5-iyun Butun jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
5-iyun Butun jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
DO`STLARGA ULASHING:
5-iyun Butun jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Har yili 5-iyunda o‘tkaziladigan Atrof-muhitni muhofaza kuni BMTning butun jahon jamiyati e’tiborini atrof muhitni muhofaza muammolariga jalb qilishdan iborat. Bu bayram 1972-yil 5-iyunda Atrof-muhitni muxofaza qilish bo‘yicha Stokgolmda o‘tkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi. Bu kunning nishonlanishi har bir inson Atrof muhitni muxofaza qilish uchun o‘z xissasini qo‘shishga undaydi. Bu kunning maqsadi — hamma davlatlar birlashgan holda atrof muhitni muhofaza qilish uchun kurashishlari kerak. Bu kun butun dunyoda ananaga aylangan bo‘lib, bu kunda ko‘chalarda mitinglar velosipedchilarning paradlari, ochiq maydonlarda konsertlar, maktablarda turli ko‘rik tanlovlar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi, shuningdek bu kunda daraxtlar gullar ekiladi, maydonlar tozalanadi. Har yili bu bayram quyidagi shiorlar ostida o‘tkaziladi: «Yerimiz yagona”, «Suv bu obihayot”, «Zararli chiqindilarni yo‘q qilish”, «Kelajak avlod uchun — tinch hayot”, «Daraxtlar tinchlik uchun”, «Yoshlar: atrof-muhit” «Bizning uyimiz, bizning yerimiz” va hakozolar. Halqaro bayram tadbirlarini o‘tkazish vaqti, kuni, mavzusi BMT vakillari tomonidan tasdiqlanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish muammolari, bugungi kunda hammani tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ularni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammolarning hal qilishiga bog‘liqdir. Atrof-muhitni muxofaza qilish inson faoliyatiga bog‘liq. Buning uchun oiladan boshlab ekologik huquqiy ta’lim va tarbiyani yosh avlodimiz ongiga singdirib, ona — tabiatni — vatani ardoqlashni o‘rgatishimiz kerak.
5-iyun Butun jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni