6-sentyabr Alsmeyer (Gollandiya) shahrida gullar namoyish etiladigan kun
6-sentyabr Alsmeyer (Gollandiya) shahrida gullar namoyish etiladigan kun
DO`STLARGA ULASHING:
6-sentyabr Alsmeyer (Gollandiya) shahrida gullar namoyish etiladigan kun
Gollandiyaning Aalsmeyer shahrida har yili gullar namoyishi (Aalsmeer Flower Parade) bo’lib o’tadigan ushbu bayram butun dunyo bo’yicha unutilmas turli gullar (xrizantema, liliya, freziya, atirgul va lola) namoyishi bo’lib o’tadigan bayram hisoblanadi. Namoyish Aalsmeyer shahrida 6 sentyabr soat ertalabki 8:30 boshlanadi. Namoyishga yuzlab insonlar tashrif buyuradilar. Gullar namoyishi-gullardan yasalgan juda katta-katta to’plamlar Aalsmeyer shahridan boshlab Amsterdam markaziga qadar tantanali ravishda yuradi. Namoyish vaqtida turli kiyimlar kiygan guruhlar jazz yo’nalishidagi musiqa jo’rligida raqslar namoyish etib turadilar. Milliondan ortiqgullardan gullar dengizi yaratiladi, unda gullardan yasalgan 20 dan ortiq qo’zg’aluvchi kemalar 30 dan ortiq mashinalar yasaladi. Bir so’z bilan aytganda mo’jiza yaratadilar. Hech bo’lmaganda bir marotaba ushbu namoyishda bir marotaba bo’lganingizda edi gullarning qanday maftunkor ekanligini ko’rar edingiz juda ham ko’p turli gullardan beparvo o’tib keta olmas edingiz. Aqlga sig’mas daraja go’zallik jamlangan. Ushbu mamlakat gullar qirolichasi etib lola gulini tan olgan. Avvaldan Gollandiya shahri gullar bilan shug’ullanib kelmoqda va aynan lola guli Gollandiyaning ramzi hisoblanadi. Ushbu namoyishga Alsmeyerning 20 madan jamiyatlaridan yuzlab ko’ngillilar yordam beradilar.
6-sentyabr Alsmeyer (Gollandiya) shahrida gullar namoyish etiladigan kun