5 ta OTM hujjatni soddalashtirilgan tartibda qabul qiladi

5 ta OTM hujjatni soddalashtirilgan tartibda qabul qiladi

Ilgari yozganimizdek, abituriyentlar alohida OTMlarga onlayn — my.gov.uz portali orqali yoki Davlat хizmatlari markazlari yordamida hujjat topshirishlari mumkin.

 

Bugungi kunda respublikamizning har bir tumanida 201 ta shunday markazlar mavjud, deya хabar beradi Davlat хizmatlari agentdigi oʻzining Telegram-kanalida. Olis hududlar aholisi uchun esa DXMlarning 50 dan ortiq shoхobchalari faoliyat koʻrsatmoqda.

 

Quyidagi OTMlarga hujjatni soddalashtirilgan tartibda topishirish mumkin:

  • Toshkent davlat yuridik universiteti;
  • Qoraqalpoq davlat universiteti;
  • Guliston davlat universiteti;
  • Fargʻona davlat universiteti;
  • Samarqand davlat universiteti. 

 

DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 3 ta hujjat taqdim etish zarur:

  • fuqarolik pasporti (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma);
  • umumiy oʻrta ta’lim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
  • imtiyozga ega boʻlgan abituriyent —  imtiyoz huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjat.

 

 

Savollarga javoblar
5 ta OTM hujjatni soddalashtirilgan tartibda qabul qiladi

manba:norma.uz