5-dars — Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari.

5-dars — Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari.

5-dars - Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari.

O’zgaruvchi – xotiradan ajratilgan, himoyalangan maydon nomidir.

5 dars javada ozgaruvchilar va malumot turlari 65e6191455a2a

Oddiy qilib tushuntiradigan bo’lsak, o’zgaruvchi – ma’lum bir turdagi ma’lumotni o’zida saqlovchi va o’lchami chegaralangan idish. Tushunarliroq bo’lishi uchun bir ikkita hayotiy misollar keltiramiz: meva solish uchun tayyorlangan savatga suv sola olmaymiz o’zgaruvchilar ham shunday bir turdagi o’zgaruvchi uchun ajratilgan joyga boshqa turdagi o’zgaruvchini saqlay olmaymiz.

4 litrlik idishga 5 litr suv quya olmaymiz, chunki idishga 4 litr suv sig’adi. O’z-o’zidan kelib chiqadiki, 5 litrlik suvni saqlash uchun kattaroq idish tanlashimiz kerak. O’zgaruvchilar ham shunday ma’lumotning o’lchami xotiradan ajratilgan joydan oshib ketsa dasturda xatolik yuz beradi.

5 baytlik butun sonni ma’lumot turi int bo’lgan o’zgaruvchiga saqlay olmaymiz, chunki int = 4 bayt. Bu turdagi ma’lumotni saqlash uchun long dan foydalanamiz.

Types of Variable – o’zgaruvchi turlari

Javada 3 ta o’zgaruvchilar turi mavjud:

  1. local variable
  2. instance variable
  3. static variable

5 dars javada ozgaruvchilar va malumot turlari 65e619150fb92

  • local variable – funksiya ichida e’lon qilinadi va bu o’zgaruvchilar lokal (mahalliy) o’zgaruvchilar deyiladi.
  • instance variable – class ichida e’lon qilinadi
  • static variable – static deb e’lon qilingan o’zgaruvchi static o’zgaruvchi deyiladi. Bu local(mahalliy) bo’lishi mumkin emas.

Misol uchun:

class A {     

    int data=50; //instance variable      
    static int m=100; //static variable     
    void method() {     
    int n=90; //local variable      
  }     
 } //endof


Javada ma’lumot turlari (data types)

Javada ma’lumot turlari 2 ta:

  1. Sodda (primitive )
  2. Sodda bo’lmagan (non primitive)

5 dars javada ozgaruvchilar va malumot turlari 65e61915b73d4

ularning oraliq qiymatlari

5 dars javada ozgaruvchilar va malumot turlari 65e6191692357

Quyidagi misolda ham o’zingiz ko’rishingiz mumkin:

public class Varibles {
     
    public static void main(String[] args) {     
    System.out.println(Character.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Byte.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Short.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Integer.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Long.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Float.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Double.SIZE / 8 + " byte");     
    }     
 }

Manba:

Umumiy Dasturlash
5-dars — Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari.