500 yillik kumush tanga haqida to’liq ma’lumot oling
Post Views:
46
Movarounnahr hukmdorlaridan bo‘lgan Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon) tomonidan zarb etilgan kumush tanga.
Maʼlumot tariqasida eslatib o‘tamiz, Baroqxon (haqiqiy ismi Navro‘z Ahmadxon) (tug‘ilgan yili nomaʼlum–1556) – Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xon. Abulxayrxonning nevarasi, Toshkent xoni Suyunchxo‘jaxonning kichik o‘g‘li. Otasining vafotidan keyin Toshkent (1533–51), so‘ngra Movarounnahr (1551–56) xoni. Baroqxon yoshligida Vosifiydan sheʼriyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan taʼlim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan. Baroqxon o‘z saltanatini kengaytirish uchun ko‘p harbiy yurishlar uyushtirgan. Abdullatifxon vafotidan so‘ng (1551) Samarqand taxtiga o‘tirgan va Navro‘z Ahmadxon nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan. Baroqxon obodonchilik ishlariga eʼtibor bergan, madrasalar qurdirgan. Hasanbek Rumluning «Ahsan ut-tavorix» («Tarixlar sarasi») asari (1572–77)da aytilishicha, «Shohruhiya daryosi (Sirdaryo)dan Samarqand tomonga kanal chiqarib, uning atrofiga o‘z ulusidan yigirma ming kishini joylashtirishga qaror qilgan». Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarida qayd etilishicha, Baroqxon 1556 yili Zarafshon daryosidan boshlangan Darg‘om kanalining bosh inshooti – Ravotxo‘ja to‘g‘onini tuzattirish uchun kelgan va shu yerda to‘satdan vafot etgan. Samarqandda dafn etilgan. Baroqxon davrida Movarounnahr bilan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Sibir o‘rtasida savdo-sotiq, elchilik munosabatlari rivojlangan.
Malumotlar
500 yillik kumush tanga