7-sentabr Braziliya Mustaqilligi kuni
7-sentabr Braziliya Mustaqilligi kuni 🔸1822-yil 7-sentabrda Braziliya mustaqil imperiya deb eʼlon qilindi va Portugaliya mustamlakaligidan ozod bo’ldi. 🔸Braziliya Federativ Respublikasi — ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi. Maydoni 8,512 mln km². Aholisi 211,531,000 kishi (2020). Davlat tili Portugal tilidir. Poytaxti – Braziliya shahri. Maʼmuriy jihatdan 26 shtat va federal (poytaxt) okrugga boʻlinadi. 🔸Braziliya aholisining asosiy qismi (95 % dan koʻprogʻi) brazillar. Shahar aholisi 75,5 %ni tashkil qiladi. Dindorlar asosan katoliklardir. 🔸Braziliya – federativ respublika. Davlat boshligʻi – prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – Milliy kongress (parlament). Parlament ikki palata: deputatlar palatasi va federal senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tuzgan hukumat amalga oshiradi. 🔸Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993-yil 30-aprelda oʻrnatgan.7-sentabr Braziliya Mustaqilligi kuni
DO`STLARGA ULASHING:
7-sentabr Braziliya Mustaqilligi kuni