5 oylik bola rivojlanishi
5 oylik bola rivojlanishi Beshinchi oyda bola vazni 650-700 grammga oshadi, bo’yi esa o’rtacha 3 smga ortadi. Bosh aylanmasi 1 sm ga va ko’krak aylanmasi 1.5-2 sm kengayadi. Albatta psixik rivojlanish ham jaddal bormoqda. Masalan, 5 oyga kelib shu kunga qadar amalga oshirilgan massaj yoki gimnastika endi bola uchun «eskirgan» desak bo’ladi. Chunki bu davrdagi bolaning rivojlanishi qo’shimcha rivojlantiruvchi usullar qo’lanilishini talab etadi. ✅Besh oylik bola qo’llari bilan narsalarni ushlab oladi. ✅Suyangichlar bilan o’tira oladi. ✅Ushlab tursangiz o’z oyoqlarida tanasi og’irligini ushlab tura oladi. ✅Qornidan beliga dumalaydi. ✅»Samolyot» shaklida qornida o’ynaydi. ✅Yerda g’imirlab yarim metrga siljiydi. ✅Oyoq barmoqlarini qo’li bilan ushlay oladi. ✅O’yinchoqlarni og’ziga soladi. ✅Kubiklarni o’ynashni boshlaydi. ✅»Ba-ba-ba» deb o’ziga jalb qiladi. ✅Tovushlarni qaytarishni xohlaydi. ✅Siz yeyayotgan ovqatga qiziqish ko’rsatadi. ✅Ranglarni yoqtiradi. ✅Dori berayotgan qo’lingizni itaradi. ✅Sochlaringizni o’ynaydi. ✅O’yinchoqlarni tovush chiqarishi uchun siqa oladi. ✅Bekinmachoq o’ynashni yaxshi ko’radi. Manba©5 oylik bola rivojlanishi
DO`STLARGA ULASHING:
Bu davrga kelib ko’p ota-onalar bolasiga qo’shimcha ovqat berishni boshlay yuboradilar. Lekin bizning tavsiyamiz 6 oygacha bolaga qo’shimcha ovqat berish shart emas.
@yosh_onalarga_maslahatlar
5 oylik bola rivojlanishi