6 oylik bola ovqatlanishi: qo’shimcha ovqat berish to’liq malumot oling
Ko’krak suti yoki smesdan tashqari 6 oylik bolaga qo’shimcha ovqat berish mumkin va kerak. Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o’rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma’lum bir bosqichlardan o’tish talab etiladi.
6 oylik bola qanday ovqatlanishi mumkin:
Nimadan boshlaymiz:
-Banan;
-Guruchli kasha;
-Nok;
-O’zingiz tayyorlagan olma sharbati.
Taomlarning holati:
-Yaxshilab ezilgan, pyure shaklida qoshiq uchida beriladi.
Bolaga qo’shimcha ovqat berishda eng asosiy qoida bu shoshilmaslik.
Har bir yangi mahsulotni qo’shishni boshlaganingizda kuzating. Bolada unga nisbatan allergiya yoki ichi buzulish holati kuzatilmasa, sekin-sekin porsiyani oshirish mumkin. Bir-ikki haftalardan so’ng ikkinchi mahsulotni berib ko’ring.
Bunda ham biroz kuzatib, keyin porsiya miqdorini oshirishingiz mumkin.
Mahsulotlar yangi va yaxshilab yuvilgan bo’lishi lozim.
Kattalar ovqatidan hali bermay turing. Bolaga yoqib albatta iste’mol qilishi mumkin, lekin uning oshqozoniga bu katta yuk bo’lib, bola kuchi va energiyasi butunlay o’sha ovqatni hazm qilish uchun ketib qoladi.
Boshqa mavzular
6 oylik bola ovqatlanishi: qo’shimcha ovqat berish