5-iyun Birinchi Aerostat havoga uchirilgan kun

5-iyun Birinchi Aerostat havoga uchirilgan kun

5-iyun Birinchi Aerostat havoga uchirilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

5-iyun Birinchi Aerostat havoga uchirilgan kun
1783-yil 5-iyunda  Fransiyaning Annoe shahrida   ixtirochi aka-uka Mangolfyelar tarixda birinchi marta omma oldida Aerostatni xavoga uchirdilar. Mangolfyelar yaratgan shar qog‘ozli bo‘lib, zig‘irpoya  tolasidan to‘qilgan polotno bilan qistirilgan bo‘lgan. Aerostatning qobig‘i achchiq tosh eritmasi bilan shimdirilgan, uning pastki qismiga esa to‘qilgan savat o‘rnatilgan. Sharning balandligi 15 metr, hajmi — 2200 kub.metr va og‘irligi 200 kg.dan iborat bo‘lgan. Savatning markazida simdan yasalgan panjarasimon manqal  joylashgan bo‘lib, undan issiq havo yuqoriga ko‘tarilib sharning qobig‘ini to‘ldirgan. Birinchi parvoz passajirlarsiz uchirilgan. 1783-yil 21-noyabrga kelib, dovyurak Pilatr de Rozye va Fransua d’Arlandlar Aerostatda yarim soat davomida parvoz qildilar. 1906-yilda Amerikalik gazet magnati Gordon Bennet tomonidan ilk bor havoda uchish bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. 1930-1940-yillarda sportning bu yangi turi Rossiyada ham ommalashib ketdi. Rossiyaning «Dirijablestroy” qishlog‘ida yuzlab Aerostatlar va dirijabllar uchirilgan.

5-iyun Birinchi Aerostat havoga uchirilgan kun