7 sinf ona tili yillik konspekt

7 sinf ona tili yillik konspekt

2023- yil 1-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida navbatdagi nazariy-metodologik seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professori Jumaboy Rahimov “Panfilovchi oʻzbeklarning jangovor qoʻshiqlari” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzachi 40 yillik ilmiy faoliyati natijasida o‘rgangan arxiv materiallari, tarixiy faktlar asosida ikkinchi jahon urushi davri, urushda erishilgan gʻalabada xalqimizning hissasi, ayniqsa panfilovchi oʻzbek jangchilarning vatanparligi, urushning muhim harbiy strategik nuqtalarida ularning jasorati hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlganligini alohida taʼkidladi. Xususan, urushdagi gʻalabada tub burilish yasaydigan front chiziqlariga oʻzbek jangchilari tashlangani, ularga buyuk sarkardalarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur haqida shoir va yozuvchilar, kompozitorlar tomonidan maxsus jangovor ruhdagi qoʻshiqlar tayyorlangani, shu qoʻshiqlar sadosi ostida jangga kirgani, bu esa jangchilarning jangovor ruhini oshirishga yordam berganini aytib oʻtdi. Bunday faktlar eʼlon qilinmaganini alohida taʼkidladi. Mazkur masala yuzasidan f.f.d., professor Nusratillo Jumaxoʻja, f.f.d., professor Uzoq Joʻraqulov, f.f.d., professor Baxtiyor Abdushukurovlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Seminarda fakultet porfessor-oʻqituvchilari, tayanch doktorantlar, yosh tadqiqotchilar qatnashdi. Qizgʻin bahs-munozara tarzida oʻtgan seminar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami

Til — dil jarchisi.Til — aql bezagi.Til — aql tarozisi.

Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.
So’z kaltada,
Un xaltada.
Suyaksiz til suyak sindirar.
So’z ko’rki — maqol. So’z ojizi bo’lguncha,
So’z emgak bo’lar,
Bo’z — ko’ylak.
So’zda qanquv yomon,
Dardda — sanchuv.
So’zdan so’zning farqi bor,
O’ttiz ikki narxi bor.
So’zdan so’z chiqar,
So’zlamasang na chiqar.
So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq,
So’zlab edim, boshimga tegdi tayoq.
So’zning yomoni — sanchiq,
Dardning yomoni — quyonchiq.
So’zning onasi — quloq,
Suvning onasi — buloq.
Tayog’i yo’g’on birni urar,
So’zi yo’g’on mingni urar.
Til — dil kaliti.
So’z oyoqdan ilgari borar. So’zi nodurustning o’zi nodurust.
So’zni bir ezmadan so’ra,
Bir — kezmadan.
Tanballik — kulfat,
Mahmadanalik — ofat.
Taom lazzati o’zida.
Odam lazzati — so’zida.
Til yugurigi — boshga,
Oyoq yugurigi — oshga.
Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.
Tilingda bo’lsa boling,
Kulib turar iqboling.
El bor yerda so’z bor. Uzun til — umr zavoli.
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. Tilga e’tibor — elga e’tibor.
Tig’ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.
Tilni bog’la dil bilan,
Dilni bog’la til bilan.
Tuzsiz oshning epi oson,
Tuzsiz gapning epi qiyin.
Uzun til — boshga to’qmoq,
Bo’yinga — sirtmoq.
Chin so’z — mo’tabar,
Yaxshi so’z — muxtasar.
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.
Toza suvni yer olar,
Yaxshi so’zni el olar.
Shirin so’z — qaymoqli ayron,
Achchiq so’z — bo’yniga arqon.
Til tig’i qilich tig’idan o’tkir. Fil ko’tarmaganni til ko’tarar.
Til — dil tarjimoni.

Maqollar: til haqida

  • To’qson og’iz so’zning to’qsonta tuguni bor.
  • Shakar ham tilda, zahar ham.
  • Shirin so’z shoh kosasida suv ichar.
  • Shirin yuzingdan shirin so’zing a’lo.
  • Egasiz qarg’ish egasini topar.
  • Eldagi gap — dildagi gap.
  • Elni sevsang, elcha gapir.
  • Ona tilim — jon-u dilim.

An’anaga aylangan ilmiy seminarlar

2023- yil 1-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida navbatdagi nazariy-metodologik seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professori Jumaboy Rahimov “Panfilovchi oʻzbeklarning jangovor qoʻshiqlari” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzachi 40 yillik ilmiy faoliyati natijasida o‘rgangan arxiv materiallari, tarixiy faktlar asosida ikkinchi jahon urushi davri, urushda erishilgan gʻalabada xalqimizning hissasi, ayniqsa panfilovchi oʻzbek jangchilarning vatanparligi, urushning muhim harbiy strategik nuqtalarida ularning jasorati hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlganligini alohida taʼkidladi. Xususan, urushdagi gʻalabada tub burilish yasaydigan front chiziqlariga oʻzbek jangchilari tashlangani, ularga buyuk sarkardalarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur haqida shoir va yozuvchilar, kompozitorlar tomonidan maxsus jangovor ruhdagi qoʻshiqlar tayyorlangani, shu qoʻshiqlar sadosi ostida jangga kirgani, bu esa jangchilarning jangovor ruhini oshirishga yordam berganini aytib oʻtdi. Bunday faktlar eʼlon qilinmaganini alohida taʼkidladi. Mazkur masala yuzasidan f.f.d., professor Nusratillo Jumaxoʻja, f.f.d., professor Uzoq Joʻraqulov, f.f.d., professor Baxtiyor Abdushukurovlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Seminarda fakultet porfessor-oʻqituvchilari, tayanch doktorantlar, yosh tadqiqotchilar qatnashdi. Qizgʻin bahs-munozara tarzida oʻtgan seminar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

BIZNI KUZATING

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti

© 2022 TSUULL

  • Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy
  • Telefon: +99(871) 281-45-11
  • E-mail: interdep@navoiy-uni.uz, tsuull@navoiy-uni.uz
  • Avtobuslar: 11, 32, 47, 76, 77, 81, 98, 126, 140
  • Metro: “Xalqlar do‘stligi” bekati, “Oybek” bekati
  • Virtual sayohat

Qiziqarli malumotlar
7 sinf ona tili yillik konspekt