6-sentyabr Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
6-sentyabr Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun
Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti – fan va texnika sohasidagi mukofot. Ayrim olim yoki olimlar guruhiga ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shadigan, yuksak amaliy ahamiyatga molik bo’lgan, respublika ilm-fani va texnikasining jahon yutuqlari darajasiga chiqishini ta’minlaydigan tadqiqotlar; respublika ilmiy-texnika dasturlari, loyihalarini amalga oshirishda jiddiy natijalarga erishganlik; o’z ko’rsatkichlariga ko’ra eng yaxshi jahon namunalari darajasidagi yoki ulardan yuqori bo’lgan texnika, materiallar va texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqqanlik, joriy etganlik ishlab chiqarishda o’zlashtirganlik; moddiy, tabiiy, mehnat resurslarining ko’plab tejalishini, atrof muhit muhofazasini ta’minlovchi texnologiyalarni yaratganlik va joriy etganlik; O’zbekistonning ma’naviy merosi va uni rivojlantirish istiqbollarini, jamiyatning madaniy va ijtimoiy taraqqiyotini chuqur anglashga ko’maklashadigan ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi alohida muhim yutuqlar; jamoatchilik tomonidan keng e’tirof etilgan, uch va undan ortiq marta nashr qilingan, o’zida yangi ilmiy g’oyalarni mujassamlashtirgan, oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan original darsliklar uchun beriladi. Dastlab Davdat mukofoti sifatida 1967-yil 6-sentyabrda ta’sis etilgan. 1991-yil 5-martdan O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-fevraldagi qarori bilan ta’sis qaroriga o’zgartirishlar kiritilgan. Mukofotga taqdim etilgan ishlarni tavsiya qilish, muhokamadan,ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish va mukofotlash bilan bog’liq boshqa ishlarni bajarish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari qo’mitasi tuzilgan. Mukofot O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan har 3 yilda Mustaqillik bayrami arafasida beriladi. Mukofotlanganlarga Abu Rayhon Beruniy tasviri tushirilgan faxriy nishon va tegishli guvohnoma topshiriladi. 1996-yilga qadar 407 kishi shunday mukofotga sazovor bo’lgan.
6-sentyabr Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun.
Related Posts