgan o`rni, milliyligi, madaniyati haqida ma`lumot berish. Kiyim kompozitsiyasi haqida. Murakkab fasondagi bolalar va ayollar kiyimlarini modellashtirish.
Amaliy ish. Murakkab fasondagi bolalar va ayollar kiyimlarini loyihalash va modellashtirish bosqichlarini bajarish.
Mustaqil ish. Uy kiyimlari, kundalik kiyimlar va bashang kiyimlar haqida ma`lumot to`plash. Kiyimlarni kiyish o`rniga qarab, zamonaviy moda yo`nalishida eskizlar tayyorlash. Kiyim kompozitsiyasi elementlari illyuziyalar yechimiga erishish.
Uy kiyimi, kundalik kiyim va bashang kiyimlar, ularga qo`yiladigan talablar, ularning badiiy bezalishi. Eskizlar ijod etish va ularni modellashtirish, namuna maket tayyorlash.
9-mavzu. Yakuniy nazorat. O`tilgan mavzular asosida amaliy topshiriqlar bajarish
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash fani bo`yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi va reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishlarni tashkil etish o`quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.
Namunaviy mavzular rejasi
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, andaza uchun qog`oz, millimetrovka, moda jurnallari kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya.
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkеnt, O`zbеkiston, 1997-y.
- Ta’lim to`g`risidagi O`zbеkiston Rеspublikasi Qonuni. Toshkеnt, 1997-y.
- I.A.Karimov. Barkamol avlod – O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori, Toshkеnt, 1997, «Sharq» nashiryot-matbaa konsеrni, 63*-bеt
- Q.M.Abdullayeva,N.S.Gaipova,M.A.Gafurova “Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash”
- A.P.Shershneva. Osnovi konstruirovaniya jenskoy odejdi. – 1988.
- L.M.Litvina., I.S.Monidova. Modelirovaniye i xudojestvennoye oformleniye jenskoy, detskoy odejdi. – M.: 1990.
- G.K.Xasanbayeva. Kiyim modelini ishlash va konstruksiyasini tayyorlash. –T.: 1990.
- R.I.Yegorova., V.P.Monastirnaya. Bichish-tikishni o`rganing. – T.: 1991.
- http:// ziyonet.uz/ru Tikuv texnologiyasi
- http:// www. tvorim.e-gloryon.com Rukodeliye
- http:// www. ni-tochka.ru Andaza tayyorlash
- http://www.osinka.ru/sewing/modelling/ Конструирование и моделирование одежды
- http://www.modnaya.ru Tikuvchilik sirlar
- http://www.cadrus.ru/disiger/literatura Tikuvchilik adabiyotlar
- http:// www. krossmart.ru/ Tikuvchilik texnologiyasi
- http:// www. liveinternet.ru/.. конструирование и моделирование одежды
- http:// www. prosv.ru›Методика преподования курса
- http://www.assol.org/programmnye_produkty/po_dlya_proektirovaniya_odezh dy/moduli_2d-konstruirovaniya/
- http:// www. minikurs.kroikashitie.ru/ Tikuvchilik to`garagi
- http:// www. burda moden com Burda moden jurnallari
- http:// www. RusProgram.3dn.ru NanoCad-kompyuterda andaza tayyorlash
- http:// www. jurnalik.ru/zhenskie/ Elektron moda jurnali
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI
№KMD 3141602 – 2.09
15 avgustdagi 332-1-sonli
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).
Kirish
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida qabul qilingan “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun, “Kardlar tayyorlash milliy dasturi” ta`limga bo`layotgan yuksak e`tibor namunasidir. Bu hujjatlar O`zbekistonning har jihatdan taraqqiy etishini ta`minlabgina qolmay, hamma sohada o`zgarishlar bo`lishini nazarda tutadi. Yuz berayotgan barcha yangiliklar va o`zgarishlarni, bozor iqtisodiyotining o`ziga xos talablarini hayotga tatbiq etgan holda pedagogika kasb-hunar kollejlarida turli kasblar bo`yicha mutaxasisslarni tayyorlash ko`zda tutilgan.
Kasb-hunar kollejlarida “Maktabdan va sinfdan tashqari to’garak tashkilotchisi” mutaxassisligi bo’yicha bichish-tikish to`garagi rahbarlarini tayorlash orqali loyihalovchi – rassom, tikuvchi, bichuvchi kasblariga qiziqishi bor bo`lgan o`quvchilarga yordam beriladi. Umumta`lim maktablarida mehnat ta`limi fanining maqsadi o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblari bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, ularning mehnatini qadrlash, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Kasb-hunar kollejlarida esa, aynan tanlagan kasblari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. O’quvchilarni “Tikuvchilik texnologiyasi”, “Tikuvchilik materialshunosligi”, “Tikuv buyumlarini loyihalash va badiiy bezash” va boshqa maxsus fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning bo`sh vaqtlarini to`g`ri, rejali o`tishini ta`minlash va tikuvchi-bichuvchi kasblarini egallashlarida bichish-tikishga o’rgatish metodikasi fanining vazifasi katta. Tikuvchi-bichuvchi kasbini egallash orqali qizlarimizni hayotga tayyorlashdek zarur vazifa bajariladi, chunki har bir ayol tikuvchilik sirlarini albatta bilishi kerak. Tikuvchilik kasbi eng sharafli kasblardan hisoblanadi, axir hech bir sanoat yoki odam yo`qki, bu kasb xizmatidan foydalanmasin. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi tikuvchilik to`garagi tashkilotchisi tayyorlashda mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fanning asosiy maqsadi, bo`lajak to`garak rahbariga bichish-tikish to`garagi davomida to`garak a’zolariga tikuvchilik kasbi sirlarini o`rgatish usullarini tanlash, ularni har tomonlama tarbiyalashni o`rgatishda zarur bo`lgan bilim, ko`nikma, malakalarni hosil qilish yo`l-yo`riqlarni o`rgatishdir. Fanning asosiy vazifasi bo`lajak to`garak rahbarlariga tikuvchilik ustaxonasining moddiy bazasi, jihozlanishi, kiyimlarni tikishda qo`llaniladigan ish turlarini bajarish va kiyimda qo`llash, yengil kiyimlarning xillari va ularni tikish jarayonlarini o`rgatishda qo`llaniladigan yo`l-yo`riqlarini o`rgatadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir to`garak tashkilotchisi tikuvchilik mutaxassisligi tavsiyanomasida ko`rsatilgan tikuvchi kasbi 3-4 malaka bajarasini oladigan ishlarni o`zi bilishi va to`garak a`zolariga o`rgata olishi zarur. Dastur nazariy va amaliy tarzda o`qitiladi. Nazariy bilimlar berishda tikuvchilik sohasida qo`lga kiritilgan yangiliklar, yangi tikuv mashinalari, ishlov berish usullari haqida ma`lumotlar va ko`rsatmalar beriladi. o’quvchilar amaliy ishlarni bajarishda “Tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari”va boshqa mutazassislik fanlaridan,”Tikuvchilik texnologiyasi” o`quv amaliyaot jarayonida egallagan bilim, ko`nikma va malakalariga asoslanadi.
Amaliy ishlarni o`tkazishda mavzuga oid ko`rgazmalar tayyorlanadi, mashg`ulot ishlanmalari, namunalar tuziladi. Dastlabki amaliy mashg`ulotlarni kollejning o`zida ramziy dars (dublyor) dan foydalanib o`tilsa bo`ladi. So`ngra albatta bunday darslar otaliq madaniyat uylarida,”Barkamol avlod” bolalar markazlarida yoki maktablar qoshida ochilgan to`garakalarda o`tkazilsa, yaxshi natija beradi.
Bo`lajak to`garak rahbarlari ilg`or pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan mashg`ulotlarni kuzatishlari va tahlil etib o`rganishlari zarur. Olgan tajriba natijalarini o`zlarining ish faoliyatlari davomida qo`llanishlariga e`tabor berishlari zarur.
Bichish- tikishga o’rgatish metodikasi fani jarayonida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari kundalik, oraliq va yakuniy tarzda nazorat qilib boriladi. Dastur mazmunida bu turdagi nazorat ishlari uchun ham soatlar ajratiladi. Dastur 2 bo`limdan iborat:
Qiziqarli malumotlar
70 yildan buyon taxtda: 95 yoshli Yelizaveta II haqida qiziqarli ma’lumotlar