5-may Butunjahon oila kuni
5-may Butunjahon oila kuni
DO`STLARGA ULASHING:
5-may Yaponiyada o’spirinlar kuni
5-mayda Yaponiya shaharida o’spirinlarga bag’ishlangan bayram nishonlanadi. Bu bayramning rasmiy nomi «Tang-no sekku” (bu bayram otlarga bag’ishlangan). Chunki otlar — botirlik, jasurlik, mardlik, qo’rqmaslik ramzi bo’lib hisoblanadi. Yosh o’spirin yigitlar shu sifatlarni o’zlarida mujassam qilishlari va maqtovga sazovor askar bo’lishlariga undaydi. Bu kunning ikkinchi nomi «Syobu-no sekku” (gulsapsar bayrami) — Nara davrida vujudga kelib, Gulsapsarlar ochilgan davrga to’g’ri keladi va omad, sog’liq-salomatlik ramzini bildiradi. «Tango-no sekku” bayramida 15 ta o’spirin qatnashadi. Bayram o’tkazilishi eramizning birinchi asrlariga to’g’ri kelgan. Bahorning, dala ishlarining boshlanishi, dehqonlarning birdamliklari bilan bog’langan. Bu bayramda daraxt va o’simliklarda tazim qilish alohida o’rin tutgan. Naslning davom etishi gullab yashnashi sog’liq-salomatlik uchun duolar qilingan. Bu qadimiy udum imperator saroyining diniy marosimi bo’lib, asosiy e’tibor Imperatorga qaratilgan bo’lib, Imperator ham hamma saroy ahli bilan birgalikda dorivor o’simliklarni tergan. Dehqonlar bu kunlarda dalalarga zararli hasharot, qushlarni qo’rqitish uchun vosita bo’ladigan narsalar, rangli bayroqchalar o’rnatishgan. Xeyan davriga kelib «Tango-no sekku” bayrami harbiy sport bayramiga aylandi. Unda harbiy dovyuraklik, mardlik- kamondan o’t otish musobaqalar, kurash turlari, qilichbozlik va ot sporti musobaqalari o’tkazilgan. Mamlakat rahbarlari yosh avlodni samuray ruhida tarbiyalashda qadimiy urf-odatlarni qo’llashgan.
5-may shifrlovchilarning kasb bayrami kuni
5-may Tailandda qirolga toj kiydirilgan kun
1950-yil 5-mayda Taylandda Qirol va Qirolicha taxtga o’tirgan hazrati oliylari Rama IX ga (Pxumipon Adulьyadet) toj kiydirish marosimini o’tkazildi. Bu sana –Taylandning Davlat bayramidir. Bayram kuni Bonkokda Qirol armiyasi va dnegiz flotining tantanali namoyishi o’tkaziladi, shuningdek dabdabali salyut beriladi. Pxumipon Adulyadet 19 yoshligida Chakri dinastiyasining to’qqizinchi qiroli bo’ldi. Keyinchalik u siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida Lyusernga o’qishga boradi. Ikki yildan so’ng Fontenbloga qilgan tashrifida Fransiya elchisining qizi Mom Rachavong Kittiyakara ismli go’zal qizni uchratadi. 1948-yilda ularning unashtirilishi haqida hukumatga e’lon qilindi. Ular 28-aprel 1950-yilda Bankokda turmush qurishdi. To’ydan yetti kundan so’ng qadimgi urf-odat bo’yicha Qirolning Katta saroyida toj kiydirish marosimi o’tkazildi. U o’zining rasmiy qarorgohi qilib, Chitraladagi oddiy villani tanladi va «Biz Siam xalqining farovonligi va baxt-saodati uchun odilona davlatni boshqaramiz” deb qasam ichdi.
5-may Butunjahon oila kuni