6 sinf texnologiya

6 sinf texnologiya

8
yig‘ilgan tirnoqli birikmalar dagi bur-
chaklarning 90° bo‘lishi go‘ niya bilan tek –
shiriladi. Ana shu talablar bajarilgach,
tirnoq li bi rikmalar bilan yig‘ilgan buyumlar
tirnoq, uya va go‘shaning zich birikishini
ta’minlaydigan maxsus iskanja moslama-
larga joylashtiriladi ( 4-rasm ) va shu holatda
yelim batamom qotgunicha saqlanadi.
ishlab chiqarish sharoitida tirnoqli bi-
rik mali buyumlarni yig‘ish maxsus usku-
nalar yordamida bajariladi. bu uskunalar
buyumlarning geometrik shakli to‘g‘ri
bo‘ lishini, moslashtirilgan birikmalarning
mus tahkamligini va mehnatning yuqori
unum dorligini ta’minlaydi.
Lok – sirtga surtilganda qotib, yaltiroq
qattiq parda hosil qiluvchi organik mod dalar
aralashmasi. loklash yog‘och bu yum larni
yaltiratib pardozlashning eng keng tarqalgan
usullaridan biri bo‘lib, bu ish buyumning
sirtiga bir necha qatlam qi lib lokni surtish-
dan iboratdir. Loklashda spirt li, moyli va
nitroloklardan foydalani la di. buyumlarni
loklashni quruq, iliq, yax shi shamollatiladi-
gan xonada, chang va qipiqlardan xoli joyda
bajarish kerak. Lok lar cho‘tka yoki tampon
bilan surtiladi. Tam pon nam o‘tkazmaydigan
bir bo‘lak pax tani yupqa ip gazlamaga o‘rab
tayyorlanadi.
Loklash. loklangan yog‘ochning
ran gi va gullari yaltiroq lok qatlamida
chi roy li ko‘rinib turadi. rangli lok lar
yog‘och rangini o‘zgartirib, shu lok ning
ran gidagi yaltiroq qatlam hosil qila di.
4-rasm
. tirnoqli birikmalarni
yig‘ish va yelimlash uchun
moslamalar:
a – yog‘och iskanja;
b – richagli iskanja;
d – vintli iskanja.
a) b) d)
a)

6-sinf Texnologiya fanidan konspekt (Qizlar)

Mazkur sahifada 6-sinf Texnologiya fanidan konspekt (Qizlar) faylni pastroqda “Yuklab olish” tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material ZIP formatda arxivlangan bo’lib, 708.15 KB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.

Bo’lim: Konspektlar
Versiya: 1
Hajmi: 708.15 KB
Fayl turi: application/zip
Ko’rishlar: 259 marotaba
Ko’chirishlar: 50 marotaba
Yuklovchi: Ustoz
Yaratilgan: 19-08-2022
Yangilangan: 19-08-2022

Yuklab olish
Fayl hajmi: 708.15 KB

Sifat bizning ustunligimiz! 6-sinf texnologiya fanidan konspekt (qizlar) faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek konspektlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik

TEXNOLOGIYA
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining
6-sinfi uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan

Sharq” naShriyot-matbaa
akSiyadorlik kompaniyaSi
boSh tahririyati
toShkent – 2017
Sh. Sharipov, O. Qo‘ysinov, Q. Abdullayeva

Uo‘k: 37.035. 3(075.3)
kbk 74.263
Sh 26
T a q r i z ch i l a r:
Z. Shamsiyeva – rtm bo‘lim boshlig‘i;
D. Mamatov – tdpU

kasb ta’limi metodikasi

kafedrasi katta o‘qituvchisi;
O‘. Tohirov – toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti bo‘lim boshlig‘i;
F. Nasrullayeva – toshkent shahridagi 244-maktab mehnat ta’limi o‘qituvchisi

Sharipov Sh. va boshq.
texnologiya:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik/
Mualliflar Sh. Sharipov, O. Qo‘ysinov, Q. Abdullayeva – T.: “Sharq”, 2017. –
240 b.
iSbn 978-9943-26-612-4
UO‘K: 37.035.3(075.3)
KBK 74.263
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
ISBN 978-9943-26-612-4
© Sh. Sharipov, O. Qo‘ysinov, Q. Abdullayeva.
© “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2017.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Mustaqil amaliy ish
Jihozlar
Muammoli topshiriq
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar
Shartli belgilar:
Sh 26

3
K I R I SH
aziz o‘quvchilar! qo‘lingizdagi 6-sinf “texnologiya” darsligi Sizning
insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyor-
garlik ko‘rishingizda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egalla-
mang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz
Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, mosla-
malar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. mahsulot ishlab
chiqarish va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malaka-
larga ega bo‘lasiz.
Mualliflar Siz, aziz farzandlarning turli materiallarga ishlov berish
usul larini egallashingizda o‘z qobiliyatlaringizni namoyon etishingizga
imkoniyat yaratishga intilganlar. Zero, materiallarga ishlov berish bilan
bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tuta-
di. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga
chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib borayotganligi bu
ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda.
ijodkorlik – bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boy-
liklarni yaratishdir. ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqar-
li bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar
ijodkor insonlar tomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning
mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy
avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli
boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kas-
bingizni mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb
umid qilamiz.
Bu vazifalarni uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

4
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI
1-BOB. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
1.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR
Yog‘ochning fizikaviy xossalari
materiallarning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning kimyoviy tarki-
bini o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi.
Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshi-
lishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirida bo‘kishi, quruv-
chanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush
o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat.
Yog‘och rangi. yog‘och materiallarining turlarini va ularning sifatlarini
aniqlashga imkon beradigan muhim xossalaridan biri uning rangi hisoblanadi.
Yog‘ochning rangi, avvalo, uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Qayin,
tol, arg‘uvon, terak, archadan olinadigan yog‘ochlar oqish rangli bo‘lib,
nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol – jigarrang; qoraqayin, akatsiya – oq
qizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och qoramtir bo‘ladi.
Yog‘ochning tovlanishi. Yog‘och o‘zak nurlari tufayli, ularning yo‘na-
lishi va zichligiga bog‘liq holda tovlanadi. yog‘och tovlanishini sun’iy
ravish da orttirish uchun loklash va mumlash ishlari bajariladi.
Yog‘ochning tabiiy guli (teksturasi). randalash vaqtida yog‘och to-
lalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning
tabiiy guli namoyon bo‘ladi.
Yog‘ochning hidi. Yog‘och undagi smolalari, efir moylari, oshlash
kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq holda
har xil hidli bo‘ladi. yangi kesilgan yog‘ochning o‘zak qismi o‘tkir hidli
bo‘ladi. y
og‘och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib
ketadi. hidning o‘zgarishi yog‘ochning buzilishiga ham bog‘liq.

5
Yog‘ochning namligi. namlik daraxtning hayoti va uning o‘sishi uchun
kerak bo‘lgan asosiy omillardan biridir. namlik – daraxtning o‘sish sharoiti-
ga va turiga, yangi kesilgan yoki eski kesilganiga, quritilgan yoki quritil-
maganiga qarab oz yoki ko‘p bo‘ladi.
Yog‘ochning qurishi. yog‘ochda erkin va bog‘langan suvlar bo‘ladi.
Yog‘ochning ichki bo‘shliqlarini, ya’ni hujayralar ichidagi va hujayralar
orasidagi fazoni to‘ldiruvchi suvlar erkin yoki kapillar namlik, hujayra
pardalari tomonidan shimilgan suvlar bog‘langan yoki gigroskopik namlik
deyiladi.
Yog‘ochning nam tortib bo‘kishi. agar quruq yog‘ochni zax xonalar-
da yoki ochiq havoda saqlasa, u nam tortib bo‘kadi va o‘lchamlari, hajmi,
og‘irligi ortadi, shakli o‘zgaradi.
Yog‘ochning zichligi. yog‘ochning bu xossasi uning og‘irligiga aloqa-
dor bo‘lib, yog‘ochdagi nam va havo miqdoriga bog‘liq. Yog‘ochda nam va
havo qanchalik kam bo‘lsa u shunchalik zich bo‘ladi.
Yog‘ochning tovush o‘tkazuvchanligi. yog‘ochning tovush o‘tkazuv-
chanligi deb, yog‘ochning tovushni o‘tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog‘och-
ning tovush o‘tkazish qobiliyati yuqori. yog‘och tolalari yo‘nalishi bo‘yi-
cha tovushni havoga nisbatan 15–18 marta, eni bo‘yicha 3–6 marta tez
o‘tkazadi.
Yog‘ochning issiqlik o‘tkazuvchanligi. yog‘ochning issiqlik o‘tkazish
qobiliyatiga issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi. yog‘och boshqa materiallar-
ga qaraganda issiqlikni yomon o‘tkazadi.
Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlar turlari,
xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari
duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari ye-
lim bilan birlashtiriladi. yelim yog‘och to‘qimalari orasidagi bo‘shliqlarga
kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan
tikilgandek bo‘ladi. Bunda o‘zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa ye-
lim plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana
shu plyonkaning qattiqligiga bog‘liqdir. Shuningdek, yelimlashning mus-
tahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana

6
shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog‘liq bo‘ladi. taxta yelimi va
kazein yelimi duradgorlikda eng ko‘p ishlatiladi.
Taxta (duradgorlik) yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog‘i, shoxi,
tog‘aylari va terisidan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimning
sifatini uning shaffofligiga qarab aniqlash mumkin. U qanchalik tiniq bo‘lsa,
shunchalik sifatli bo‘ladi.
taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo‘kkunicha 10–12
soat ivitiladi, so‘ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi. Yelim qaynatkich bir-
birining ichiga qo‘yiladigan ikkita metall idishdan iborat bo‘lib, yelim kuyib
ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga
yelim solinadi (1-rasm). yelim qaynatkich taxminan 70–80°C gacha qizdi-
riladi. ana shu darajadagi haroratda yelim
eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada,
kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin.
yelim qaynatishda qattiq qaynab ket-
masligini va uzoq vaqt qizimasligi ni ku-
zatib turish kerak. Chunki ana shunday
hollarda uning sifati yomonlashadi. odat-
da, yelim bir-ikki kunlik ishga yetarli qilib
tayyorlanadi. Negaki, u qayta qizdirilsa,
buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yara-
maydi. Yelimning ishga yaroq liligini aniqlash uchun unga bitta payrahani
tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib
tushsa, sifatli bo‘ladi, tomchilab tushsa (yoki butunlay oqib tushmasa) ish-
latishga yaramaydi.
Qattiq (dub, buk va boshqa) yog‘och buyumlarni yelimlash uchun suyuq
va yumshoq yog‘och buyumlarni yopishtirish uchun quyuq yelim ishlatila-
di. yelimlangan buyumlarni namgarchilikdan saqlash zarur.
Kazein yelimi. bu yelim tarkibining asosiy qismi yog‘i olingan quruq
tvorog – kazeindan iborat bo‘ladi. U yog‘siz sutdan tayyorlanadi. ye-
limning tarkibida kazeindan tashqari kerosin va yelim buzilmasligi uchun
qo‘shiladigan maxsus antiseptik modda ham bo‘ladi.
kazein yelimi quyidagicha tayyorlanadi: emallangan toza idishga xona
haroratidagi suv quyiladi va uning ustiga yelim kukuni (ikki hissa suvga
1-rasm. yelim qaynatkich.
Yelim
Suv

7
bir hissa qilib) sepiladi, keyin bir jinsli massaga aylangunicha yaxshilab
aralash tiriladi. Suvni yoki yelim aralashmasini isitmaslik kerak. Chunki
bunda yelim buziladi.
Kazein yelimi o‘zining yopishtirish qo-
biliyatini 3–4 soatgacha saqlaydi. Shunga
ko‘ra, uni faqat ish uchun yetarli miqdorda
tayyorlash kerak.
qotib qolgan kazein yelimi aralashmasi-
ni ikkinchi marta suvda eritish yoki yangi
yelimga qo‘shish mumkin emas.
yog‘och detallarni yelimlashning mus-
tahkamligi faqat tayyorlangan yelim eritma-
sining sifatiga emas, balki biriktirilgan de-
tallar orasida hosil qilingan yelim qat lami ning qalinligiga ham bog‘liqdir.
Mazkur de tallar yog‘och orasida 0,1–0,15 mm li qat lam hosil qilib, ularni
mustahkam bi rik tiradi.
detallarni mustahkam biriktirish uchun ularning orasida tirqish qol-
dirmay mos lashtirish lozim. detallarning o‘zaro birikadigan sirtlarini chang-
dan yaxshilab tozalash, keyin ularga qo‘l bilan tegmaslik kerak, chunki
changlar yelimlashning mustahkamligiga putur yetkazadi.
yelim biriktiriladigan sirtiga cho‘tka bi lan bir tekis qatlam qilib surtila-
di (2-rasm) , shundan keyin yog‘och yelimni shi mib olishi uchun biroz kutib
turiladi, shun da yelim aralashmasidagi namlik ham bug‘lanadi. Lekin yelim
qurib qolmasidan oldin detallarni biriktirish kerak.
yelimlash bir tomonlama va ikki tomonlama ham bo‘lishi mumkin. bir
tomonlama yelimlashda, yelimni faqat bitta detal sirtiga, ikki tomonlama
yelimlashda esa ikkala detal sirtiga surtiladi. bir tomonlama yelimlash bilan
detallarning tolalari bo‘ylamasiga, ikki tomonlama yelimlash bilan esa tola-
lari ko‘ndalangiga biriktiriladi. ho‘l yog‘ochlarni yelimlash mumkin emas.
to‘g‘ri tirnoqli va t simon birikmalarni yelimlashga tayyorlashda
ularning sirtiga duradgorlik yoki kazein yelimi surtiladi. Shundan keyin
tirnoqli birikmaning detallari biriktiriladi. bunda tirnoq uyaga yoki go‘shaga
zich joylashuvi hisobga olinadi. buning uchun tirnoqli birikma detallarining
biriga to‘qmoq bilan yog‘och qistirma orqali sekin-sekin uriladi (3-rasm).
2-rasm. yelimni surtish:
a – go‘sha va tirnoq; b – uya va
tirnoq.
a)
b)

8
yig‘ilgan tirnoqli birikmalar dagi bur-
chaklarning 90° bo‘lishi go‘ niya bilan tek –
shiriladi. Ana shu talablar bajarilgach,
tirnoq li bi rikmalar bilan yig‘ilgan buyumlar
tirnoq, uya va go‘shaning zich birikishini
ta’minlaydigan maxsus iskanja moslama-
larga joylashtiriladi ( 4-rasm ) va shu holatda
yelim batamom qotgunicha saqlanadi.
ishlab chiqarish sharoitida tirnoqli bi-
rik mali buyumlarni yig‘ish maxsus usku-
nalar yordamida bajariladi. bu uskunalar
buyumlarning geometrik shakli to‘g‘ri
bo‘ lishini, moslashtirilgan birikmalarning
mus tahkamligini va mehnatning yuqori
unum dorligini ta’minlaydi.
Lok – sirtga surtilganda qotib, yaltiroq
qattiq parda hosil qiluvchi organik mod dalar
aralashmasi. loklash yog‘och bu yum larni
yaltiratib pardozlashning eng keng tarqalgan
usullaridan biri bo‘lib, bu ish buyumning
sirtiga bir necha qatlam qi lib lokni surtish-
dan iboratdir. Loklashda spirt li, moyli va
nitroloklardan foydalani la di. buyumlarni
loklashni quruq, iliq, yax shi shamollatiladi-
gan xonada, chang va qipiqlardan xoli joyda
bajarish kerak. Lok lar cho‘tka yoki tampon
bilan surtiladi. Tam pon nam o‘tkazmaydigan
bir bo‘lak pax tani yupqa ip gazlamaga o‘rab
tayyorlanadi.
Loklash. loklangan yog‘ochning
ran gi va gullari yaltiroq lok qatlamida
chi roy li ko‘rinib turadi. rangli lok lar
yog‘och rangini o‘zgartirib, shu lok ning
ran gidagi yaltiroq qatlam hosil qila di.
4-rasm
. tirnoqli birikmalarni
yig‘ish va yelimlash uchun
moslamalar:
a – yog‘och iskanja;
b – richagli iskanja;
d – vintli iskanja.
a) b) d)
a)

b) d)
3-rasm. tirnoqli birikmalarni yi-
g‘ish: a – to‘g‘ri tirnoq; b – ochiq
tirnoq; d – t simon tirnoq.

9
Loklashni maxsus pur kagich asbob-
lar yordamida yoki cho‘t ka hamda
aylanadigan valiklar yorda mida baja-
riladi. bunda lokni buyum sirtiga bir
xil qalinlikda va bir xil tezlikda surtib
borishga erishish lozim. loklar tarki-
bida tez yonuvchi moddalar bo‘lgani
sababli, ularni ishlatish va saqlashda
yong‘inga qarshi qoidalarga qat’iy
rioya qilish zarur. buyum sirtini tam-
pon bilan loklash usul lari 5-rasmda tasvirlangan.
Bo‘yoq – yupqa qatlami qurigandan so‘ng shaffof bo‘lmagan, sirtni
yemiruvchi moddalardan saqlaydigan va unga chiroyli tashqi ko‘rinish
beradigan parda hosil qiladigan modda. Moyli bo‘yoqlar, guash, ak-
varel va boshqa bo‘yoq turlari mavjud. Bo‘yoqlar qog‘oz, karton, tunu-
ka, yog‘ochdan tayyorlangan buyumlarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Har
bir bo‘yoq turi o‘ziga xos xususiyatga va ishlatish texnologiyasiga ega.
Bo‘yoqlardan bo‘yoqchilikda, texnikada, xalq amaliy san’atining ko‘pgina
turlarida keng foydalaniladi.
b
uyumlar sirtini pardozlashda moy bo‘yoqlar ham juda keng qo‘llanadi.
Ular buyumning sirtida namga chidamli, mustahkam himoyalash xossasi-
ga ega bo‘lgan qatlamni hosil qiladi. moyli bo‘yoqning kamchiligi yaxshi
yaltiramasligi va sekin (taxminan 24 soatda) qurishidir. moyli bo‘yoq bi-
lan bo‘yaladigan buyum sirti yaxshilab silliqlanishi, yaxshi quritilishi va
changlardan tozalanishi lozim. buyumning sirtiga moy bo‘yoq cho‘tkalar
bilan har xil yo‘nalishlarda surtiladi.
Bo‘yash yog‘ochning tabiiy rangini o‘zgartirgan holda pardozlovchi
hamda tashqi ta’sirlardan saqlovchi himoya qatlami hosil qilishdan iborat
jarayondir. Bunday usullarda eshiklar, deraza romlari, ayrim mebellar va
boshqa buyumlarga pardoz beriladi. Yog‘ochni bo‘yash uchun ko‘proq moyli
bo‘yoqlar, nitrobo‘yoqlar, emallar, suv emulsiya bo‘yoqlari ishlatiladi.
Bo‘yash ishlari purkash mashinalari yordamida yoki cho‘tkalar va du-
maloq valiklar yordamida bajariladi.
bo‘yoqni buyum sirtiga bir tekis ko‘ri nishda hosil bo‘lguncha 2–3 marta
surtiladi. yetarlicha qalinlikda surtilgan emal bo‘yoqlari yaltiroq ko‘ rinish
5-rasm. buyum sirtini
tampon bilan loklash.

10
hosil qiladi. boshqa bo‘yoq lar yaltira-
maydigan qatlam hosil qiladi. bo‘yash
ishlari baja rilgandan so‘ng xona sha –
mollatiladi. bo‘ yoq larni saqlashda shax-
siy xavfsizlik ham da yong‘inga qarshi
qoidalarga rioya qilsh zarur. bo‘yoqlarni
surtishda turli xil cho‘t kalardan foydala-
niladi. Cho‘t kalardan foydalanish va uni
saqlash qoidalari 6-rasmda ko‘rsatilgan.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari:
1. tirnoq birikmali buyumlarni yig‘ish va ye-
limlashda foydalaniladigan asboblar hamda mos-
lamalar sozlangan bo‘lishi kerak.
2. Ish o‘rnidagi pol va verstakning qopqog‘i
toza va duradgorlik yelimi tegmagan bo‘lishi lo-
zim.
3. yelim qaynatkich va suvi isitiladigan idish-
ning tubi keng, butun bo‘lishi shart.
4. Elektr plita, shnur, rozetka va shtepsel vil-
kasi soz langan va elektr xavfsizligi qoidalariga
muvofiq bo‘lishi kerak.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Yog‘ochning fizikaviy xossalarini sanab bering va izohlang.
2. tirnoqli birikmalarni yelimlash jarayonining mohiyatini ayting.
3. Siz qanday duradgorlik yelimlarini bilasiz va ularning tarkibi qanday?
4. duradgorlik yelimini tayyorlash usullarini ayting.
5.tirnoqli birikmalarni yelimlashga tayyorlash va yelimlash jarayonlarini
tushun tiring.
Mustaqil amaliy ish
1. Yog‘ochlarning fizikaviy xossalarini sinash usullarini bajarish. Yelimni tayyor-
lash hamda yog‘och bo‘laklarini yelim yordamida biriktirish usullarini mashq qilish.
6-rasm. moy bo‘yoq sur tish:
a – moy bo‘yoq cho‘tkasini
saqlash; b – moy bo‘yoqni sur-
tish yo‘nalishi.
a)
b)

11
2. Yog‘och bo‘laklarini loklash va moy bo‘yoq bilan ishlov berish hamda pardoz-
lash ishlarini amalga oshirish.
Jihozlar
Yog‘och bo‘laklari, yelim namunalari, siqish iskanjalari, tampon, cho‘tka, lok va
moy bo‘yoq.
Muammoli topshiriq
yog‘ochni yelimlashda yelim qotib qolsa amalga oshiriladigan ishlarni
1.
bilasizmi?
Tirnoqli birikmalarni biriktirishda yog‘och iskanjasi yog‘och sirtiga botib ketsa,
2.
ya’ni buyum sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa nima qilish kerak?
1.2. ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Yog‘ochlarni rejalash asboblarining turlari, ularni ishlatish
va saqlash qoidalari
yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish uchun
yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. buning uchun
maxsus asboblardan foydalaniladi. o‘lchash deb yog‘och materialining
o‘lchamlarini va shaklini aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar,
metr, o‘ramametr, go‘niyalar, xatkash, sirkul, shtangensirkul va o‘lchov
andazalari kiradi.
Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan
bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda, millimetrlarga bo‘lingan
holda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri
chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini
tekshirish uchun ishlatiladi.
buklama metr uni olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun buklana-
digan qilib yasaladi.
o‘ramametrlar bir necha metr uzunlikdagi metall va boshqa materialdan
foydalanilgan santimetr va millimetrlarga bo‘lingan tasmadan iborat. Ular
bir necha metrgacha bo‘lgan uzunliklarni aniq o‘lchash uchun ishlatiladi.

12
Go‘niyalar yog‘och yoki boshqa materiallarni rejalashda foydalaniladi.
Ular to‘g‘ri burchaklarni o‘lchash, belgilash, chizish va tekshirib ko‘rish
uchun ishlatiladi ( 7-rasm ). boshqa burchaklar uchun moslashtirilgan
go‘niyalar ham mavjud.
a) chizg‘ich b) o‘ramametr d) go‘niya
e) xatkash f) shtangensirkul g) sirkul
7-rasm
. o‘lchash va rejalash asboblari.
O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi.
O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli kat-
talikda tayyorlangan reyka, tayoqchalardan iborat. Shu maqsadda tayyor
buyum namunasidan ham foydalanish mumkin.
rejalash deb tayyorlanadigan buyumning kerakli o‘lchamlardagi shakl-
larini yog‘och materiallariga chizishga aytiladi. rejalash uchun yuqorida
aytilgan o‘lchash asboblari bilan birga xatkash, qalam, turli xil rejalash
andazalaridan foydalaniladi.
Xatkash yog‘ochning belgilangan qirrasiga tayangan holda unga parallel
chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama. U kunda, uning teshiklariga
o‘rnatiladigan reykalar, o‘ziga o‘rnatiladigan bir yoki bir necha mix yoki
qalamlardan iborat bo‘ladi.
Xatkash yordamida bir vaqtda bir necha parallel chiziqlar chizish mum-
kin.
Sirkul turli aylanalar, aylana yoylari chizish hamda uzunliklarni

13
o‘lchash uchun ishlatiladi. U metall, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlan-
gan, umumiy o‘qqa o‘rnatiladigan ikkita oyoqdan iborat. Chizuvchi pargar
oyoqlaridan birinchi uchiga igna, ikkinchisining uchiga qalam o‘rnatiladi.
O‘lchagich pargarning ikkala oyog‘i uchiga igna o‘rnatiladi.
o‘lchash va rejalash ishlarida qora yoki boshqa rangdagi yumshoq
qalamlardan foydalaniladi.
Rejalash andazalari karton, qog‘oz, faner, metall, plastmassa, yog‘och
kabilardan zarur shakllarda tayyorlanadi. Ular turli burchaklar, aylanalar,
aylana yoylari, ko‘pburchaklar, egri chiziqli shakllar andazalaridan iborat
bo‘ladi. Ular kerakli shaklni ishlatilayotgan yog‘och material ustiga qo‘yib
chizib olish ishlarini bajarish uchun qo‘llaniladi. ba’zan tayyor buyum na-
munasidan ham foydalanish mumkin.
Rejalash tayyor buyumning o‘zi, uning texnik rasmi, eskizi yoki chiz-
masiga qarab bajarilishi mumkin.
Tayyor buyumning o‘ziga qarab rejalashda, buyumning har bir detali
qanday shaklda va o‘lchamlarda ekanligi aniqlanadi, so‘ng shu o‘lchamdagi
o‘lchamlar yog‘och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida
ko‘chirib chiziladi.
bunda ayrim detalning o‘zidan andaza sifatida foydalanib chizish ham
mumkin.
Buyumning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi, ularda ko‘rsatiladigan
o‘lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog‘och mate-
rialiga chiziladi.
Yog‘ochni rejalash asboblarini nam tegmaydigan, quruq, toza joyda
saqlash kerak. maxsus jomadonlar yoki sumkalarda tartibli saqlash ushbu
asboblarning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi.

Qiziqarli malumotlar
6 sinf texnologiya