5 -NOK tabletkasi
5 — Nok tabletka #5 — Нок таблетка ?Tasir etuvchi modda 😕 nitroksolin — 50 mg. ?Dori shakli: tabletka ?TA’SIR QILISHIGA KO’RA : ? Tizimli qo’llash uchun antibakterial vosita. ?QO’LLANILISHI : ? — Asosan siydik chiqarish yo’llarining infeksion yallig’lanish kasalliklarida ( piyelonefrit, sistit, uretrit, epididimit) — Prostata bezining infeksiyalangan adenomasi yoki karsinomasida. — Buyrak va siydik chiqarish yo’llarining operatsiyasidan keyingi infeksion asoratlarni oldini olishda. — Sistitda samarali vosita — Peshob ajratganda siydik yo’llarining og’riqli va achishish holatlarida qabul qilinadi. ?QO’LLASH DOZASI ? — Ichga qabul qilinadi.Ovqatlanishgacha yoki ovqatdan keyin 1 — 2 soat o’tgach qabul qilgan afzal. — Kattalar : o’rtacha sutkalik doza 200 mg ( sutkada 1 tabletkadan 4 marta). Zarurati bo’lganda sutkada 2 tabletkadan 4 marta qabul qilish mumkin. ? Yosh bolalarga : ? 5 yoshdan oshgan bolalarga sutkasiga 1 tabletkadan 2 — 3 marta ?NOJO’YA TA’SIRI ? — ko»ngil aynish , qusish , diareya — Jigar faoliyatining buzilishi — Teri toshmalari — Bosh ogrigi, bosh aylanishi — Allergik reaksiyalar — Taxikardiya ( yurak urish soni ko’payishi ) . ? QO’LLASH MUMKINMAS HOLATLAR ? — Preparatga o’ta yuqori sezuvchanlikda — Katarakta — Buyrak yetishmovchiligida — Jigar yetishmovchiligida — Xomiladorlik va emizish davrida — Malabsorbsiyada ? 5 — nok preparatini qabul qilgandan keyin peshob qizil rangda ajraladi. Bu zararsiz holat. Xavotir olmang. ?Xalq orasida bu preparatni yana ,, Pyatnok » ham deydi. ( ruscha tarjimada ). Peshob ajratganda siydik yo’llarining achishishi va og’riqli holatlari da , ya’ni sistitda juda juda zo’r ta’sirga ega. ————————————————- ?Qo’llash — retseptsiz ?Ishlab chiqaruvchi —Sloveniya @Farmakologiya_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,,ТАБЛЕТКА » kanali5 -NOK tabletkasi
DO`STLARGA ULASHING:
?ADMIN MASLAHATI ?
?5 — NOK ANALOGI QAYSI ? ?
5 -NOK tabletkasi