6oylik bola parvarishi

6oylik bola parvarishi
6oylik bola parvarishi 65ca9245b1575

hqdefault 1

6oylik bola parvarishi

Mundarija скрыть
6oylik bola parvarishi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

6oylik bola parvarishi
Bola hayotining birinchi yarim yilligi o’tdi. Shu oyda bolaning vazni yana 600-650 grammga, bo’yi esa 2.5-3 sm ga oshdi. Shu davrda ko’pchilik bolalarda tish chiqishi boshlanadi. AKDS emlatishning uchinchi bosqichi amalga oshiriladi. Bolaning miya rivojlanishi jadal sur’at bilan ketmoqda.
✅6 oylik bola rivojlanishi(6-10 oylik bolani rivojlanish darajasini tekshirish):
1. O’tira oladi;
2. O’tirganda yiqilmaslik uchun qo’llarini tirab oladi;
3. Bolalar stulida o’tiradi;
4. Mebelni ushlagan holda tura oladi;
5. Yotgan holda ikkala tomonda ag’dariladi;
6. O’yinchoqqa qo’li yetishi uchun yerda yotib, oyoqlari bilan tanasini o’yinchoq tomon siljitadi;
7. Narsani qo’li bilan oladi;
8. O’yinchoqlarni qo’llari bilan ko’rsatadi;
9. Mayda narsalarni barmoqlari bilan ushlaydi;
10. Ko’proq xilma-xilroq tovushlarni chiqaradi;
11. Tovush balandligini o’zgartirib chiqarishni yaxshi ko’radi (eshitish qobiliyati yaxshi bo’lishi kerak);
12. Qattiq kuladi;
13. Chapay chaladi;
14. Kubik o’ynaydi;
15.Kattalar mimikasini qaytaradi;
16. O’yin davomida bir nimalarni o’ylagandek tuyuladi;
17. Taqillatishni xush ko’radi;
18. Sakratishganini yaxshi ko’radi;
19. Qo’shimcha ovqat yeyishni boshlaydi;
20. Stol ustidagi narsalarni tortib olgisi keladi.
Bu davrda bola ancha qiziquvchan bo’lib qolganini sezasiz.
Bola qo’lidagi o’yinchog’i bilan taraqlatishni, qoshiq o’ynashni, yeguliklarni ushlab barmoqlarida ushlashni yaxshi ko’ra boshlyaydi.
✅6-9 oylik bola deyarli hamma narsani og’ziga soladi. Shuning uchun o’yinchoqning biron kichik qismi uzilishi oson bo’lsa, bolaga bermagan ma’qul. Bir pastda uzib olib yutib yuborishi yoki tiqilib qo’lishi mumkin.
✅6-9 oylik bolaning rivojlanishi uchun eng yaxshi o’yinchoqlar:
1. Kitoblar. Varaqlari yirtilmaydigan rangba-rang kitoblar bolaning eng yoqimli sherigi bo’ladi.
2. Biron faoliyat bajarsa bo’ladigan o’yinchoqlar. Tovush chiqaruvchi, eziluvchi, qimirlovchi, bir-birini ichiga kiradigan, biron qolipga kiritiladigan, ochiladigan-yopiladigan va boshqa shu kabi o’yinchoqlar bolaning diqqatini o’ziga oladi.
3. Ko’ptoklar. Tegsa, ko’ptokning dumalab ketishi bolani juda qiziqtiradi.
4. Xavfsiz uy buyumlari. Oshxona anjomlari, kapkyur, plastik qutilar, o’qlov va hokazolar bolaning e’tiborida bo’ladi. Xavfli buyumlar, oson yutib olinadigan narsalar qo’l tegmaydigan joyda bo’lishiga ahamiyatli bo’ling.
5. Tovush chiqaruvchi barcha o’yinchoqlar. Ezsa chiyilliydigan, bossa musiqa yangraydigan yoki biron bolalar musiqa asboblari bolaga qiziq bo’ladi.
6. Itariladigan o’yinchoqlar. G’ildirakli buyumlar, siljitsa bo’ladigan qo’l razmeriga mos o’yinchoqlar bolaga bu davrda zavq bag’ishlaydi
✅»Adda», «oppa» kabi tovushlarni chiqaradi.
«Mumkin emas» degan iborani tushuna oladi.
Onasiga qarab «mma», «mamma» kabi tovushlarni ishlatadi.
«Ber», «ol», «Ketdik», «Ovqat yeymiz» kabi iboralardan bir-ikkitasini tushungandek bo’ladi.
«Da», «Ga», «Ka», «Ba» kabi tovushlar chiqaradi.
Tanasi yoki qo’li bilan istayotgan narsasini ko’rsata oladi.
Tanasi yoki yuzi bilan «Yoqadi» va «Yoqmaydi» tuyg’ularini ishora qila oladi.
O’zicha har xil tovushlar chiqarib gapirgandek bo’ladi

6oylik bola parvarishi