5-sentyabr Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.

Mundarija скрыть
5-sentyabr Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.
DO`STLARGA ULASHING:
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Bunyodkor shoh ko’chasi, 28)- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (2007-yil 5-sentyabr)ga asosan Toshkent shahrida tashkil etilgan. Tadbirkorlik va menejment, biznes va marketing, bank ishi va moliya, biznes sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari, turizm va mehmondorchilikni boshqarish yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi. Darslar ingliz tilida olib boriladi. O’qish muddati 4 yil. Ta’lim jarayoni Singapur menejmenti rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlari asosida tashkil etilgan. Institutda mashg’ulot va kompyuter xonalari, ma’ruza zallari, mehmondorchilik malakalarini rivojlantirish uchun maxsus mashg’ulot xonalari, tennis korti, suzish havzasi, yopiq bosketbol va voleybol maydonlari, mini futbol va qo’l to’pi maydonlari, yugurish yo’lkalari, talabalar turar joyi, onlayn elektron holidagi ma’lumotlarga ega kutubxona (150 mingdan ortiq asar) bor. Institutda 24 professor o’qituvchi, jumladan 1 fan doktori va professor, 4 fan nomzodi va dotsent, mahalliy va xalqaro universitetlar ilmiy darajasiga ega bo’lgan malakali mutaxassislar ishlaydi.Institutga yetakchi xalqaro moliya institutlari, ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining yuqori malakali maslahatchilari, ekspertlari va mutaxassislari jalb etiladi; institutda 274 talaba ta’lim oladi (2009). Institut hududida Wi-Fi tizimi mavjud bo’lib, bu talabalarga internet tizimiga institutning istagan joylaridan ulana olish imkonini beradi. Institutda, shuningdek, Blakboard Learning Sistem o’rnatilgan bo’lib, u onlayn tarzda ma’ruza matnlariga, ta’lim resurslari va internet tarmoq’idagi ma’lumotlar bazasiga istalgan vaqtda va istalgan yerdan ulanish imkonini beradi. Institut Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Avstraliyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Institut tomonidan beriladigan diplom O’zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to’g’risidagi xujjat sifatida e’tirof etiladi va andozalari bo’yicha Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) tomonidan beriladigan ilmiy darajaga teng bo’ladi.