6 sinf ona tili dars ishlanmalar
Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o`qituvchida bo`lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo`lishi o`qituvchining dars o`tishdagi o`ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul. Bunda hamma o`qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o`rnatib bo`lmaydi.
Dars ishlanmasiga qo`yilgan talab va ijrosi o`quv jarayonida bajarilish tahlili
O`qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir. Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir.
Shunday ekan, har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish, o`quvchilarga yaxshi ta’lim-tarbiya berish tashkil etadi.
O`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:
1. O`qituvchining o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
2. O`qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
O`qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo`lib, o`quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:
- Davlat ta’lim standarti (DTS), o`quv dasturi, o`quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o`rganib chiqish;
- O`zi dars beradigan o`quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
- tegishli ko`rgazma materiallarni, o`quv-jihozlarini o`rganish, ularni qo`llay bilish;
- ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish, tahlil qilish orqali o`z bilimini kengaytirish;
- kompyuter texnikasidan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, “ZiyoNet” axborot ta’lim portaliga joylangan ma’lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.
O`qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir.
Darsga tayyorgarlik ko`rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.
2-bosqich: DTS va o`quv dasturidan o`tilayotgan mavzu yuzasidan o`quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko`nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.
3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o`rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.
Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo`yicha alohida-alohida dars ishlanmasi (konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 5-“A”, “B” sinflar deb ko`rsatiladi), fan nomi yoziladi.
Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).
Dars maqsadi (darsga qo`yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan(o`lchamli) bo`lishi maqsadga muvofiq):
a) ta’limiy maqsad – dars jarayonida o`quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko`nikma va malakalar asosida belgilanadi;
b) tarbiyaviy maqsad – dars jarayonida o`quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;
s) rivojlantiruvchi maqsad – dars natijasida o`quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo`lishi mumkin.
Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o`tilayotgan mavzuning o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar.
Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
tashkiliy qism;
o`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);
yangi mavzuni tushuntirish;
yangi mavzuni mustahkamlash;
o`quvchilarni baholash;
uyga vazifa berish.
Dars ishlanmasini tayyorlashda o`qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga olishi maqsadga muvofiq.
Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o`qituvchida bo`lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo`lishi o`qituvchining dars o`tishdagi o`ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul. Bunda hamma o`qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o`rnatib bo`lmaydi.
Agarda o`qituvchi dars berayotgan o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi yuqori bo`lsa, ular turli ko`rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo`lsa, o`qituvchining dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo`l qo`yilmaydi.
Dars ishlanmasi (konspekti) qo`lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o`qituvchi, albatta, o`zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.
Direktorning o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari har bir o`qituvchining dars ishlanmasini ko`rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim(minimum) hujjatlar bo`lishini nazorat qiladi:
- dars ishlanmasi (konspekti);
- taqvim-mavzu reja;
- o`quv dasturi;
- darslik.
O`qituvchilarning darslarini tahlil qilish – samaradorlikka xizmat qiladi. O`qituvchilarni o`z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillardan biri – muntazam ravishda o`qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir.
O`qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish, ularning pedagogik mahorati, ish tizimi, o`quvchilarining o`zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda o`qituvchilarning o`zaro tajriba almashish imkonini beradi.
Dars tahlili kuzatish va o`rganish shaklida olib boriladi. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo`limi mudirlari, o`rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o`rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 soat, o`qituvchilar tomonidan 1 soat o`qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilangan.
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, fanga bo`lgan qiziqishlari, o`quv materiallari va jihozlar bilan mustaqil ishlay bilishlari, o`qituvchiga bo`lgan munosabatlari aniqlanib, tahlilga tortiladi. Bunda asosiy mezonlar sifatida o`qituvchi tomonidan dars maqsadining to`g`ri qo`yilganligi, o`quv dasturi asosida dars jarayonini to`g`ri rejalashtirishi, materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy g`oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko`rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.
Unutmangki, sifatli dars – bu, o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilgan dars. Dars boshlangandan keyin hech kimning ushbu jarayonga halaqit berishiga yo`l qo`yilmaydi.
Darsning tahlili quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Ilmiy tahlil. 2.Psixologik tahlil. 3.Metodik tahlil. 4.Didaktik tahlil. 5.Umumpedagogik tahlil va boshqa tahlillar (yoki bularning hammasini qamrab oladigan kompleks tahlil).
O`qituvchilarning darslarini tizimli tahlil qilish o`qituvchilarga amaliy-metodik tavsiyalar berishga va natijada dars samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
Ta’lim muassasalaridagi fan metodbirlashmalarining asosiy vazifasi o`zaro tajriba almashish asosida ta’lim va tarbiya jarayonining ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida samarali tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.
Fan metodbirlashmalari ta’lim muassasalarida fan oyliklari, ochiq darslar festivallari jarayonida o`tkaziladigan barcha turdagi mashg`ulotlarning asosan o`rganilishi qiyin yoki murakkab bo`lgan mavzular asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.
Har bir fan yo`nalishidagi metodbirlashmalarda “Men o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan mavzular bo`yicha darslarni qanday tashkil etaman?” mavzusidagi ochiq muhokamalar tashkil etiladi.
Fan o`qituvchilari astoydil, vijdonan yondashgan holda “Bilimlar bellashuvi”da o`quvchilarining faol ishtirokini ta’minlaydi. “Ustoz-shogird” tizimida, “O`rgan-o`rgat” tadbirlarida chin yurakdan, faol ishtirok etadilar.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
6 sinf ona tili dars ishlanmalar
Uchquduq tumani 18-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Shamsiyeva Marg`uba Shavqiddinovnaning 8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuniga bag`ishlab tayyorlangan tadbir ishlanmasi. “ Konstitutsiya.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 16/06/2018
Informatika fanidan dars ishlanma
Uchquduq tuman 18-sonli maktabning informatika fani o’qituvchisi Xoliqova Dilafro’zning “7×7 bellashuv” slayd dars ishlanmasi Mavzu:Amaliy mashg’ulot . 7×7 bellashuv dars Darsning maqsadi: A)Ta’limiy:kommunikativ kompet.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 14/06/2018
Ochiq dars ishlanma
Informatika fani o’qituvchisi Xoliqova Dilafro’zning bir soatlik ochiq dars ishlanmasi Mavzu:Paskalda shakllar chizish imkoniyatlari —A)Ta’limiy:kommunikativ kompetensiya: kompyuter xotirasiga dastur kiritish jarayonida ingliz til.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 10/12/2017
informatikadan slayd dars
9-sinf informatika fanidan Standart funksiyalar va protseduralar, algebraik ifodalar mavzusini takrorlash slayd dars
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 10/12/2017
informatika fanidan dars ishlanma
Sinf 9-B Fan Informatika va Axborot texnologiyasi O’qituvchi Kadirova Mastura Abduxakimovna Dars raqami 20 –dars Sana 16 noyabr 2017 yil 4- soat Mavzu : Standart funksiyalar va protseduralar, algebraik ifodalar m.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 10/12/2017
informatika fanidan dars ishlanma o’qituvchi Kadirova M
Sinf 5-B Fan Informatika va Axborot texnologiyasi O’qituvchi Kadirova Mastura Abduxakimovna Dars raqami 6 –dars Sana 18 noyabr 2017 yil 4- soat Mavzu : K L A V I A T U R A Darsning ta’limiy vazifasi: o ‘quvchilarga K.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 06/11/2017
Boshlang`ich sinflarda o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilarda
Boshlang`ich sinflarda o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilarda o`qish ko`nikmasini shakllantirish. O`sib kelayotgan yoshlarni barkamol shaxslar etib shakllantirish hozirgi kunning dolzarb muammosidir.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 06/11/2017
boshlang’ich sinf o’qituvchisi Shamsiyeva Marg`uba Shavqiddinovn.
BOSH QOMUSIMIZ Konstitutsiya davlatimizda qonun ustuvorligini ta`minlab turadi. Uning ustuvorligi har birimizda ulkan mas`uliyatni, ya`ni – konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 03/11/2017
“Ona tilim – jonimga masih” tayyorladi Malikova D. ona tili va.
O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Ona tilim – jonimga masih” nomli tadbir ishlanmasi 1-boshlovchi: Onam O’zbekiston, nurlar yurtisan, Bepoyon xazinam, durlar yurtisan. Donis.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 03/11/2017
Sifat so’z turkumi yuzasidan mustahkamlash darsi
Sinf: 6 Fan:Ona tili O’quvchi soni: 30 Mavzu: Sifat so’z turkumi yuzasidan mustahkamlash darsi Darsning maqsadi: Ta’limiy: o’quvchilarning sifat so’z turkumi yuzasidan bilim, ko’nikma.
Qiziqarli malumotlar
6 sinf ona tili dars ishlanmalar