5 sinf darsliklari 2023 скачать
5-sinf “Geografiya (Tabiiy geografiya boshlangʻich kursi)” darsligidagi oʻzgarishlarni kitobni qoʻlga olgan zahoti sezish mumkin. Darslikning muqovasidan tortib mavzulardagi koʻplab illyustratsiyalargacha zamonaviy rasmlar bilan almashtirilgan.
5-sinf “Geografiya” darsligi takomillashtirilib qayta nashr etildi
Takomillashtirilgan oʻquv dasturi asosida 5-sinf “Geografiya (Tabiiy geografiya boshlangʻich kursi)” qayta nashr etildi.
Unda asosiy eʼtibor STEAM taʼlim dasturi asosida darslikni xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratildi.
5-sinf “Geografiya (Tabiiy geografiya boshlangʻich kursi)” darsligidagi oʻzgarishlarni kitobni qoʻlga olgan zahoti sezish mumkin. Darslikning muqovasidan tortib mavzulardagi koʻplab illyustratsiyalargacha zamonaviy rasmlar bilan almashtirilgan.
Avvalgi darslikka nisbatan nazariy mavzular soni 8 ta kamaydi va amaliy mavzular soni 8 taga ortdi.
Geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi, joy balandligi, tabiat zonalari geografik koordinatalar kabi yangi mavzular kiritildi.
Asosiy eʼtibor oʻquvchilarni olgan bilim, koʻnikma va malakalarini amalda qoʻllay olishlariga qaratildi. Jumladan, darslik ufq tomonlarini joyda turib, yulduzlar va quyoshga qarab aniqlash, azimutni kompas yordamida aniqlash, berilgan koordinatalarga qarab xaritadan geografik obyektlarni topish, havo harorati va bosimi, havoning sutkalik, oylik va yillik amplitudasini, shamolning yoʻnalishi va kuchini aniqlash, havo namligi va namlanish darajasini hisoblay olish kabi amaliy koʻnikmalarni shakllantiradi.
Har bir mavzu yakunida beriladigan savol va topshiriqlar qismida PISA, TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlarga asoslangan amaliy topshiriqlar kiritildi.
Shuningdek, darslikka favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish hamda atrofdagilarga oʻz vaqtida yordam berishdan iborat “Hayot xavfsizligi asoslari” kursi singdirildi.
Ushbu darslik milliylik va zamonaviylikni bir vaqtning oʻzida mujassamlashtirganligini unga tanlangan dizayn va illyustratsiyalar, qahramonlar misolida koʻrish mumkin. Darslikda qiziqarli maʼlumotlar “Laylakvoy”, savol va topshiriqlar “Sayyoh”, tayanch soʻz va tushunchalar esa oʻquvchi qiz nomidan beriladi. Bu esa, albatta, oʻquvchilarning qiziqishini yana-da oshiradi.
Shu bilan birgalikda darslikdagi 17 ta mavzuga QR-kod belgilari oʻrnatilgan boʻlib, ularni skanerlash orqali mavzuga oid maʼlumotlar, multimedia materiallarini yuklab olib, foydalanish mumkin.
Darslikdagi oʻlcham birliklari nomi va belgilanishi xalqaro oʻlchamlar tizimi (SI) ga muvofiqlashtirildi. Masalan, avvalgi nashrdagi “sm” oʻrniga “cm”, “50%” emas “50 %” , “gr” oʻrniga “g” belgisi, “mm sim. ust” esa “mm Hg” bilan almashtirildi.
A. mansurov, D. Karimova ìusiqa 5-sinf uchun darslik Qayta ishlangan 5-nashri
san’ati, jahon musiqa madaniyati durdonalari haqida ma’lumot beradi.
Mustaqil O‘zbekistonimiz qisqa vaqt ichida juda katta muvaffaqiyatlarga
erishdi. Katta-katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Xalq ta’limi, sport, san’at sohasidagi yutuqlarimizga bir nazar tashlay-
lik. Mustaqil O‘zbekistonimizga bag‘ishlab yaratilgan yangi asarlar, kuy
va qo‘shiqlar butun jahon bo‘ylab qanot yozib, yoshlarimizni milliy
g‘oya va milliy istiqlol ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Ishonamizki,
qo‘lingizdagi darslik Vatan tuyg‘usini qalbingizga singdirib, musiqa
haqidagi bilimlaringizni oshirishga xizmat qiladi.
. Musiqa insonni sehrlaydi, ezgulikka, mehr-shafqatga, muhabbat-
ga, shirin orzularga undaydi, yomon yo‘ldan qaytaradi, o‘ylatadi, yig‘latadi,
. Musiqa inson hayotiga ko‘makdosh, hamroh.
. Musiqani yorug‘likka, yonib turgan chiroqlarga o‘xshatish joiz.
Avaz Mansurov
— savol va topshiriqlar.
Qiziqarli malumotlar
5 sinf darsliklari 2023 скачать